Farg’ona filiali
Linuxni xotira qurilmasidan yuklash
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Operatsion mustaqil ish
Linuxni xotira qurilmasidan yuklash
Quyidagi qadamlar ketma-ketligida Linuxning Ubuntu distributivini o’rnatish qadamlari keltirilgan.Komyuterni qayta ishga tushirish jarayonida BIOS tizimiga kirib(har xil komyuterlarda Esc, F2, F3, Del tugmalari bilan), asosiy yuklash vositasi sifatida Linuxni o’rnatishga tayyorlangan USB-disk yoki CD yoki DVD yuritgichni tanlanadi. BIOSdagi o’zgarishlarni saqlab,undan F10 tugmasi bilan chiqib ketish mumkin.Bunda komyuter qayta yuklanib, tanlangan xotira qurilmasidan Linuxni o’rnatish jarayoni boshlanadi.O’rnatish jarayoni qaysi tilda davom ettirilishini tanlashni taklif qiluvchi quyidagi oyna ochiladi: 3-rasm.Operatsion tizim tilini tanlash oynasi. Bu oynada kerakli til tanlanadi va quyidagi menyu ochiladi: 4-rasm.Linux Ubuntu operatsion tizimi o’rnatilishida ochiluvchi bosh menyu. Agar Linux Ubuntuni o’rnatmasdan ishlatib ko’rish yoki uni sinab ko’rish kerak bo’lsa, «Запустить Ubuntu без установки» bo’limi tanlanadi. Operatsion tizimni qattiq diskga o’rnatishni boshlash uchun menyudan «Установить Ubuntu» bo’limi tanlanadi va Linux Ubuntu o'rnatuvchisi ishga tushadi. Birinchi ochiladigan oynadan, o’rnatilayotgan operatsion tizim tili tanlanishi kerak, bunda oldindan 3- rasmda tanlangan til belilangan bo’ladi. 5-rasm.Linux Ubuntu operatsion tizimi o’rnatilishida tilni tanlash oynasi. «Продолжить»tugmasi bosiladi va klaviatura raskladkalarini tanlashni taklif etuvchi quyidagi oyna(6-rasm) ochiladi: 6-rasm.Klaviatura raskladkasini tanlash oynasi Klaviatura raskladkalari oldingi oynalarda tanlangan tillarga mos ravishda tanlangan bo’ladi. «Продолжить» tugmasi bosiladi va tizim tarkibidagi dastur, ilova va yangilanishlarni o'rnatish parametrlarini tanlash imkoniyatini beruvchi oynaga o’tiladi(7-rasm). 7-rasm. Tizim tarkibidagi dastur, ilova va yangilanishlarni o'rnatish parametrlarini tanlash oynasi Bu oynada o'rnatmoqchi bo'lgan tizim tarkibida o’rnatilishi mumkin bo’lgan dastur va ilovalarni tanlash kerak. Buning uchun dasturiy ta'minotlarni o'rnatishning quyidagi rejimlari taklif qilinadi: “Обычная установка”(Oddiy o'rnatish) - bu standart ilovalar to'plamiga ega tizimni o'rnatish. Oddiy kompyuter foydalanuvchilari uchun tavsiya etiladi, chunki bu holda ishlash uchun zarur bo'lgan barcha dasturlar avtomatik ravishda o'rnatiladi; “Минимальная установка”(Minimal o'rnatish) - bu minimal ilovalar to'plamiga ega tizimni o'rnatish. Agar faqat asosiy yordamchi dasturlarga ega bo'lgan toza tizimni o’rnatish kerak bo’lsa, ushbu rejimdan foydalanish mumkin, bunda boshqa barcha ilovalar alohida o’rnatilishi kerak bo’ladi. Bu rejim tizimni o'zi uchun sozlashni yoqtiradiganlar uchun, ya'ni faqat uziga kerak bo'lgan ilovalarni o'rnatishni xoxlovchilar uchun tavsiya etiladi. Ko’p xollarda “Обычная установка”(Oddiy o'rnatish) rejimini tanlab, Internetga kirish imkoni bo'lsa, «Загрузить обновления во время установки Ubuntu»(Ubuntuni o'rnatish paytida yangilanishlarni yuklab olish) bayroqchasini belgilab, «Продолжить» tugmasi bosiladi. Qattiq diskda tizim uchun bo’limlar ajratish Keyingi qadamda, kerakli bo'limlar yaratilishi kerak. Ushbu bo’limda Linux Ubuntuni qattiq disk bo'sh bo’lganda, unda bo’limlar ajratib o’rnatish ko’rsatilgan. Barcha kerakli amallar qo'lda bajariladi. Ya’ni tizimni o’rnatuvchiga qattiq diskda bo'limlar yaratish va ularning hajmini belgilash imkoniyati beriladi. Buning uchun 8-rasmdagi oynadan «Другой вариант» bandini tanlash kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling