Adliya bo‘limi boshlig‘i B.Toxirjonov
Ijrochi : A.Anvarov
Tel: (73)353-11-88
2021-yil 2-dekabr 4/3-3/334-son
|
|
Farg‘ona tumani, Bo‘ston MFY Bo‘ston ko‘chasi 152-uyda yashovchi fuqaro O‘rinboyeva Madinaga
|
Farg‘ona tuman adliya bo‘limi tomonidan, Sizning 2021-yilning avgust, sentabr, oktabr oylarida tuman Bo‘ston MFYda Aholi bandligiga ko‘maklashish markazining yordamchi inspektori lavozimida ishlagan mehnat davirlari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan ish xaqi to‘lab berilmay kelinayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaatingiz vakolat doirasida o‘rganildi.
Xususan, murojaatni qonuniy xal etish maqsadida, tuman adliya bo‘limi tomonidan Farg‘ona tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga tegishli tartibda so‘rov xatlari kiritish orqali, tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazining joriy yilning 1-dekabrdagi 1284400921-sonli to‘lov topshiriqnomasiga asosan Sizning, 2021-yil avgust, sentabr, oktabr oylar uchun hisoblangan lekin to‘lanmay qolgan ish haqlaringiz to‘lab berilishi ta’minlandi.
Murojaatingizni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha 2017-yil 11-sentyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-sonli qonuni talablariga ko‘ra, Sizga yuborilgan javob xatidan norozi bo‘lsangiz, belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga murojaat qilishingiz mumkinligi tushuntiriladi.
Adliya bo‘limi boshlig‘i B.Toxirjonov
Ijrochi : A.Anvarov
Tel: (73)353-11-88
2021 yil 29 noyabr 4/3-3/334-son
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |