Adliya bo‘limi boshlig‘i B.Toxirjonov
Ijrochi : A.Anvarov
Tel: (73)353-11-88
2022-yil 17-yanvar 3/21-son
|
Farg‘ona tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi direktori O.Mirzajonovga
|
Farg‘ona tuman adliya bo‘limi tomonidan Farg‘ona tumani, Tinchlik MFY, Xurram ko‘chasi, 17-uyda yashovchi fuqaro Isroilov Xayotjon Sobirovichning murojaati o‘rganilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3666-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, adliya organlari tekshirish o‘tkazish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘rganish, shuningdek Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash uchun vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, ilmiy va ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar vakillarini chaqirish va jalb etishi belgilangan.
Shu sababli, Sizdan fuqaro Isroilov Xayotjon Sobirovichning Farg‘ona tumani 10.02.1992-yildan 13.04.1994-yilga qadar “Tibbiy birlashma”da 13.04.1994-yildan 03.09.1994-yilga qadar “Matlubot savdo”da, 04.09.1994-yildan 15.05.1995-yilga qadar “Matlubot savdo”da 17.12.1997-yildan 30.06.1998-yilga qadar “Ittifoq jamoa xo`jaligi’da 03.08.1998-yildan 01.02.2008-yilga qadar “Tuman uy-joy xizmat”da 09.04.2010 yildan 12.04.2011-yilga qadar “Tuman XTBga qarashli yosh sayohatchilar va o`lkashunoslar to`garagida” ishlagan mehnat davrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 11 sentyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-sonli qonunining 24-moddasi talablaridan kelib chiqqan holda joriy yilning 21 yanvar soat 10:00ga qadar Farg‘ona tuman adliya bo‘limiga batafsil ma’lumot taqdim etishingizni so‘rayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |