Farg’ona shahar 29-o’rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Kenjayeva Shahnozaxon Avazovnaning
Download 24.54 Kb.
|
Tadbir.Navoiy yodi-la yashaymiz mudom (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sahna ko`rinishi.”Uch yomonning ta’rifi”
Mehnbonu:Yashang qizlar,bor bo`ling.Barchangizga tasanno.She’rxonlikda ham bir-biringizdan qolishmaysiz.Endi Farhod bilan birgalikda bog`ni aylaninglar. Qani ,Shirin,o`zingiz boshlang.( Barcha birga chiqib ketadi.)
Raqs.Navoiy g’azali.10-sinf 1-boshlovchi: “ Navoiy ijodi muzey ko’rgazmasi ham, tarixning parchasi ham emas, u yashamoqda va yashayveradi. Biz uni o’rganyapmiz, ammo juda kam o’rganyapmiz. O’zining ulug’ farzandi xotirasini ko’z qorachig’iday asrab-avaylash va uning asarlarini tinmay o’qish va o’rganish o’zbek xalqining sharafli ishidir” degan edi professor Y.E.Bertels. 2-boshlovchi: Akademik N.I.Konrad esa shanday degan:”Alisher Navoiydek shoir borligidan behad quvonamiz. Shunday shoirni bizga in’om qilgani uchun o’zbek xalqiga buyuk rahmatlar aytamiz. Va uni nafaqat o’rganamiz, balki o’qiymiz ham. Uni nafaqat o’qiymiz, balki tafakku ham qilib, o’zimizniki qilamiz… Biz Navoiyni bugungi hayotimizga zarur bo’lgan shoir sifatida o’qishimiz kerak”. Sahna ko`rinishi.”Uch yomonning ta’rifi” Husayn Boyqaro: Ofarin mashshoqlar, sozingizga boz Raqsingiz har qancha ta`riflasam oz. Hudaychi, bularni aylangiz e`zoz, Ko`ngillari bo`lsin bizdan sarafroz. Xizmatkor: Buyrug`ingiz bosh ustiga, shohim H.Boyqaro: Do`stimiz Alisher nega ko`rinmas? Necha kundan beri saroyga kelmas. Huzurimga chorlang, kelsin do`stimiz Juda muhtoj hozir unga ko`nglimiz. Xizmatkor: Shohim, huzuringizga kelmish Alisher Ruxsatingiz kutib turmishlar ne dey? Shoh: Tezroq chorlang, kirsin huzurimizga Qo`shilsin, gurungi suhbatimizga Navoiy: Assalomu alaykum, olampanohim Umringizni ziyoda qilsin ollohim Uzr, yumushlarim ko`payib ketdi Ularni tugatguncha shu fursat yetdi Shoh: Mayli do`stim sizdan ko`nglim to`q Tushundim ,sizdan hech bir ginam yo`q Navoiy: Qutlug` shohim,so`ylang bizga ne yumush bor? Shoh:Aziz do`stim , oqil-u dono vazirlarim, Sizlarga muhim bir topshirig`im bor. Menga uch yomon odamni topib keltiring. Topganga uch yuz tillo mukofot tayyor , Topmasangiz jazolayman,omad bo`lsin yor. Vazirlar: Xo`p bo`ladi shohim . Chiqib ketishadi .Musiqa qo`yiladi Vazirlar, Navoiy kirib keladi Vazirlar: Olampanoh, so`zlayin avf eting bizni Uch yomonni topolmadik,ranjitdik sizni. Navoiy: Do`stim , men huzuringizga Uch yomon odamni chorladim. Ular jallod, qassob va sayyoddir . Shoh: Barakollo, ofarin do`stim, Mana bu mukofot oling sizniki. Xo`sh, vazirlar ularga ta`rif bering Jazodan qutuling, mukofot oling. Vazirlar: Podshohim, bu savolga ham Javobimiz yoqdir bizlarni. Navoiy: Ijozat bersangiz,o`zim so`zlayin, Uch yomon odamga ta`rif berayin. Shoh: So`zlang, ijozat. Navoiy: Jallodga bir farmon bo`lsa bas Haq nohaqni chopar boshini. Qassob hayvonlarni yaxshisin so`yar, Sayyod jonivorlarni ayovsiz ovlar, Chiroyli qushlarni qafasga solib, Erk va go`zallikdan u mahrum qilar. Shoh: Do`stim donoligingiz tahsinga loyiq Sizga qoyil qoldim yana bir bora. Navoiy: Qulluq shohim Shoh: Alisherning donoligi, zukkoligini Men doimo qadrlayman, hurmat qilaman.. Shuning uchun bugun hamma guvohligida ,,Muqarrabi shohiy`` unvonini beraman. Shoh: Keling do`stim yana bir bor bag`rimga bosay. 1-boshlovchi: Mir Alisher o’z davridanoq buyuk daholar safidan mustahkam o’rin olib, o’zbek nomini jahonga mashhur qilib, xalqimiz timsoliga aylandi. Uning ummon qadar bepayon ijodidan har kim o’z iste’dodiga yarasha bahramand bo’lmoqda. Zero Navoiyning har bayti hikmatli bir kitob. 2-boshlovchi:-Biz shunday ulug’ mutaffakir shoirimiz borligidan faxrlanamiz, iftixor qilamiz, bugungi adabiy kechamiz Navoiyga, she’riyat dahosiga, bo’lgan ehtiromimizning bir ko’rinishidir.Bugun oz bo’lsa ham Navoiy bobomizni ruhini shod eta olgan bo’lsak o’zimizni baxtiyor hisoblaymiz. Biz ham bobomizdek o’qish, ilm olish, o’rganish, komil inson bo’lishga harakat qilamiz. Navoiy bobomizga bag’ishlab tayyorlangan bayram tadbirimiz ham nihoyasiga yetdi. E’tiboringgiz uchun rahmat! Download 24.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling