Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llarining ashulla bo‘limini kelib chiqishi


Download 63.78 Kb.
bet3/5
Sana01.03.2023
Hajmi63.78 Kb.
#1238966
1   2   3   4   5
Bog'liq
Farg\'ona-Toshkent maqom turkumlari(Allaberdiyeva Guloyim Shamuratovna)

FARGʻONA-TOSHKENT MAQOM YOʻLLARI — Toshkent va Fargʻona vodiysi (Qoʻqon, Namangan, Andijon, Fargʻona, Margʻilon, Quva va b.) musiqa amaliyotida yuzaga kelgan maqom namunalarining umumlashma nomi. Shashmaqom va Xorazm matsomlaripxya farqli oʻlaroq alohidaalohida cholgʻu va ashula yoʻllaridan iborat. Jumladan, cholgʻu yoʻllari «Nasrullo I—V», «Munojot 1—V», «Ajam va taronalari», «Miskin I—V», «Segoh I — III», «Sayqal I— II», «Mirzadavlat I—II», «Choʻli Iroq», «Chorgoh», «Surnay Iroqi», «Surnay Dugohi» «Surnay Ushshogʻi» kabilar mashhur. Ashula yoʻllari alohida bir qismli («Segoh, «Toshkent» irogʻi» kabi) namunalardan tortib keng koʻlamli turkumlardan tashkil topgan. Ayniqsa, besh qismli «Chorgoh», «Bayot», «Bayoti Sheroziy», «Gulyor—Shahnoz» va yetti qismli «Dugoh — Husayn» ashula yoʻllari ommalashgan. Ular mumtoz sheʼriyat (Sakkokiy, Navoiy, Bobur, Uvaysiy, Furqat, Muqimiy va b.) namunalari asosida oʻqiladi. 
Fargʻona—Toshkent maqom turkumlarining qismlari raqamlar vositasida ajratiladi (mas, «Miskin I», «Miskin II», «Bayot I»). Ayrim hollarda tarkibiy qismlarning maxsus nomlari ham uchraydi. Jumladan, «Miskin» cholgu turkumining III kismi «Adoiy», IV qismi «Asiriy», «Nasrullo»ning II qismi «Chavandoz», III qismi «Qashqarcha», IV qismi «Tarona», V qismi «Ufar» deb nomlanadi. Shuningdek, Fargʻona-toshkent maqom yoʻllari —T. m. y. ning cholgʻu kuylarining ayrimlariga nisbatan «Mashq» atamasini qoʻllash odati mavjud (mas, «Mashqi Chorgoh», «Mashqi Dugoh—Husayn» va h. k.). 
Fargʻona-toshkent maqom yoʻllari —T. m. y. larining shakllanish ildizlari oʻrta asrlarda mashhur boʻlgan Oʻn ikki maqom tizimi va undan ham oldinroq mavjud turkumli asarlarga borib taqaladi. «Yoʻllari» atamasi ham shunga ishora etadi. Zero «maqom» atamasidan avvalroq musiqa ilmi amaliyotida «yoʻl» maʼnosidagi «roh», «tariqa», «ravashin» kabi tushunchalar keng qoʻllanib kelingan. Shashmaqomdan fark/sh ravishda F, — T. m. y. nafaqat xon saroylarida, balki xalq hayoti bilan bogʻliq turli vaziyat va sharoitlarda ham mudom ijro etilgan. Mas, surnay yoʻllari xalq tomosha va bayramlarida, dorbozlar oʻyini va toʻy bazmlarida, dutor, tanbur, gʻijjak ijrolari hamda ashula yoʻllari uy sharoitlarida oʻtkaziladigan turli yigʻin va majlislarda namoyon boʻlgan. Ayni paytda, bu maqomlarda Fargʻona—Toshkent musiqa uslubiga xos yalla, ashula, katta ashula janrlarining xususiyatlari oʻz aksini topgan. Bu holat ularning musiqiy tili xalqchil va nisbatan ommaviy  
ekanligi, xalq orasida mashhur boʻlishi sabablaridan biridir. 
Fargʻona-toshkent maqom yoʻllari —T. m. y. ijrochilari mazkur anʼanani odatda mashhur ustozlardan oʻrganishgan. Shu tarzda bu maqomlarni bizga yetkazib bergan taniqli talqinchilar qatorida Abduqodir naychi, Ahmadjon qoʻshnay, A. Yusupov (surnay), Shobarot tanburchi, A. Abdullayev (tanbur), M. Najmiddinov (dutor, tanbur), K. Jabborov (gʻijjak, dutor), S. Kalonov (nay), Faxriddin Sodiqov (chang, dutor), Gʻ. Toshmatov (gʻijjak), T. Alimatov (tanbur, dutor), hofizlar — Sh. Shoumarov, Toʻychi hofiz, Shojalil hofiz, Ilhom hofiz, Sodirxon hofiz, Rajabiylar, Rasulqori Mamadaliyev kabi ustoz sanʼatkorlarning xizmatlari katta. Bastakorlardan T. Jalilov, O. Hotamov, F. Mamadaliyev, soʻnggi yillarda A. Ismoilovlar Fargʻona-toshkent maqom yoʻllari —T. m. y. anʼanalarida turkumli va alohida ijro etiluvchi asarlar yaratishgan. 
2.1. Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llarining ashulla bo‘limini kelib chiqishi. 
O'zbek mumtoz musiqasida «Farg'ona-Toshkent maqomlari yoki « Farg'ona-Toshkent maqom yo'llari» maqomchilik san'atining yana bir asosiy turkumini tashkil etadi. Farg'ona vodiysida XIX-XX asrlarda
turkumli va turkumsiz ashula va cholg'u maqom yo'llari keng tarqalgan bo'lib, ular voha mumtoz musiqa merosida yetakcni o'rinlarni egallab, mahalliy ijrochilik an'analari bilan sug'onlgan. Katta va kichik turkumga ega bo'lgan Farg'ona-Toshkent maqom ashula va cholg'u yo'llari «Shashmaqom» tarkibidagi bir qator sho’ba (s'araxbor, savt), shoxobcha (qashqarcha, soqiynoma) va turkumlarga yaqindir (ulaming kuy harakati, shakli, usullariga o'xshash). Farg'ona-Toshkent maqomlari va maqom yo'llari 2, 3, 5 va 7 qismli turkumlarni tashkil etadi. Ularning har biri ma'lum shoxobchalarga ega hamda sonlar vositasi bilan bir-biridan ajratiladi. Farg'ona-Toshkent maqomlari orasida yirik ashula turkumlari: Bayot I—V, Chorgoh I—V, Gulyor-Shahnoz, Dugoh-Husayniy I—VII (ularning har bir qismi umumtartib soni raqamlari bilan belgilanadi, Gulyor-Shahnoz maqomidan tashqari), masalan, Bayot I, Bayot II, Bayot III, Bayot IV, Bayot V. Yirik maqom cholg'u yo'llari orasida turkumli (yakkasoz yoki cholg'u ansambli ijrosida); Chorgoh I—V; Miskin I—VII, Nasrulloyi I—III, Navro'zi ajam taronalari I—III; Hojiniyoz 1—II, surnay maqom yo'llari va b. Bulardan tashqari, alohida ashula va cholg'u maqom asarlari hamda yetuk sozanda va bastakorlar tomonidan Farg'ona vodiysiga xos bo'lgan ashula, katta ashula va cholg'u yo'llari asosida «Shashmaqom»ning sho"ba va shoxobchalari mutanosibligida yuzaga kelgan. Masalan, Yovvoyi Chorgoh, Yovvoyi Ushshoq, Yovvoyi tanovar (ashula va cholg'u yo'llari), Cho'li Iroq, Toshkent Irog'i, Qo'qon Irog'i, Samarqand yoki Hoji Abdulaziz ushshog'i, Toshkent yoki Mulla To'ychi ushshog'i, Xo'jand yoki Sodirxon hofiz ushshog'i va boshqalar. 
Farg'ona-Toshkent maqomlari «Shashmaqom» ashula bo'limining sho"ba, shoxobcha va taronalarining ohang, usul va shakllari tarkibida shakllangan va ashula yo'lining harakati asosida rivoj topgan. Birinchi qism — Saraxbor negizida, ikkinchi qism — uning taronasi yoki nasr asosida, uchinchi qism — savt, to'rtinchi qism - qashqarcha va beshinchi qism — soqiynoma yoki ufar asosida. Bayot, Chorgoh va Dugoh-Husayniy maqomlari «Shashmaqom»ning shu nomlar bilan atalgan sho"balari («Navo» va «Dugoh» maqomlari) asosida yaratilgan bo'lib, Gulyor-Shahnoz esa turli maqom sho"balari («Segoh» va «Rost» maqomlari) asosida yuzaga kelgan (ushbu maqomning beshta qismi o'z nomiga ega: Gulyor, Shahnoz, Chapandozi Gulyor, Ushshoqva Ufari Gulyor deb ataladi). Gulyor-Shahnoz maqomi o'ztuzilishi jihatidan boshqa turkumlardan tubdan farq qiladi. Lekin Gulyor-Shahnozning shoxobchalari mazmunan va usluban ancha murakkab, original ashula maqom yo'llaridir. Ular jozibali, yoqimli ham ta'sirchan ohanglarga boy. «Chorgoh» maqom turkumi besh qismli bo'lib, «Shashmaqom»ning Dugoh maqomi sho"balari asosida yaratilgan. Chorgoh 1 o'zining ulug'vorligi, yoqimliligi bilan Dugoh saraxbori kuy shakli sifatida yuzaga kelgan; lekin kuy rivoji qisqartirilgan va unga ma'lum o'zgarishlar kiritilgan. Daromaddan avjga (Muhayyari Chorgoh namudi saqlangan) kuy yo'nalishi va harakati saraxborga o'xshash (doyra usuli, sur'ati, she'r vazni saqlangan). Chorgoh 2 tarona uslubida Chorgoh savti variantidir. Chorgoh 3 — Chorgoh savtisi asosida aytiladi, ammo uning doyra usuli va shakli soddalashtirilgan. Chorgoh 4 — Chorgoh savti qashqarchasi ko'rinishida bo'lib, kuy mavzui, shakli va doyra usuli saqlangan. Chorgoh 5 — ufor doyra usulida bo'lib, uning sur'ati ancha sustlashtirilgan.  
Lekin ijro uslubi o'ziga xosligi bilan xarakterlanadi. Chorgoh maqomi turkumi vodiy ijro uslubiga moslashtirilgan holda «Shashmaqom» sho"balaridan qisqartirib olingan (kuy harakati va rivoji, xanglar ishlatilmasligi, avjlar qisqartirilishi yoki umuman tushirib qoldirilishi, usul variantlari qo'llanishi bilan ravshan bo'ladi). Farg'ona-Toshkent maqomlari an'anaviy ijrochiligida keng tarqalgan bo'lib, o'zbek bastakorlari tomonidan ularning yangi variantlari yuzaga kelgan, jumladan Chorgoh YI (ufar uslubida) va Dugoh Husayniy VII—VIII (uforva suporish shakllarida) Yunus Rajabiy ijodiga mansub. So'nggi yillarda Farg'ona-Toshkent maqomlarining o'zbek bastakorlari tomonidan yangidan-yangi variantlari yaratilishi, ushbu maqomlarning yanada rivojlanishida alohida ahamiyatga ega bo'ldi. Jumladan, besh qismli Nasrulloyi (ashula va cholg'u) turkumi; Miskin cholg'u turkumi asosida Miskin ashula turkumi (yetti qismli), Ushshoq asosida «Qadimgi ushshoq», «Zikri ushshoq», «Umrzoq Polvon ushshog'i» va boshqa asarlar taniqli xonanda va bastakor Fattohxon Mamadaliyev tomonidan ijro etilgan. Bulardan tashqari, xalq orasida Rasulqori ushshog'i, Orifxon ushshog'i, Fattohxon ushshog'i kabi asarlar ham keng tarqalgan. Farg'ona-Toshkent maqomlarini targ'ib etishda Hoji Abdulazaz Abdurasulov, Sodirxon hofiz Bobosharipov, Yunus Rajabiy, Abduqodir Ismoilov, Jo'raxon Sultonov, Ma'murjon Uzoqov, Imomjon Ikromov, Orifxon Hotamov, Rasulqori Mamadaliyev, Ochilxon Otaxonov, Abduhoshim Ismoilov, Mahmudjon Tojiboyev va boshqalar maqom yo'llarini yanada boyitish, yangi namunalarni ijod etishga katta hissa qo'shganlar. 

Download 63.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling