Farg’ona tarixi


Tarixnavislikka bir nazar


Download 80.49 Kb.
bet7/12
Sana19.06.2023
Hajmi80.49 Kb.
#1625910
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Ibratning “ Farg’ona tarixi ” asari manba sifatida

1.4. Tarixnavislikka bir nazar
Mumtoz adabiyotimizda ikki janrning nomi “ta’rix” istilohi yordamida ifodalanadi. Birinchisi – biror tarixiy voqeaning sanasini abjad hisobi yordamida aks ettiruvchi kichik she’riy asar, ikkinchisi – tarixiy voqealarni epik yo’l bilan hikoya qilib beruvchi yirik asar. Shu an’anaga ko’ra biz tarixnavislikka oid asarlarni “tarix” istilohi yordamida ifodalaymiz.
Ma’lumki, Sharq yozma madaniyatidagi tarixlarni qaysi davrlarni aks ettirishiga, shunga bog’liq ravishda ishonchlilik va yangilik darajasiga ko’ra ikki katta guruhga ajratish mumkin. Filologiya fanlari doktori, professor Botirxon Valixo’jaev tarixlarni shu nuqtai nazardan ko’zdan kechirib, ularni tarixiy – zamonaviy va zamonaviy tarixlar deb ikki guruhga ajratgan (10,21). Sharq tarixnavisligida shakllangan bu an’ana XVII asrdan XX asr boshlarigacha bo’lgan davrda ham davom ettirildi.
Tarixiy – zamonaviy, ya’ni o’tmish voqealarini o’zida mujassamlashtirgan tarixiy asarlarga Abulg’ozi Bahodirxonning “Shajarai turk” va “Shajarai tarokima” asarlari, Roqim Samarqandiyning Mullo Sharafiddin A’lam Oxund asari asosida yaratilgan “Tavorixi kasira” asarlari misol bo’la oladi. Ularning uchalasi ham XVII asrda yaratilgan. Abulg’ozi Bahodirxon asarlarida tarix Odam Ato yaratilgan davrdan boshlab hikoya qilib kelinsa, Roqim Samarqandiy asari XV-XVII asrlar tarixidan hikoya qiladi.
Abulqosim Shomirzoning “Natoyijul – fikr”, Mirmuhammad Amin Buxoriyning “Ubaydullonoma”, Muhammad Yusuf Munshiyning “Tarixi Muqimxoniy”, Hakimxon to’raning “Muntaxabut – tavorix” asarlari zamonaviy tarixni aks ettirishga bag’ishlangan. Bu ro’yxatni yana davom ettirish mumkin.
Tarixnavislikning yana bir xususiyatlaridan biri XV-XVII asrlardan XX asrgacha bo’lgan davrlardagi yozma madaniyatning asosan ikki tilli madaniyat bo’lganligidir. Tarix janrida Munis, Ogahiy va Abulg’ozi Bahodirxonning qalamiga mansub asarlar eski o’zbek tilida, boshqa ko’plab tarixiy asarlar fors-tojik tilida yaratilganligini ko’rishimiz mumkin.
Davr tarixnavisligiga xos uchinchi xususiyat shu guruhga mansub asarlarning adabiy – lisoniy shakli bilan bog’liq. Ularning katta qismi nasriy shaklda yozilgan bo’lsada, ayrimlari she’riy shaklda yaratilgan. She’riy tarixlar yozma madaniyatimiz uchun yangilik emas edi. Masalan, Muhammad Solihning “Shayboniynoma” asari adabiyotshunosligimizda “jangnoma xarakteridagi tarixiy doston” deb yuritilsa-da, qaysidir ma’noda u she’riy tarixdir. Odatda nasriy shaklda ilmiy, diniy va tarixiy asarlarni she’riy shaklda bayon qilish hollari Sharq madaniyatida ham, G’arb madaniyatida ham ko’zga tashlanib turadi. Masalan, Ibn Sino o’zining “Urjuza” asarini, Bualo “She’riy san’at” traktatini (risolasini) she’riy shaklda yaratgan.
XVII asrdan XX asr boshlarigacha bo’lgan davrda Turkiston hududida yaratilgan tarixlarda yaratiladigan bu an’ana nisbatankengroq tarqaldi, desak, xato bo’lmasa kerak. Suhayloning “Imomqulinoma” asari she’riy tarixlarning yorqin misoli bo’la oladi.8
Tarixnavislikning to’rtinchi xususiyati tarixlarda janrlar masalasidir. Tarix janri doirasidagi janrlar sintezini Abulg’ozi Bahodirxonning “Shajarai turk” va “Shajarai tarokima” asarlarida ko’rishimiz mumkin.Ularda an’anaviyt tarixlarga xos xususiyatlar Sharq nasrining alohida janri sifatida o’rganilishi mumkin bo’lgan tarjima holning xususiyatlari bilan uyg’unlashib kelgan. Fikrimizni sal kengroq tushuntirish ucnun shuni aytib o’tishimiz mumkinki, ko’plab G’arb sharqshunoslari tomonidan “Temur tuzuklari” Amir Temurning, “Boburnoma” esa Zahiriddin Muhammad Boburning avtobiografiyasi yoki tarjimai holi sifatida ta’riflangan. Abulg’ozi Bahodirxon esa tarixiy asarlar, rivoyat va hikoyatlar orqali etib kelgan uzoq o’tmish haqidagi ma’lumotlarni o’z shaxsiy hayotining, o’z ijtimoiy – siyosiy faoliyatining turli tomonlari haqidagi ma’lumotlarga ulab yuborilgan.
Tarixnavislikdagi beshinchi xususiyat shundaki, bu davrda vujudga kelgan tarixlarning asosiy qismi ham qandaydir bir muallif tomonidan yaratilgan, albatta. Lekin bu davrda bir necha muallif yoki mualliflar jamoasi tomonidan yaratilgan tarixlar ham vujudga keladi. Tarix janrida kollektiv asarlar yaratilmagan bo’lsa-da, har holda ikki muallifning hissasi qo’shilgan yodgorliklar topiladi. Masalan, Roqim Samarqandiyning “Tarixi kasira” asari aslida Mullo Sharafiddin A’lam Oxund Samarqandiy tomonidan yaratilgan yirik tarixiy asarning qisqartirilgan nusxasidir. Zero, asar nomining o’zi ham “Qisqacha tarix” degan ma’noni bildiradi.9
Abulg’ozi Bahodirxon qalamiga mansub deb yuritilgan “Shajarai turk” asari ham aslida kollektiv ijod mahsulidir. Muallif uning 7,8 – boblarini va 9 – bobining bir qismini yozib ulgurgan, xolos. 1-6 – boblar va 9 – bobning davomi muallifning o’g’li va valiahdi Anushaxonning topshirig’I bilan Mahmud ibn mullo Muhammad Urganjiy degan ulamo tomonidan yozilgan. Bu ma’lumot asarning o’zida qayd etib o’tilgan: “Ma’lum bo’lsinkim, Abulg’ozixon bu kitobni tasnif qilib yarmiga etganda, xasta bo’ldilar, o’g’illariga vasiyat qilibtururlarkim, bu kitobni notamom qo’ymang, itmomiga sa’y (harakat) qiling. Ul sababdin Abulmuzaffar valmansur Anushaxon ibn Abulg’ozixoni marhum va mag’furiy, bu bandai bebizoat va kaminayi beistitoat Mahmudiy ibn mulla Muhammadzamon Urganjiy bo’lgaymen, “bu kitobni itmomiga etkur”, deb hukm qildilar” .10
Ma’lumki, Shermuhammad Munis Eltuzarxon buyrug’iga binoan “Firdavsul – iqbol” deb atalgan tarixiy asarni yozishga kirishgan. Muallif uning muqaddimasi va ayrim boblarini yozib ulgurgan, xolos. 1812 yildan keyingi voqealar esa shoirning shogirdi va jiyani Muhammadrizo Ogahiy tomonidan davom ettirilgan.
Davr tarixnavisligiga xos navbatdagi xususiyat bevosita tarixiy sharoit bilan bog’liq. Ma’lum zamonlarda Turkiston yoki Turon degan umumiy nom ostida yuritilgan o’lka uch xonlikka bo’linib ketganligi biz kuzatayotgan janrlardagi asarlarda ham o’z aksini topgan. Bu hol tarixiy asarlarda yanada yorqinroq tarzda namoyon bo’lgan. “Natoyijul – fikr” Abulqosim Shohmirzo, “Ubaydullonoma” Muhammad Amin Buxoriy, “Tarixi Muqimxoniy” Muhammad Yusuf Munshiy asarlari – Buxoro amirligi, “Firdavsul – iqbol”, “Riyozud – davla”, “Zubdatut – tavorix”, “Jome’ul – voqeoti Sultoniy”, “Gulshani davlat”, “Iqboli Firuziy” asarlari – Xiva xonligi, “Muntaxabut – tavorix” Hakimxon To’ra, “Shohnomai nusratpayom” Mushrif Isfaragiy, “Farg’ona Tarixi ” Ishoqxon Ibrat asarlari esa Qo’qon xonligi tarixining u yoki bu davrlarini aks ettirishga bag’ishlangan.
Tarixiy asarlarda faqat xonliklar emas, balki muayyan sinflar manfaati aks etganligini ham ko’ramizki, bu haqda V.Abdullaevning “O’zbek adabiyoti tarixi” darsligida ham keng o’rin berilgan.
Davr tarixnavisligiga xos keyingi xususiyat shundan iboratki, ularda xususiylashish jarayoni ko’zga tashlandi.
Xususiy tarixlar, ya’ni Qo’qon xonligi tarixining u yoki bu davrlarini aks ettirishga bag’ishlangan.lar oldin ham yaratilgan. Lekin, bari bir, bu ham tarixnavislikdagi e’tiborga molik hodisadir.Biz ko’zdan kechirayotgan davrda yaratilgan xuddi shunday tarixlarga Mullo Xo’ja G’ayurning “Omadani Muhammad Rahimbiy otaliq ba viloyati Kesh” “Muhammad Rahimbiy otaliqning Kesh viloyatiga kelishi yoki yurishi” asari misol bo’la oladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, XVII asrdan XX asr ibtidosigacha bo’lgan davr adabiyoti XV – XVI asrlar adabiyotiga nisbatan kambag’alroq bo’lsa-da, tarixlarda bu holning teskarisini ko’ramiz. Tarixlarda mavjud an’analarni davom ettirish bilan birga o’ziga xos yangiliklar mavjudligini ham ko’rib chiqdik.

Download 80.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling