Farg’ona shaharlari tarixidan mundarija kirish I bob. O‘rta asrlarda farg‘on shaharlari


Tadqiqotning maqsad va vazifalari


Download 153.53 Kb.
bet2/7
Sana20.06.2023
Hajmi153.53 Kb.
#1634310
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
FARG’ONA SHAHARLARI TARIXIDAN

Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Kurs ishi maqsadi Farg‘ona vodiysida o‘rta asrlarda kechgan siyosiy, ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilishdan iboratdir. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda, ishda quyidagi vazifalarni hal etish nazarda tutilgan:
 Farg‘ona va Choch ilk o‘rta asrlarda: ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish an’analari ko‘rsatish;
 Temuriylar davridagi Farg’ona siyosiy jarayonlarni yoritib berish;
 Qoʻqon xonligining ma’muriy, hududiy boshqaruv tizimi, shaharlar va aholisi siyosiy taraqqiyotini tadqiq etish;
 O‘rta asrlarda Farg‘ona vodiysidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni kuzatish;
 Farg’ona Shaharlarning ijtimoiy-madaniy markaz sifatidagi tadqiq etish.
Mazkur ishda ilk marotaba yozma va arxeologik manbalar asosida Farg‘ona vodiysining o‘rta asrlar tarixi tizimli va kompleks tarzda maxsus o‘rganilmoqda.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Mustaqillik sharoitida jamiyat a‘zolarini erkin, demokratik tafakkur va milliy g‘oya ruhida tarbiyalash vazifalarini bajarishda tarix fanining ahamiyati ortib bormoqda. Milliy istiqlol yillarida Vatanimiz tarixini haqqoniy, ilmiy asosda o‘rganish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi va O‘zbekiston tarixining ko‘pgina masalalari o‘zining yangi, ilmiy jihatdan xolis va haqqoniy yechimini topa boshladi. Chunki, respublikamizning birinchi Prezidenti Islom Karimov ta‘kidlab o‘tganidek, «O‘z tarixini bilmagan jamiyat istiqbolga eltuvchi yo‘lni topa olmaydi. Tarixga bepisand xalqning kelajagi yo‘q
Mavzuni o‘rganishda o'rta asrlarda musulmon Sharqida yaratilgan asarlar manba bo‘lib xizmat qilgan. Jumladan, Abu Bakr Narshaxiyning ―Buxoro tarixi‖, Al-Balazuriyning ―Kitob futuh al-buldon‖, Ibn Xurdodbehning ―Kitob masolik al-mamolik‖, Tabariyning ―Tarix ar- rusul va-l-muluk‖, Is‘hoqxon Junaydullohxo‘ja o‘g‘li Ibratning ―Farg‘ona tarixi‖, Ibn Xavqalning. ―Kitab surat ularz‖ asarining o‘zbek va rus tillaridagi nashridan, Ibn al-Asirning ―Al-kamil fi-tTa‘rix‖, Abu-l-Fadl ibn Muxammad Djamal ad-Din Qarshiyning. ―Mulkahat assurox‖ asarlaridan foydalanildi. Shu bilan birga mazkur asarlar bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ham mavzuni o‘rganishga jalb etildi.

Download 153.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling