Farg’ona shahar 29-o’rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Kenjayeva Shahnozaxon Avazovnaning


Download 24.54 Kb.
bet2/4
Sana03.02.2023
Hajmi24.54 Kb.
#1152962
1   2   3   4
Bog'liq
Tadbir.Navoiy yodi-la yashaymiz mudom (2)

2-o’quvchi.Bugun yurtimizda katta tan’tana
Shogirdlar quvonchi bilan bir jahon.
Sultoni o’zingiz g’azal mulkining
Sizni sharaflaydi zaminu-zamon
3-o’quvchi.Alisher Navoiy, ey buyuk ustoz
Poyingizga ta’zim etgani keldik
Madhingiz tillarda jaranglatib soz
Ruhingizni shod etgani keldik.
4-o’quvchi: Assalom, Navoiy, g‘azal sultoni
Yetubdur suhbatingiz olmoq mahali.
Siz-la diydorlashmoq so‘z istak edi,
Muborak yoshingiz bir imkon berdi.
5-o’quvchi:Buyuk tog‘lar ishra bo‘lib buyukroq,
Suyuk tog‘lar ishra bo‘lib suyukroq
Navoiy ko‘rinar ko‘zimga mening,
Nafasi urilar yuzimga mening.
6-o’quvchi: Emas bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy oanjasiga panja urmoq.
Kerak she’r oldida hamki she’r jangi,
She’r bo‘lmasa bo‘lg‘ay bori palangi.
7-o’quvchi:Navoiy so’z mulkida yagona sulton,
Turkiygo’y shoirlar bazmini qurdi.
O’z ona tilida terib injular,
Qalblarga umrbod muhrlab qo’ydi.
8-o’quvchi: Navoiy betakror va boqiy siymodir. Uning yaratgan asarlari samodek tiniq, tongdek shaffof, musiqiy ohanglar bilan yo’g’rilgan. Asarlarini o’qir ekanmiz, har bir satridan o’z xalqiga, insoniyatga cheksiz mehrini, u bilan bir jon bir tan ekanligini anglash qiyin emas.
Vatan tarkini bir nafas aylama,
Yana ranji g’urbat havas aylama.
9-o’quvchi:Navoiy jozibador baytlari bilan inson bolasiga o’z san’atkorligi ila so’zning sehrini, hayotning ma’nosini, saodatning eshigini ochib berdi.. Bu gulshanda saodatning kaliti odamlarga yaxshilik qilishda ekanligini anglatdi.
Bu gulshan ichra yo’qtur baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur yaxshilik bila chiqsa ot.
Birga:Ulug’ ustoz sizga ta’zim, sizga shon.
Nomingiz tillarda zaminu-zamon.
Mayin kuy ostida Navoiy kirib keladi.O’quvchilar ta’zim qilib turadilar.
Navoiy: Aziz avlodlarim, o’g’illarim, qizlarim, nabiralarim.Asrlar osha dorulamon kunlarda xuzuringizdamen. Shodmen, baxtiyormen, biz yetolmagan umidlarga sizlar yetdingiz. Avlod ajdodlar orzu –qilgan hur ozod, obod, mustaqil, osmonida adolat quyoshi porlab turgan ,baxt va haqqoniyat tantana qurgan, har bir fuqarosi qaysi millatga mansub bo’lishdan qat’ iy nazar buyuk yurt bunyod etayotgan vatandasiz.
Shod va baxtiyormen, go’zal qishloqlar, betakror shaharlarda, sizlar uchun bunyod etilayotgan muhtasham xonadonlaringizda tinclik, omonlik, qut - baraka, dasturxoningizda to’kin – sochinlik, bobolar, momolar ehtiromda, volidayi muhtaramalar izzatda, padari buzrukvorlaringiz hurmatda, farzandlarini, o’g’il-qizlarini bag’riga bosib, ularni boshini silab, ularni kelajakka tayyorlayotgan, xalq g’amini yeyayotgan buyuk insonlaringiz bor.Ilohim adolat ,haqiqat, tinchlik va omonlik yo’lini ko’rsatuvchi qo’lingizdagi tafakkur mash’ali doimo porlab tursin.
Raqs.Navoiy g’azali.
Qo’shiq.”Fido”.Navoiy g’azali
1- o’quvchi:Sahar bulbul gullar uzra qildi xonish,
Ko`nglim boshlar o`sha yoqqa istak-xohish.
Xonishmi-bu,tonishmi-bu,yordan nolish?
Hijron bilan bir damgina birga qolish,
G`azallarda Navoiyni angladim.
2-o’quvchii:Oh,u dildor,yoring yig`lar kelmadi deb,
“Qaro ko`zim” ,-desam hamki bilmadi,-deb.
Nahot,shuncha tashbih qalbin tilmadi,-deb,
Ko`z yoshlarim nazariga ilmadi,-deb,
G`azallarda Navoiyni angladim.
3-o’quvchi:Hali Shirin el og`zidan qolgani yo`q,
Hali hech kim Layli sirin olgani yo`q,
Farhoddayin tog`-u toshda tolgani yo`q,
Majnun kabi dilga olov solgani yo`q,
G`azallarda Navoiyni angladim.
4-o’quvchi:Turk nazmida ko`tardi u so`z qadrini,
So`zi bilan bayon etdi el dardini,
Yosh-u qari o`qish kerak har satrini,
O`qisang gar olib kelar gul atrini,
G`azallarda Navoiyni angladim.

Download 24.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling