Tavhid va kitoblar.
Tavhid — umumiy maʼnoda yakkaxudolik haqidagi
taʼlimot. Sharʼiy
istilohda esa, Tavhid Islom dinida Allohga
shirk(sherik) keltirishning turli yoki barcha koʻrinishlaridan
voz kechish va Allohning birligiga eʼtiqod qilish demakdr.
Muqaddas kitoblar,
ilohiy kitoblar — muayyan dinda
muqaddas va ilohiy hisoblanadigan kitoblar.
Farishtalar.
Farishta — iudaizm, xristianlik, islom va boshqa baʼzi dinlarda xudoning
amrini bajaruvchi gʻayritabiiy mavjudot. Farishtalar son-sanoqsiz boʻlib,
har biri maʼlum vazifani bajaradi. Masalan, islomda har bir odamning
savob va gunoh ishlarini hisobga
olib yuruvchi farishtalar, jannat va
doʻzaxda darvozabonlik
qiluvchi, odamlarni qabrda soʻroq qiluvchi,
arshni koʻtarib turuvchi va boshqa xizmatlarni bajaruvchi farishtalar
mavjud deb qaraladi. Bu farishtalardan 4 tasi: Azroil, Jabroil, Mikoil,
Isrofil
bosh Farishtalar deb hisoblaniladi.