Farg’ona jamaot salomatligi tibbiyot instituti tibbiy profilaktika a jamoat salomatligi fakulteti
Download 0.81 Mb.
|
1 2
Bog'liqgigiyena tmi n1
Endemik bo’qoq kasalligiFtor. Ftorning biologik tutgan o’rni va unga bog’liq bo’lgan kasalliklar. Ftor elementining ichimlik suvi tarkibidagi kontsentratsiyasiga muvofiq uning biologik roli turlicha bo‟lishi mumkin. Ichimlik suvi tarkibida ftorning kontsentratsiyasi 0,5 mg\l dan kam bo‟lgan taqdirda tish kariesi kasalligini kelib chiqishi, ichimlik suvi tarkibida ftorning kontsentratsiyasi 1,5 mg\l ortib ketganda flyuoroz kasalligi rivojlanishi mumkin. Flyuoroz kasalligida faqatgina tishlarda oq dog‟larning xosil bo‟lishi kuzatilmay, balki u organizmga umumiy ta‟sir ko‟rsatib, suyak sistemasiga (osteoporoz, osteoskleroz), nerv sistemasining funktsional o‟zgarishlariga sababchi bo‟ladi. Suvda ftorning miqdoriy o‟zgarishi karies yoki flyuoroz kasalligini keltirib chiqaruvchi mutloq sabab bo‟lolmaydi. Bundan tashqari tabiiy iqlim sharoitlari, aholining ovqatlanish tarzi, mehnat va turmush sharoitlarining ahamiyati bor, ammo ftor asosiy hal qiluvchi rolni bajaradi. SHuning uchun ichimlik suvi tarkibida ftor optimal miqdorlarda - 0,7 - 1,2 mg\l atrofida bo’lishi kerak. Flyuoroz kasalligi Bizning Respublikamiz xududida ftorni kam tutuvchi viloyatlar talaygina -Andijon, Toshkent, Xorazm, shunga bog‟liq holda bu regionlardagi aholining 60 dan 90% gachasi tish kariesi bilan kasallangan. Aytish lozim-ki, Toshkent ma‟dan suvining tarkibida ftor elementi yetarli miqdorlarda bo‟lib, shu suvdan muntazam iste‟mol qilish tish kariesi kasalligini oldini olishdagi eng natijali tadbir bo‟lib xisoblanadi. Flyuoroz kasalligi bizning Respublikamizda Farg‟ona viloyatining Frunze tumani aholi o‟rtasida qayd qilingan. Buning sababi shu xududdagi aholi Quqon soyning suvidan iste‟mol qilgan bo‟lib, bu soy suviga Quqon superfosfat zavodining Alohida belgilab qo‟yish kerak-ki, agar ftorning yetishmasligi muayyan biokimyoviy xududning tabiiy xususiyatlariga muvofiq bo‟ladigan bo‟lsa, uning ortiqcha miqdorlarda bo‟lishi, qoida bo‟yicha antropogen tabiatga ega bo‟lib, ayrim sanoat korxonalarining atrof muhitga chiqaradigan chiqindilari bilan bog‟liqdir (superfosfat zavodlari , ftorli tuzlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar, pestitsidlarni ishlab chiquvchi, aviatsiya yoqilg‟ilarini ishlab chiqaruvchi korxonalar). chiqindi suvi oqizilar ekan Tabiiy-ki, bu chiqindi suv tarkibida ftor birikmalari juda yuqori kontsentratsiyalarda bo‟lgan. Karies kasalligini oldini olishdagi eng muhim tadbirlardan biri suv tarkibidagi ftorning miqdorini normal holga keltirishdan iborat ya‟ni ftor ko‟p bo‟lganda deftorlash va ftor kam bo‟lganda ftorlashdan iborat. Bizda bunday tadbir o‟tkazish 1945 yildan boshlangan bo‟lib, uning samarasi juda tez ko‟zga tashlanadi, karies yoki flyuoroz bilan kasallanish darajasi tezda kamayadi. Endemik flyuoroz kasalligi bor bo‟lgan o‟choqlarda sanoat korxonalari chiqarayotgan chiqindi suvini ftorsizlantirish muhim aqamiyat kasb etadi. Endemik kasalliklardan bizning respublikamizda qayd qilinadigan turi alimentar anemiya bilan aholining yuqori darajada kasallanishi xisoblanadi -temir, mis, kobalt elementi kam uchraydigan regionlar (Qoraqalpog‟iston, Farg‟ona, Sirdaryo viloyatlari)dagi aholining 43% gacha bo‟lgan aholi. Ovqatlanish ratsioni tarkibidagi fosfor bilan bolalardagi raxit kasalligining kelib chiqishi o‟rtasida bilvosita bog‟lanish borligi aniqlangan (Toshkent, Farg‟ona, Sirdaryo, Surxandaryo). Alimentar anemiya kasalliklarining oldini olishdagi asosiy profilaktik tadbir bo‟lib, atrof muhit ob‟ektlarida kimyoviy elementlarning miqdorini optimallash xisoblanadi, ayniqsa ichimlik suvi va oziq-ovqat mahsulotlarida. Karies kasalligi Ovqatlanish ratsioni tarkibidagi fosfor bilan bolalardagi raxit kasalligining kelib chiqishi o‟rtasida bilvosita bog‟lanish borligi aniqlangan (Toshkent, Farg‟ona, Sirdaryo, Surxandaryo). Alimentar anemiya kasalliklarining oldini olishdagi asosiy profilaktik tadbir bo‟lib, atrof muhit ob‟ektlarida kimyoviy elementlarning miqdorini optimallash xisoblanadi, ayniqsa ichimlik suvi va oziq-ovqat mahsulotlarida. Bundan tashqari O‟zR ning bir qator viloyatlarida (Xorazm, Surxondaryo, Namangan, Buxoro) gi tuproq tarkibida mikroelementlardan rux moddasi kam miqdorda ekanligi aniqlangan. Ana shu viloyatlardagi aholi o‟rtasida T-limfotsitlarining defitsiti ya‟ni tanqisligi yaqqol ko‟zga tashlanadi, bu o‟z o‟rnida aholi organizmida rux elementining yetarlicha tushmasligi oqibatida immunitet zvenosidagi T - limfotsitlardagi turli parametrlarning izdan chiqishiga sababchi bo‟lishi mumkin (R.M.Ruzibakiev va b.q.,1995y). Bizning respublikamiz uchun xarakterli bo‟lgan endemik kasalliklardan tashqari, boshqa biogeokimyoviy viloyatlarga taaluqli bo‟lgan boshqa endemik kasalliklar ham ma‟lum. Raxit kasalligi Urov yoki Kashin va Bek kasalligi. Bundan 150 yil avval (1857) N.I.Kashin o‟zining bir ma‟ruzasida "Nerchinsk okrugidagi bo‟qoq va kretinizm" haqida xabar berib, Urov daryosi qirg‟og‟i bo‟ylab yashovchi aholi o‟rtasida ilgari ma‟lum bo‟lmagan kasallik haqida axborot bergan. Keyinchalik bu kasallik va uning tarqalganligi haqida Ye.V.Bek tomonidan batafsil ma‟lumotlar berilgan (1890). Oktyabr inqilobidan so‟ng bu o‟lkadagi kasallikni o‟rganish maqsadida birqancha ekspeditsiyalar tashkil etilgan va CHita viloyatida maxsus ilmiy tekshrish stantsiya tashkil etilgan. Urov kasalligi faqat Baykal orti o‟lkalarida emas, balki Uzoq SHark va Vologda, Pskov, Leningrad viloyatlarida ham qayd qilingan. O‟zR da ham kasallik belgilari aniqlangan. Urov kasalligi bilan asosan bolalar va o‟smirlar kasallangan bo‟lib, ko‟pincha 16-20 yoshli o‟smirlarda og‟irroq kechgan. Kasallikning ilk belgilarini aniqlash juda murakkab bo‟lgan, chunki kasallik belgilari nospetsifik tabiatga egadir. Asosiy kasallik belgilari - diqqat-e‟tiborning buzilishi, tez toliqish, xotiraning pasayishi, mantiqiy fikrlash qobiliyatining izdan chiqishi kabilar. Kasallikning keyingi davrlarida suyak-bo‟g‟in apparatidagi o‟zgarishlar (suyaklardagi o‟sishning sekinlashuvi, kalta barmoqlik, suyaklar deformatsiyasi, bo‟g‟inlarning bukilishidagi kontraktura) yuzaga keladi. Urov yoki bashin va bek kasalligi Xulosa Kasallikni oldini olish uchun bugungi kunda radikal ko‟rinishga ega emas, faqat kasallikni iloji boricha ertaroq aniqlash va davolash ishlarini o‟tkazish deb qaraladi. Endemik kasalliklarni ta‟riflash bilan bir qatorda biogeokimyoviy viloyatlardagi antropogen xususiyatlarga bog‟liq bo‟lgan kasalliklarga ta‟rif bermasdan bo‟lmaydi. Mas., azotli mineral o‟g‟itlarni keng ko‟lamda qo‟llash , ko‟pgina korxonalar tomonidan azotli birikmalarning ishlab chiqarilishi, suv muhitini organik moddalar bilan ifloslanishi. Bizning sharoitda suv muhitida bo‟ladigan organik birikmalarning nitritlargacha parchalanishi va undan nitratlarga o‟tish natijasida sun‟iy tarzda boqiladigan ko‟krak yoshidagi bolalar o‟rtasida suv-nitratli metgemoglobinemiya kasalligini kelib chiqishiga sababchi bo‟lishini kuzatish mumkin. Nitratlar organizmda gemoglobin bilan birikib, barqaror xususiyatga ega bo‟lgan metgemoglobinni xosil bo‟lishi va natijada oksidlanish-qaytarilish jarayonlarining izdan chiqishiga olib keladi. Bu kasallikni oldini olishdagi asosiy tadbir xisobida suvning nitratlar bilan ifloslanishiga yo‟l qo‟ymaslik va bu moddaga nisbatan azot bo‟yicha REK -10 mg\l qilib belgilangan. Foydalanilgan adabiyotlar 1.F.I.Salomova va boshq.Gigiyena.Tibbiy ekologiya. Toskent-2020 2.Duschanov B.A. va boshq. Umumiy gigiyena. Darslik. Toshkent-2008 3.www.google.com Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling