Farg’ona shahar 29-o’rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Kenjayeva Shahnozaxon Avazovnaning
Download 24.54 Kb.
|
Tadbir.Navoiy yodi-la yashaymiz mudom (2)
Navoiy g`azallari aytiladi.
Sahna ko’rinishi. “Farhod va Shirin” dostonidan Muallif: Mehnbonu saroyi.Farhod tog`ni teshib suv yo`lini ochdi,ariqlarga suv keltirdi.Xalq bundan juda shod bo`ldi va yurtni bog`-u bo`stonga aylantira boshladi.Farhod bunyod qilgan yangi ariqni “Hayot daryosi” deb,hovuzni esa “Najot dengizi” deb atadilar.Mehnbonu va Shirin Farhodga hurmat –e’tibor ko`rsatib,uni saroyga ziyofatga taklif etdi. Farhod do`sti bilan saroyga kirib keldi. Mehnbonu:Ey nodir yigit,sen ko`p mashaqqatlar chekding, Xalq intiq bo`lib kutgan suv yo`lin ochding. Mehnating,himmating va mehring bilan, Bizning ko`nglimizga nur,ziyo sochding. Xush kelding, bugun saroyimizga Sherik bo`lgin sen ham shodligimizga. Farhod:Malikam,bu taklifdan juda shod bo`ldim, Xalqning shodligin ko`rib quvonchga to`ldim. Shirin:Ey shaydo yigit,bugun har ne qilsak oz, Sen uchun bu bazm-u jamshid,ham chalingan soz. Farhod:Qulluq,malikam. Mehnbonu:Farhod,senga tanishtiray bu hur qizlarni, Har sohada mashhur sho`x go`zallarni. ( Qizlarga tariff beradi) Diloro:Qani qizlar,bu ne hol,barchangiz o`tirasiz jim? Gulandom:Diloro,unda siz mushoirani boshlang. Diloro:Yo`q-yo`q Gulandom,she’rxonlikni boshlagay Farhod-u Shirin, Anglagaymiz,qalblarida qanday ishq siri yashirin. Farhod:Bosh ustiga.Bo`lmasa ishq ikki jahon bo`lmasin, Ikki jahon bo`lmasa,ishq bo`lmasin. Shirin:Manga ne yor-u ne oshiq havasdir, Agar men odam o`lsam ushbu basdur. Diloro:Gar alamimg`a chora yo`q,bo`lmasa bo`lmasin netay. Gar g`amima shumora yo`q,bo`lmasa bo`lmasin netay. Ranjima yo1q esa adadi xost bu ersa naylayin, Dardima gar kanora yo`q,bo`lmasa bo`lmasun netay. Diloso:Ohkim,nomehribonim azmi bedod ayladi, Bir yo`li mehri vafo rasmini barbod ayladi. Qo`rqaram,ahli vafo ohi anga qilg`ay jafo, Bu jafolarkim vafo ahlig`a bunyod ayladi. Paripaykar:Ne navo soz aylagay bulbul gulistondin judo, Aylamas to`ti takallum shakaristondin judo. Ul quyosh hajrinda qo`rqarmen falakni o`rtagay, Har sharorikim,bo`lur,bu o`tlug` afg`ondin judo. Parizod:Qaro ko`zim,kelu mardumlig` emdi fan qilg`il, Ko`zim qarosida mardum kabi vatan qilg`il. Yuzing guliga ko`ngil ravzasin yasa gulshan, Qading niholig`a jon gulshanin chaman qilg`il. Dilorom:Oshiq o`ldim,bilmadim yor o`zgalarga yore mish, Olloh-olloh,ishq aro mundoq balolar bore mish. Qaddiga el mayli bo`lg`ondin ko`ngil orzudadur, Ul alifdin zorlarning hosili ozor emish. Sumanso:Ko`nglim istar yorlar birla hamisha shod bo`l, Mendin-u kimdinki,ko`ngling istamas,ozod bo`l. Garchi sabrim uyi yanglig` aylading vayron meni Doimo yo rabki husning mulkidek obod bo`l. Gulandom:Kimki bir ko`ngli buzuqning xotirin shod aylagay, Oncha borkim,Ka’ba vayron bo`lsa obod aylagay. Garchi xalq ozodasimen,yor agar bandam desa, Andin ortuq anglakim,bir banda ozod aylagay. Shirin:Ohkim,ishq ayladi shaydo meni, Soldi junun ko`yiga savdo meni. Kimki ishq istadi qatl etgali, Hajr ravon ayladi paydo meni. Parichehra:Na kun o`lg`aykim,nigorim kelgay, Bog`i umrimda bahorim kelgay. Umr bog`ida bahor uldurkim, Sarvqad lolauzorim kelgay. Download 24.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling