Farg'ona Politexnika instituti "Ishlab chiqarishda boshqaruv" fakulteti 72A-20 guruhi talabasi Xolxo‘jayev Eldorxo‘janing Iqtisodiy tahlil" fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Download 19.68 Kb.
|
1 2
Bog'liqIqtisodiy tahlil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tahlil so’zining ma’nosi nimani anglatadi
- Samaradorlik
Farg'ona Politexnika instituti "Ishlab chiqarishda boshqaruv" fakulteti 72A-20 guruhi talabasi Xolxo‘jayev Eldorxo‘janing Iqtisodiy tahlil" fanidan tayyorlagan mustaqil ishi. Iqtisodiy tahlil fanining predmeti Iqtisodiy tahlil o’z vaqtida samarali tashkil qilinsa, qo’yilgan xato va kamchiliklar hamda yutuqlar va imkoniyatlar aniqlanadi, natijada ularni tugatish, yaxshilash yo’llari ko’rsatiladi, oqibatda imkoniyatlardan keng foydalanish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Shu nuqtai nazardan bo’lajak iqtisodchi-bakalavrlar iqtisodiy tahlilning nazariy, uslubiy va amaliy asoslarini yaxshi o’zlashtirib olgan bo‟lishlari kerak. Tahlil so’zining ma’nosi nimani anglatadi? Tahlil grekcha – «Analisis» so’zidan olingan bo’lib, ajratish, bo’laklash, parchalash kabi ma`nolarni anglatadi. To’liqroq qilib aytganda, u iqtisodiyotda sodir bo’lgan va bo’layotgan hodisa va jarayonlarni bo’laklarga, qismlarga bo’lib va ajratib o‟rganishni bildiradi. Xo’jalik faoliyatini maqsadli, tezkor, joriy va istiqbolli o’rganish asosida uning holatiga har taraflama baho berish tahlilning asosiy mazmunini tashkil etadi. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik. Samaradorlik - bu materialni, kuchni, kuchni, pulni va vaqtni biron bir ishni bajarish yoki kerakli natijaga erishish uchun isrof qilishdan saqlaydigan (ko'pincha o'lchanadigan) qobiliyat. Umuman olganda, bu narsalarni yaxshi, muvaffaqiyatli va isrof qilmasdan bajarish qobiliyati. Samarali ishlash degani o‘z mohiyatiga ko‘ra, mo‘ljallangan (rejalashtirilgan) foydani olish, noishlab chiqarish xarajatlari va yo‘qotishlami kamaytirish, ishlab chiqarish quwatlari va ishchi kuchidan yaxshiroq foydalanish, mehnat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini yaxshilashni anglatadi. Ishlab chiqarishning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi uning pirovard maqsad natijasida o‘z ifodasini topadi. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik tarkibida iqtisodiy samaradorlik alohida e’tiborga ega. Iqtisodiy samara ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan iqtisodiy ne’matlar hajmi bilan ifodalanadi. Iqtisodiy samaradorlikning mezoni; xarajatlar bilan erishilgan iqtisodiy ne’matlar munosabatidir. Samara – bu, ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat), foyda va daromad hajmini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, sifatsiz mahsulot ishlab chiqarishni kamaytirish yoki umuman, yo’q qilish bilan bog’liq bo’lgan korxona faoliyatining ijobiy natijalaridir. Bu yutuqlar natural shaklda ishlab chiqarish samarasini, pul shaklida esa iqtisodiy samarani tavsiflaydi. Samaradorlik, avvalo, korxona faoliyatining sifat jihatlarini tavsiflovchi tushunchadir. U “samara” toifasidan kelib chiqadi hamda unga qaraganda murakkab va kompleks tavsifga ega. Samaradorlik chora sifatida ko’plab texnik, iqtisodiy, loyiha va xo’jalik qarorlarini avvaldan belgilab beradi. Korxona o’zining xo’jalik, ilmiy-texnik va investision siyosatini belgilashda samaradorlikdan kelib chiqadi. Samaradorlik, avvalo, korxona faoliyatining sifat jihatlarini tavsiflovchi tushunchadir. U «samara» toifasidan kelib chiqadi hamda unga qaraganda murakkab va kompleks tavsifga ega. Samaradorlik chora sifatida ko‘plab texnik, iqtisodiy, loyiha va xo‘jalik qarorlarini awaldan belgilab beradi. Download 19.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling