Farg’ona tarixi
Download 80.49 Kb.
|
Ibratning “ Farg’ona tarixi ” asari manba sifatida
- Bu sahifa navigatsiya:
- II Bob. “Farg’ona Tarixi ” asarining badiiyati 2.
- Xulosa
Ibratning “ Farg’ona tarixi ” asari manba sifatida MUNDARIJA KIRISH………………………………………………………………………...….2 I Bob. Ishoqxon Ibrat atoqli ma’rifatparvar adib va tarixnavis Ibratning madaniyat va ma’rifat bobidagi faoliyati...……………………….6 Ibratning pedagogik faoliyatidagi yangiliklar................................................10 Ibrat – lirik shoir........................................…………………………………11 Tarixnavislikka bir nazar…………………………………………………...15 II Bob. “Farg’ona Tarixi ” asarining badiiyati 2.1. “Farg’ona Tarixi ” asarining yaratilishi, tuzilishi va mavzular olami………..20 2.2. .Asarda Farg’ona vodiysi va yirik shaharlar tasviri..........................................27 2.3. Tarixiy shaxslar va hukmdorlar obrazi – qiyofalari talqinida badiiylik unsurlari....................................................................................................30 2.4. “Farg’ona Tarixi ” asarining badiiy xususiyatlari……………………………45 Xulosa…………………………………….............................................................48 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati….....................………………………........50 Kirish Kurs ishining dolzarbligi. XX asr o’zbek xalqi ijtimoiy- siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayotida buyuk o’zgarishlar, istiqlol, milliy mustaqillik uchun kurash asri bo’lib kirib kelgani barchamizga ayon. Shu davrda xalq hayoti va uning kelajagi uchun qayg’uradigan istiqlol fidoyilari avlodi yetishib chiqqan edi. Bu haqiqatlar esa avlodlardan yashirilib, yolg’on va bo’htonlar bilan qorishtirildi. Rus mustamlakasi davrida xalqimizning ma’naviyati, uning o’tmishida sodir bo’lgan voqealarni bayon etgan ajoyib farzandlari faoliyati hamisha noto’g’ri talqin etib kelindi. Mustaqillikka erishilgach, bu yolg’onlarning bariga chek qo’yildi.Vatan, millat, xalq taqdiri uchun o’z jonini qurbon etgan yurtning chinakam farzandlari nomini tiklash, ularning faoliyatini o’rganish, yozgan asarlarini tadqiq etish dolzarb muammoga aylandi. Bu borada, ayniqsa, tarixchi va adabiyotshunos olimlar zimmasiga qator masalalarni hal etish vazifasi yuklatildi. Zero, Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Madomiki, o’z tarixini bilgan,undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo’lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur”.1 XX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy va adabiy hayotda o’z o’rni va mavqeiga ega bo’lgan shaxslardan biri Ishoqxon to’ra Ibrat edi. Uning hayoti va faoliyatini o’rganar ekanmiz, Ibrat hayoti haqiqiy Ibrat maktabi bo’lganiga amin bo’lamiz. Uning serqirra ijodi, ayniqsa, “Farg’ona Tarixi ” asarini g’oyaviy-badiiy jihatdan o’rganish ilmdagi dolzarb masalalardan hisoblanadi. Ibrat va uning “Farg’ona Tarixi ” asarini tahlil etish bizga birinchidan, o’z tariximiz, millat hayoti, ayniqsa Farg’ona viloyati, uning tarixi, kelib chiqishi va XX asr boshlaridagi siyosiy-ijtimoiy hayotiga oid qiziqarli, hali biz uchun noma’lum voqealarni bilib olish imkonini beradi. Ikkinchidan esa, Ishoqxon Ibratning ijodkorlik salohiyati, uning badiiy so’zga munosabati masalasini oydinlashtirishga xizmat qiladi. Bu jihatlar esa ishning dolzarbligini belgilaydi. Demak, mavzuning dolzarb jihatlari milliy uyg`onish davri adabiyoti vakili Ishoqxon Ibratning ijodiy faoliyati, ilmiy izlanishlari va “Farg’ona Tarixi ” asarining g`oyaviy-badiiy mundarijasini yoritish, voqealar rivojini tadqiq qilishdan iborat. Download 80.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling