Farg‘ona tumani, Maydon mfy maydon ko‘chasida yashovchi fuqaro Qo`ziboyeva Oygul Soliyevnaga


Farg‘ona viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari N.Polvonovga


Download 0.83 Mb.
bet93/104
Sana14.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1198761
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   104
Bog'liq
1.Хат мурожаатлар юзасидан

Farg‘ona viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari N.Polvonovga

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3666-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, adliya organlari tekshirish o‘tkazish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘rganish, shuningdek Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash uchun vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, ilmiy va ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar vakillarini chaqirish va jalb etishi belgilangan.
Farg‘ona tuman adliya bo‘limi tomonidan Farg‘ona tumani Mindonobod MFY Mustaqillik shukronasi ko‘chasi 16-uy 1-xonadonda yashovchi fuqaro Kasimova Nodira Nusratullayevnaning 15 851 000 so‘m daromad solig‘i hisoblanganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganilmoqda.
Shu bois, Sizdan fuqaro Kasimova Nodira Nusratullayevnaga 15 851 000 so‘m daromad solig‘i hisoblanishi uchun asos bo‘lgan barcha hujjatlarni ilova qilgan holda joriy yilning 13-dekabr kuni soat 10-00ga qadar tuman adliya bo‘limiga batafsil ma’lumot taqdim etishingizni so‘rayman.
Ilova: 2 varoqdan iborat.
Adliya bo‘limi boshlig‘i v.v.b A.Anvarov




2021-yil 9-dekabr 4/3-3/331-son




Farg‘ona tumani, Log‘on MFY Gulpuyon ko‘chasi 61-uyda yashovchi fuqaro Burxonova Barchinoy Najmidinovnaga

Farg‘ona tuman adliya bo‘limi tomonidan, Sizning 2021-yil 24-noyabrdagi yoshga doir pensiya tayinlash yuzasidan qilgan murojaatingiz vakolat doirasida o‘rganildi.


Murojaatni qonuniy xal etish maqsadida, tuman adliya bo‘limi tomonidan Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Farg‘ona tuman bo‘limiga tegishli tartibda so‘rov xatlari kiritish orqali, murojaatingiz o‘rganib chiqildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonuni 8-moddasiga ko‘ra, fuqarolarning pensiya tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar kamida 7 yil ish staji mavjud bo‘lgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi.
O‘rganishga ko‘ra, 2020-yil 18-iyunda Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Farg‘ona tuman bo‘limiga yozma murojaat etilganligi, arizaga ilova qilingan hujjatlarga asosan Sizning umumiy ish stajingiz (bola parvarishidan tashqari) 4 yil 2 oy 7 kunni tashkil etilganligi bois bo’limning pensiya va nafaqalar tayinlash Komissiyasining 2020-yil 19-iyundagi 1082-son Qarori bilan yoshga doir pensiya olish huquqi yo‘qligi sababli Qonunning 8-moddasiga asosan pensiya tayinlash rad etilganligi ma’lum bo‘ldi.
Shu bois, Sizning umumiy ish stajingiz 7 yildan kam bo‘lganligi sababli, hozirda Sizga yoshga doir pensiya tayinlash imkoni mavjud emas.
Biroq, O‘zbekiston Respublik asi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 107-son qaroriga asosan 60 yoshdan yoshga doir nafaqa olish huquqi mavjudligini ma’lum qilamiz.
Murojaatingizni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha 2017-yil 11-sentyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-sonli qonuni talablariga ko‘ra, Sizga yuborilgan javob xatidan norozi bo‘lsangiz, belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga murojaat qilishingiz mumkinligi tushuntiriladi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling