Farg'ona Politexnika instituti "Ishlab chiqarishda boshqaruv" fakulteti 72A-20 guruhi talabasi Xolxo‘jayev Eldorxo‘janing Iqtisodiy tahlil" fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 19.68 Kb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi19.68 Kb.
#1612795
1   2
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil

Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik - chegaralangan resurslardan oqilona foydalangan holda erishilgan, aholining ijtimoiy-iqtisodiy iste’mol darajasini yuksaltirishdir. Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarning qondirilishi - inson kamolotining yuksalishi, moddiy va ijtimoiy farovonligining o‘sishi, madaniy va ma’naviy jihatdan rivojlanishida ko‘rinadi. Inson farovonligi hamda kamoloti naqadar yuksalsa, shu qadar yuqori ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikka erishgan bo‘ladi. Ishlab chiqarish samaradorligi har bir korxona faoliyatining eng asosiy vazifasi hisoblanadi. U xo'jalik yuritishning sifat va miqdor ko'rsatkichlarini, shuningdek, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlari hamda olingan natijalar o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi. Afsuski, bozor sharoitlarida «samaradorlik» tushunchasi, garchi, daromad olish, xarajatlami kamaytirish, mehnat samaradorligining o‘sishi, fond qaytimi, rentabellik va hokazolar samaradorlik tabiatiga mos kelib, bozor iqtisodiyoti talablariga zid kelmasada, baho, foyda, daromad, xarajat kabi tushunchalarga qaraganda kam qo‘llanilmoqda. Samarali ishlash degani o‘z mohiyatiga ko‘ra, mo‘ljallangan (rejalashtirilgan) foydani olish, noishlab chiqarish xarajatlari va yo‘qotishlami kamaytirish, ishlab chiqarish quvvatlari va ishchi kuchidan yaxshiroq foydalanish, mehnat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini yaxshilashni anglatadi. Ishlab chiqarishning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi uning pirovard maqsad natijasida o‘z ifodasini topadi. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik tarkibida iqtisodiy samaradorlik alohida e’tiborga ega. Iqtisodiy samara ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan iqtisodiy ne’matlar hajmi bilan ifodalanadi.

Evrestik tahlil.
Evrestika (yun. peshtzko — izlayman, topaman) — 1) masala yechishning maxsus usullari (evristik usullar). Masalani aniq matematik modellarga tayanib va anʼanaviy usullardan foydalanib yechishning aksi. Evristik usullardan foydalanish masalani yechish vaqtini ancha qisqartiradi. Bunday usulda olingan yechim eng toʻgʻri yechim hisoblanmaydi, balki mumkin boʻlgan yechimlardan biri boʻladi. Koʻpincha, E. yordamida qoʻyilgan maqsadga erishib boʻlmaydi. Baʼzan psixologik va kibernetik adabiyotda evristik usullarga masalalar yechishning induktiv usullari sifatida tushuniladi; 2) EHM (kompyuter) uchun dasturlar tuzish usuli (evristik dasturlash). Agar oddiy dasturlar tuzish usulida dasturchi masalani yechishning tayyor mat. usulini EHM ga "tushunarli" shaklga kodlasa, evristik dasturlashda u masalani yechishning intuitiv (his qilib) tushuniladigan usulini shakllantirishga intiladi. Bu usul ham oldinga qoʻyilgan vazifani mutlaq hal qilishga imkon bermaydi; 3) mahsuldor ijodiy fikrlash (tafakkur) jarayonini tashkil qilish (evristik faoliyat); 4) evristik faoliyatni oʻrganadigan predmet; fikrlash haqidagi fanning maxsus boʻlimi. Fan sifatida psixologiya, sunʼiy intellekt nazariyasi, strukturaviy lingvistika, axborotlar nazariyasi predmetlarining omixtasi sifatida rivojlanadi; 5) maxsus oʻqitish usuli (Suqrot suhbatlari) yoki muammolarni koʻplashib hal qilish. Bunda taʼlim olayotgan kishilarga yoʻnaltiruvchi qoʻshimcha savollar va misollar beriladi. Murakkab muammolarni koʻplashib hal qilishda gʻoya muallifiga ishtirokchilar yoʻnaltiruvchi savollar, misollar, aks misollar berishadi


Download 19.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling