Zakot.
Zakot — molmulk va daromaddan beriladigan sadaqa, xayrehson. Islomning 5
asosiy talablaridan
biri. Shariatta muvofiq, muayyan boylikka ega boʻlgan katta yoshdagi musulmon Zakot beradi.
Zakot beruvchi kishining mablagʻi oʻzi va qaramogʻidagilarning zaruriy ehtiyojlaridan ortiqcha boʻlishi
lozim. Bu mablagʻga kishining jamgʻarmasi, doʻkonda sotiladigan narsalari, sotaman deb olib
qoʻygan narsalari, birovga bergan qarzi kiradi. Qurʼoni karimning ayrim suralarida Zakot namoz bilan
yonmayon zikr etilgan. U yilda bir marta berilishi shart boʻlgan xayrehson (sadaqa) qatoriga kiradi va
ayni vaqtda ibodat hisoblanadi. Zakot miqdori mablagʻlarning 1/40 ulushi (2,5%)ga teng. Zakotni
zakot berolmaydigan musulmonlar olishga haqli. Zakot avval qarindoshlar orasidagi muxtojlarga,
bunday qarindoshlar boʻlmasa, kambagal, qarzdor, musofirlarga beriladi. Dehqonlar va
chorvadorlardan olinadigan Zakot miqdori bir oz boshqacharoq belgilangan. Zakotning asl hikmati
faqir va muhtojlarning hojatini chiqarmoqdir.