Farg’ona filiali


Linuxni xotira qurilmasidan yuklash


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/18
Sana15.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1481625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Operatsion mustaqil ish

Linuxni xotira qurilmasidan yuklash 
Quyidagi qadamlar ketma-ketligida Linuxning Ubuntu distributivini o’rnatish 
qadamlari keltirilgan.Komyuterni qayta ishga tushirish jarayonida BIOS tizimiga 
kirib(har xil komyuterlarda Esc, F2, F3, Del tugmalari bilan), asosiy yuklash vositasi 
sifatida Linuxni o’rnatishga tayyorlangan USB-disk yoki CD yoki DVD yuritgichni 
tanlanadi. BIOSdagi o’zgarishlarni saqlab,undan F10 tugmasi bilan chiqib ketish 
mumkin.Bunda komyuter qayta yuklanib, tanlangan xotira qurilmasidan Linuxni 
o’rnatish jarayoni boshlanadi.O’rnatish jarayoni qaysi tilda davom ettirilishini 
tanlashni taklif qiluvchi quyidagi oyna ochiladi: 
3-rasm.Operatsion tizim tilini tanlash oynasi. 
Bu oynada kerakli til tanlanadi va quyidagi menyu ochiladi: 
4-rasm.Linux Ubuntu operatsion tizimi o’rnatilishida ochiluvchi bosh menyu. 
Agar Linux Ubuntuni o’rnatmasdan ishlatib ko’rish yoki uni sinab ko’rish 
kerak bo’lsa, «Запустить Ubuntu без установки» bo’limi tanlanadi. Operatsion 
tizimni qattiq diskga o’rnatishni boshlash uchun menyudan «Установить Ubuntu» 


bo’limi tanlanadi va Linux Ubuntu o'rnatuvchisi ishga tushadi. Birinchi ochiladigan 
oynadan, o’rnatilayotgan operatsion tizim tili tanlanishi kerak, bunda oldindan 3-
rasmda tanlangan til belilangan bo’ladi.
5-rasm.Linux Ubuntu operatsion tizimi o’rnatilishida tilni tanlash oynasi. 
«Продолжить»tugmasi bosiladi va klaviatura raskladkalarini tanlashni taklif 
etuvchi quyidagi oyna(6-rasm) ochiladi: 
6-rasm.Klaviatura raskladkasini tanlash oynasi 
Klaviatura raskladkalari oldingi oynalarda tanlangan tillarga mos ravishda 
tanlangan bo’ladi. «Продолжить» tugmasi bosiladi va tizim tarkibidagi dastur
ilova va yangilanishlarni o'rnatish parametrlarini tanlash imkoniyatini beruvchi 
oynaga o’tiladi(7-rasm). 


7-rasm.
Tizim tarkibidagi dastur, ilova va yangilanishlarni o'rnatish 
parametrlarini tanlash oynasi 
Bu oynada o'rnatmoqchi bo'lgan tizim tarkibida o’rnatilishi mumkin bo’lgan 
dastur va ilovalarni tanlash kerak. Buning uchun dasturiy ta'minotlarni o'rnatishning 
quyidagi rejimlari taklif qilinadi: 
“Обычная установка”(Oddiy o'rnatish) - bu standart ilovalar to'plamiga ega 
tizimni o'rnatish. Oddiy kompyuter foydalanuvchilari uchun tavsiya etiladi, chunki 
bu holda ishlash uchun zarur bo'lgan barcha dasturlar avtomatik ravishda o'rnatiladi; 
“Минимальная установка”(Minimal o'rnatish) - bu minimal ilovalar 
to'plamiga ega tizimni o'rnatish. Agar faqat asosiy yordamchi dasturlarga ega 
bo'lgan toza tizimni o’rnatish kerak bo’lsa, ushbu rejimdan foydalanish mumkin, 
bunda boshqa barcha ilovalar alohida o’rnatilishi kerak bo’ladi. Bu rejim tizimni o'zi 
uchun sozlashni yoqtiradiganlar uchun, ya'ni faqat uziga kerak bo'lgan ilovalarni 
o'rnatishni xoxlovchilar uchun tavsiya etiladi. 
Ko’p xollarda “Обычная установка”(Oddiy o'rnatish) rejimini tanlab
Internetga kirish imkoni bo'lsa,
«Загрузить обновления во время установки 
Ubuntu»(Ubuntuni o'rnatish paytida yangilanishlarni yuklab olish) bayroqchasini 
belgilab, «Продолжить» tugmasi bosiladi. 
Qattiq diskda tizim uchun bo’limlar ajratish 
Keyingi qadamda, kerakli bo'limlar yaratilishi kerak. Ushbu bo’limda Linux 
Ubuntuni qattiq disk bo'sh bo’lganda, unda bo’limlar ajratib o’rnatish ko’rsatilgan. 
Barcha kerakli amallar qo'lda bajariladi. Ya’ni tizimni o’rnatuvchiga qattiq diskda 
bo'limlar yaratish va ularning hajmini belgilash imkoniyati beriladi. Buning uchun 
8-rasmdagi oynadan «Другой вариант» bandini tanlash kerak. 



Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling