Adliya bo‘limi boshlig‘i B.Toxirjonov
Ijrochi : A.Anvarov
Tel: (73)353-11-88
2021-yil 29-noyabr 4/3-3/332-son
|
|
Farg‘ona tumani aholi bandligiga ko‘maklashish markazi rahbari U.Sheralievga
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3666-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, adliya organlari tekshirish o‘tkazish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘rganish, shuningdek Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash uchun vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, ilmiy va ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar vakillarini chaqirish va jalb etishi belgilangan.
Farg‘ona tuman adliya bo‘limi tomonidan Farg‘ona tumani, Vodil MFY Peshvozov ko‘chasi 10-uy 20-honadonda yashovchi fuqaro Xudayberganova Dilafruzning 2020-yil dekabr oyida Baxodir Log‘on MFYga yigiruvchi vazifasiga ishga qabul qilinib joriy yilning 22-may oyida o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shagan bo‘lsada xanuzga qadar fuqaroning nomiga ish xaqi xisoblanib kelinayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganilmoqda.
Shu bois, Sizdan Xudayberganova Dilafruzning murojaatini joyiga chiqish orqali o‘rganib, ushbu murojaatni ijobiy hal etishda yordam ko‘rsatishingiz hamda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-sonli qonunining 24-moddasi talablariga ko‘ra, murojaatga doir tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda joriy yilning 1-dekabr kuni soat 10-00ga qadar tuman adliya bo‘limiga batafsil ma’lumot taqdim etishingizni so‘rayman.
Ilova: 1 varoqdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |