Fargona politexnika instituti


IV. Laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar


Download 69.19 Kb.
bet4/8
Sana10.02.2023
Hajmi69.19 Kb.
#1186487
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BIOLOGIYA FAN DASTURI

IV. Laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar



  1. O‘simlik namunalaridan umumiy nuklein kislotalar ajratish usullari.

  2. Pomidor mevasi xujayralarining tuzilishi

  3. Ozuqa maxsulotlarida C vitaminining miqdorini aniqlash

  4. Oqsillarni ammoniy sul’fat tuzi ta’sirida cho‘ktirish

  5. Monosaxaridlarni Trommer reaktsiyasi yordamida ochish

  6. Yog‘larni aniqlashda qo‘llaniladigan sifat reaktsiyalari



V. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Ushbu fan bo‘yicha o‘qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishi (O‘RTMI) va talabaning mustaqil ta’limi (TMT) tashkil etiladi.
Ushbu fanda me’yorlashtirilmaydigan O‘RTMI shakllari rejalashtirilgan bo‘lib, ular har bir amaliy mashg‘ulot bo‘yicha tyutorlar tomonidan xisobot shaklida qabul qilinadi. O‘RTMI amaliy mashg‘ulot vaqtida yoki darsdan keyin amalga oshirilishi mumkin. Har bir amaliy mashg‘ulotdan so‘ng masofaviy ta’lim platformasida O‘RTMI ni qabul qilish va baholash uchun o‘qituvchining maslahat darslari tashkil etiladi.

Ushbu fanda masofaviy ta’lim platformasida quyidagi O‘RTMI shakllarini qo‘llash nazarda tutilgan:


Q/A - savollarga cheklangan xajmda javob yozish. Talaba mavzu bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan berilgan variantlardagi savollarga 30-40 so‘z xajmida javob yozadi. Javobni baholashda javobning to‘liqligi va so‘zlar soni e’tiborga olinadi.
Chart - jadval, diagramma va sxemalarni cheklangan xajmda taxlil qilish. Talabadan mavzu bo‘yicha berilgan jadvallarni 100 gacha so‘z ishlatib izoxlash talab etiladi. Javobni baholashda so‘zlar soni, atamalardan foydalanish, gapning tuzilishi, bog‘lovchi so‘z va iboralardan foydalanish, taqqoslashlar, o‘zgarish dinamikasi va izoxning to‘g‘riligi hamda to‘liqligi inobatga olinadi.
Link - internet-havolaga annotasiya yozish. Talaba mavzu bo‘yicha berilgan havolani ochib ularga 30-40 so‘z xajmida fikr bildiradi. Javobni baholashda talabaning to‘g‘ri javob berishi va bayon qilish usuli inobatga olinadi.
Review - berilgan manbaga sharx yozish. Talabaga mavzu bo‘yicha manba taqdim qilinadi va talaba uni belgilangan shaklda va xajmda sharxlaydi.
SWOT - muammoni SWOT-taxlil qilish. Talaba mavzusi bo‘yicha taqdim etilgan ob’ektning kuchli, kuchsiz jihatlari, imkoniyatlari va xavf-xatarli jihatlarini ochib beradi.

Download 69.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling