Farg’ona filiali


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/18
Sana15.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1481625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Operatsion mustaqil ish

8-rasm.
Tizim tarkibidagi dastur, ilova va yangilanishlarni o'rnatish 
parametrlarini tanlash oynasi 
Shu bilan birga, bu oynada diskni qo'lda bo'lish bilan ovora bo'lishni 
xohlamasdan, o'rnatish dasturi yordamida qattiq diskni avtomatik ravishda 
bo’limlarga ajrataish imkoniyatini beruvchi «Стереть диск и установить 
Ubuntu» (Diskni o'chiring va Ubuntuni o'rnating) variantini xam tanlash mumkin.
Agar kompyuterda allaqachon o'rnatilgan tizim bo'lsa, o'rnatuvchi dastur yana 
bir nechta variantlarni taklif qilishi mumkin, masalan:
«Переустановить 
систему»(Tizimni qayta o'rnatish), «Удалить систему и совершить 
переустановку»(Tizimni olib tashlash va qayta o'rnatish) va «Установить Ubuntu 
рядом с уже установленной системой»(Ubuntuni o'rnatilgan tizim yonida 
o'rnatish-bunda kompyuter yoqilganda, qaysi tizimni yuklashni tanlash mumkin). 
Tizimni o’rnatish
 
«Другой вариант» bandini tanlab, «Продолжить» tugmasini 
bosish bilan davom ettiriladi. 
Odatda bo'sh qattiq diskda bo'limlar bo’lmaydi, shuning uchun ularni yaratish 
kerak. Buning uchun keying oynada «Новая таблица разделов»(Yangi bo'lim 
jadvali) tugmasi bosiladi. 
9-rasm. Qattiq diskda bo’limlarni yaratish oynasi 


O'rnatish dasturi yangi bo'lim yaratilishini va bu diskdagi mavjud barcha 
bo'limlar o'chirilishini ogohlantiradi, bo'sh qattiq disk holatida bo'limlar bo’lmaydi, 
shuning uchun keying oynada «Продолжить» tugmasi bosiladi. 
Keyingi oynada yangi bo'lim yaratish uchun «Свободное место» bo’limini 
tanlab 
+
belgisi bosiladi. 
10-rasm. Bo’lim ro’yxatini ko’rish va ularni yaratish oynasi 
Birinchidan, tizimning o'zi uchun tizim bo'limi (ildiz bo'limi) yaratilishi kerak. 
Buning uchun keyingi ochiladigan oynada(11-rasm) quyidagi ma'lumotlarni 
ko'rsatamiz: 
Размер(Hajmi) - ildiz bo'limi uchun kamida 10-15 Gigabayt hajm ko'rsatish 
kerak, lekin ko'proq, masalan, 50 Gigabaytni ko'rsatish yanada yaxshiroq; 
Тип нового раздела(Yangi bo'lim turi) - "Первичный" varianti tanlanadi
Местоположение нового раздела(Yangi bo'limning joylashuvi) - "Начало 
этого пространства" varianti tanlanadi; 
Использовать как(Qo'llash) - Ext4 jurnalli fayl tizimini tanlash tavsiya etiladi, 
chunki bu fayl tizimi ildiz bo'limiga eng mos keladi;
Точка монтирования(O'rnatish nuqtasi) - ildiz bo'limi uchun "/" belgisini 
qo'ying va "OK" tugmasi bosiladi. 
11-rasm. Yangi bo’lim yaratish oynasi 


Tizim bo'limi yaratiladi, endi foydalanuvchi ma'lumotlari saqlab turish uchun 
alohida bo'lim yaratilishi kerak. Bu bo’lim tizimni qayta o'rnatishda yoki hatto Linux 
distributivi o'zgartirilayotganda, foydalanuvchining barcha shaxsiy ma'lumotlarini 
(hujjatlar, rasmlar, videolar) o'z joyida saqlab qolish uchun kerak bo’ladi.Buning 
uchun, 10-rasmdagi oynada «Свободное место» bo’limini tanlab yana + belgisi 
bosiladi va ochiladigan oynada(11-rasm) quyidagi ma’lumotlar kiritiladi. 
Размер(Hajmi) - iloji boricha ko’proq, boshqacha qilib aytganda, qolgan hamma 
bo’sh joyni ko'rsatish mumkin;; 
Тип нового раздела(Yangi bo'lim turi) - " Логический" varianti tanlanadi; 
Местоположение нового раздела(Yangi bo'limning joylashuvi) - "Начало 
этого пространства" varianti tanlanadi; 
Использовать как(Qo'llash) - Ext4 jurnalli fayl tizimi tanlanadi;
Точка монтирования(O'rnatish nuqtasi) - bo'limi uchun "
/home
" yozuvi 
kiritiladi va "OK" tugmasi bosiladi. 
11-rasm. 
Shu yo’l bilan qattiq diskda Tizim fayllari va foydalanuvchi ma’lumotlari uchun 
ikkita bo’laklar yaratiladi, endi distributivni o'rnatishni boshlash mumkin. Buning 
uchun «Установить сейчас»(12-rasm) tugmasini bosing. 
12-rasm. 
Shundan keyin, Ubuntu o'rnatuvchisi diskdagi barcha o'zgarishlarni saqlashni 
so'raydi(13-rasm), aynan shu joygacha oldin qilingan barcha ammalarni bekor qilish 


mumkin, tizimni o’rnatishni davom ettirish uchun «Продолжить» tugmasini 
bosish kerak. 
13-rasm.Qattiq diskda qilingan o’zgarishlarni saqlash oynasi 
Shundan so'ng, vaqt mintaqasini tanlash taklif etiladi(14-rasm),kerakli mintaqa 
tanlanib, «Продолжить» tugmasi bosiladi. 
14-rasm.Vaqt bo’yicha mintaqani tanlash oynasi 
Keyingi qadamda tizim foydalanuvchilari yaratilishi kerak. Ochiladigan 
oynada(15-rasm) foydalanuvchi ma’lumotlari: Ismi, kompyuter nomi, login, parol 
kiritiladi va tasdiqlanadi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan «Требовать пароль для 
входа в систему»(Kirish uchun parolni talab qilish) bayroqchasi-parametrini 
yoqilgan holda qoldirish tavsiya qilinadi. Agar har safar tizimga kirilganda parolni 
kiritish ehtiyoji bo’lmasa, «Входить в систему автоматически»(tizimga avtomatik 
kirish) bandini tanlash mumkin (kompyuterdan aniq faqat bitta foydalanuvchi 
foydalangan holda tavsiya etiladi). 
15-rasm.Tizim foydalanuvchisi ma’lumotlarini kiritish oynasi 
Ma'lumotni kiriting va «Продолжить» tugmasini bosing. 


Linux Ubuntuni o'rnatish jarayoni boshlanadi va taxminan 10-15 daqiqa davom 
etadi. 
Tizimni o’rnatish quyidagi xabar oynasi paydo bo’lganda tugallanadi.
«Перезагрузить»(Qayta ishga tushirish) tugmasini bosish bilan yangi 
o’rnatilgan tizimni qaytadan yuklash mumkin.Yangi o’rnatilgan tizim ish stoli 
quyidagi ko’rinishga ega: 
16-rasm.Ubuntu ish stoli 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling