Farg`ona politexnika instituti Mexanika mashinasozlik fakulteti 22-20 mst va a gurux talabalari falsafa fanida tayyorlagan mustaqi ishi


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana24.12.2022
Hajmi0.98 Mb.
#1058942
1   2   3   4   5
Bog'liq
54Mkozv-wgODd00uv5mOCWgnCbKkCRC

Taqdirqismat — oldindan belgilab qoʻyilgan hodisalar toʻplami 
va ketma-ketligi. Inson yoki guruhning oldindan belgilangan 
hayot yoʻli.


Asosiy ibodatlar.
1.
Kalimai shahodat
2.
Namoz
3.
ro`za
4.
Haj va zakot


Kalimai shahodat.
Kalimai shahodat, tashahhud — islom dinidagi 5 asosiy rukndan 
birinchisi — imonning asosi. Unga koʻra, "Allohdan oʻzga iloh 
yoʻq. Muhammad Uning rasulidir", degan kalimani til bilan aytib
dil bilan tasdiq etish shart hisoblanadi. Ilk islomdan boshlab 
musulmonlar K. sh.ni aytish orqali boshqalardan, avvalo 
koʻpxudoli majusiylardan farqlanib turganlar. K.sh. ibodatning 
asosiy soʻzlari hisoblanadi, namozda takror-takror oʻqiladi.


Namoz.
Namoz — islom koʻrsatmalari boʻyicha bajariladigan maxsus ibodat turi; islomdagi 
besh rukndan biri. Namoz musulmonlarga meʼroj kechasi farz qilingan birinchi 
ibodatdir. Bir kecha-kunduzda 5 mahal namoz oʻqish farz hisoblanadi. Namoz 
oʻqish „Allohu akbar“ deb takbir aytish bilan boshlanib, sano, Qurʼon oyatlaridan 
tilovat qilishda duolar oʻqish, rukuʼ, sajda, tiz choʻkib oʻtirish, salom berishlarni oʻz 
ichiga oladi. Namozning bir necha turlari mavjud. Mas, farz, vojib, sunnat, nafl, 
ishroq, tahajjud, qazo, shukri vuzu, janoza va boshqa qoʻshimcha namozlar borki, 
ularni ado etish musulmon kishining ixtiyoriy ibodati sanaladi. Farz, vojib, sunnat 
namozlari esa ado etilishi sharʼan talab etiluvchi namozlar sirasiga kiradi.


Ro`za va haj.
Roʻza — islomdagi 5 ta ruknlardan biri.
Haj — islomning 5 asosiy ruknidan biri. Haj qilish es-hushi butun, sogʻlom, balogʻat yoshiga yetgan va oilasi 
nafaqasidan tashqari safar xarajatlariga kifoya qilgudek mablagʻi boʻlgan har bir musulmonga farz qilingan. 
Haj qiluvchi kishilar miyqot dan boshlab tozalanib, sochlarini olib yoki qisqartirib Makkaga borish uchun 
hozirlik koʻradilar. Soʻngra ehromga kirib 2 rakat namoz oʻqiladi. Hajda Kaʼba 7-marta tavof qilinadi. 
Ziyoratchilar hajar al-asvad ni oʻpib, keyin Safo va Marva tepaliklari orasida 7-marta yuguradilar, soʻngra 
zamzam suvidan ichadilar. Arafa kuni Hajning asosiy marosimi — Arafot vodiysi va togʻida turish (vuquf) 
boshlanadi. Ziyoratchilar u yerda xutba eshitadilar, ibodat qiladilar va namoz oʻqiydilar. Bu turish kun 
botguncha davom etadi. Soʻngra hojilar Muzdalifa vodiysiga yoʻl oladilar. U yerda tongga qadar ibodat 
bilan mashgʻul boʻlinadi. Zulhijja oyining 10-kuni dan boshlab 3—4 kun Mino vodiysida shaytonlarga tosh 
otiladi va jonliq soʻyib qurbonlik qilinadi. Madinaga borib Muhammad qabrini ziyorat qilish ham Haj vaqtida 
bajariladigan amalga aylangan. Bir kishi boshqa odam uchun Haj arkonlarini ado etishi ham mumkin. Bu hajji 
badal deb ataladi. Vafot etgan odam hamda moddiy taʼminlangan, ammo salomatligi yoki qariligi tufayli 
Haj ziyoratiga bora olmaydiganlar uchun hajji badal qilish mumkin boʻladi.



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling