Farg’ona filiali


Linux operatsion tizimini o’rnatish


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/18
Sana15.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1481625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Operatsion mustaqil ish

Linux operatsion tizimini o’rnatish
Linux distributivining ISO-obrazi yuklab olingandan keyin, uni CD yoki 
USB flesh xotirasiga yozish kerak. 
CD-diskga yozishni standart operatsion tizim vositalari yordamida amalga 
oshirish mumkin: Windowsda "Запись образа диска" yoki macOSda "Disk 
Utility".
ISO obrazni USB flesh-diskiga yozish uchun maxsus yordamchi dasturlar 
kerak bo'ladi. Windows operatsion tizimida Rufus dasturini, macOS operatsion 
tizimida esa Etcher dasturini ishlatish mumkin. Bu dasturlar juda oddiy interfeysga 
ega bo’lgani uchun ISO obrazni USBga yozish ko’p mehnat talab qilmaydi. 
Yana bir usullaridan biri - ISO arxivining tarkibini USB flesh xotiraga ochish. 
Biroq, bu faqat an'anaviy BIOS o'rniga yangi UEFIga ega bo'lgan zamonaviy 
kompyuterlarda ishlaydi. 
Disk bo'limini tayyorlash 
Agar kompyuterda o’rnatilgan tizimni saqlagan xolda, Linuxni ham 
ishlatmoqchi bo'lsangiz, qattiq disk bo’limlarini ikkinchi operatsion tizimni 
o’rnatishga tayyorlsh kerak. Agar siz kompyuteringizni Linuxga to'liq o’tkazishga 
yoki operatsion tizim(OT)ni bo'sh qattiq diskka o'rnatishga qaror qilsangiz, bu 
bo’limni o'tkazib yuboring. 
Windowsda Linuxni o’rnatish uchun “Управления дисками” vositasidan 
foydalaniladi. Linuxni o'rnatish uchun joy ajratmoqchi bo'lgan disk yoki bo'lim 
tanlanadi. Ko'pgina distributivlar uchun xotirada 15 GB bo’sh joy etarli bo’ladi. 
Ammo agar ko'plab ilovalarni o'rnatish ehtiyoji bo’lsa, ko'proq joy ajratishga to’g’ri 
keladi. Qattiq disk bo'limida o'ng tugmani bosib “Сжать том” buyrug’ini tanlab, 
keraklicha o'lcham kiritiladi va OK bosiladi.Bunda diskda ma’lumotlarni siqish 
jarayoni boshlanadi.Jarayon sekin davom etishi mumkin, shuning uchun sabr qilib 
kutishga to’g’ri keladi. 
Disk boshqaruvi bo'limlarning o'lchamlarini o'zgartirib bo'lgach, diskda qora 
bilan belgilangan bo'sh taqsimlanmagan bo'sh joy paydo bo'ladi. Shu joyga Linuxni 
o'rnatish mumkin. 


Keyinchalik, agar Linux kerak bo'lmasa, bo'limni o'chirib tashlash va bo'sh 
joyni xuddi shu "Управления дисками" vositasi yordamida Windowsga qaytarish 
mumkin. 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling