Adliya bo‘limi boshlig‘i v.v.b A.Anvarov
2021-yil 9-dekabr 4/3-3/335-son
|
|
Farg‘ona tumani, O‘rta shura MFY O‘rta shura ko‘chasi 89-uyda yashovchi fuqaro Akbarov Anvarga
|
Farg‘ona tuman adliya bo‘limi tomonidan, Sizning ishga joylashishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaatingiz vakolat doirasida o‘rganildi.
Xususan, murojaatni qonuniy xal etish maqsadida, tuman adliya bo‘limi tomonidan Farg‘ona tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga tegishli tartibda so‘rov xati kiritish orqali o‘rganildi.
O‘rganish jarayoniga ko‘ra, Sizga Farg‘ona tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan Farg‘ona tumanidagi mavjud 3 ta bo‘sh o‘rinlari taklif etilgan bo‘lsada ushbu ish o‘rinlarida ishlashni rad etgansiz.
Yuqoridagilarga ko‘ra, kelgusida taklif etilgan ish o‘rinlarida mehnat qilish istagingiz bo‘lgan taqdirda bevosita tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga murojaat etishingiz mumkin bo‘ladi.
Murojaatingizni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha 2017-yil 11-sentyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-sonli qonuni talablariga ko‘ra, Sizga yuborilgan javob xatidan norozi bo‘lsangiz, belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga murojaat qilishingiz mumkinligi tushuntiriladi.
Adliya bo‘limi boshlig‘i v.v.b A.Anvarov
2021-yil 9-dekabr 4/3-3/332-son
|
|
Farg‘ona tumani, Vodil MFY Peshvozov ko‘chasi 10-uy 20-honadonda yashovchi fuqaro Xudayberganova Dilafruzga
|
Farg‘ona tuman adliya bo‘limi tomonidan, Sizning joriy yil 22-mayda Baxodir Log‘on MCHJdan o‘z xohishingizga ko‘ra ishdan bo‘shab ketgan bo‘lsangizda xanuzga qadar Yagona Milliy Mexnat tizimiga ishdan bo‘shaganligingiz to‘g‘risida ma'lumot kiritilmay kelinayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaatingiz vakolat doirasida o‘rganildi.
Xususan, murojaatni qonuniy xal etish maqsadida, tuman adliya bo‘limi tomonidan Farg‘ona tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga tegishli tartibda so‘rov xatlari kiritish orqali, murojaatingiz qanoatlantirilib Yagona Milliy Mexnat tizimiga ishdan bo‘shaganligingiz to‘g‘risidagi ma'lumotlar kiritilishi ta'minlandi.
Murojaatingizni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha 2017-yil 11-sentyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-sonli qonuni talablariga ko‘ra, Sizga yuborilgan javob xatidan norozi bo‘lsangiz, belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga murojaat qilishingiz mumkinligi tushuntiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |