Adliya bo‘limi boshlig‘i B.Toxirjonov
2021 yil 3-dekabr 4/3-3/337-son
|
|
Farg‘ona tumani aholi bandligiga ko‘maklashish markazi rahbari U.Sheralievga
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3666-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, adliya organlari tekshirish o‘tkazish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘rganish, shuningdek Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash uchun vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, ilmiy va ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar vakillarini chaqirish va jalb etishi belgilangan.
Farg‘ona tuman adliya bo‘limi tomonidan Farg‘ona tumani, Obod MFY Ko‘ktosh ko‘chasi 47-uyda yashovchi fuqaro Yusupova Lolaxonning joriy yilning avgust, sentabr, oktabr oylarida tuman Obod MFYda Aholi bandligiga ko‘maklashish markazining yordamchi inspektori lavozimida ishlagan mehnat davirlari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan ish xaqi to‘lab berilmay kelinayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganilmoqda.
Shu bois, Sizdan Yusupova Lolaxonning tuman Obod MFYda Aholi bandligiga ko‘maklashish markazining yordamchi inspektori lavozimida ishlagan mehnat davirlari, to‘langan va to‘lanmayqolgan ish xaqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda murojaatga doir tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda joriy yilning 6-dekabr kuni soat 10-00ga qadar tuman adliya bo‘limiga batafsil ma’lumot taqdim etishingizni so‘rayman.
Adliya bo‘limi boshlig‘i B.Toxirjonov
Ijrochi : A.Anvarov
Tel: (73)353-11-88
2021-yil 2-dekabr 4/3-5/15-son
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |