Farg’ona viloyat hokimligi
Download 76.83 Kb.
|
Biz yomon illatlarga qarshimiz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Islom Karimov O’zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti. 2-boshlovchi
1-boshlovchi:“Sog`lom avlod deganda, shaxsan men, eng avvalo, sog`lom naslni, nafaqat jismonan baquvvat, shu bilan birga, ruhi, fikri sog`lom, imon – e’tiqodi butun, bilimli, ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunaman. Buyuk davlatni faqat sog`lom millat, sog`lom avlodgina qura oladi”. Islom Karimov O’zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti.
2-boshlovchi: Sog`lom turmush tarzi – inson salomatligini yaxshilash va muhofaza qilishga qaratilgan faol harakatdir. Muntazam umumiy tibbiy ko`rikdan o`tish har bir aholini har xil kasalliklarni oldini olish va erta aniqlab davolash kafolatidir. She’rlar Beg’ubor qalbimda orzular osmon Biz uchun, jamiki sharoit, imkon. Baxtliman shu axir tole’dan nishon Quvonib yashayman O’zbekligimga. Onam kecha-kunduz boshim silaydi, Otam dunyo baxtin menga tilaydi. Bosgan izrarimda quvonch gullaydi Quvonib yashayman O`zbekligimga. To`rt tomon to`ladir bog`-u bo`stonga, Bu yurtning ta’rifi sig`mas dostonga. Bugun tahsin aytib O`zbekistonga Quvonib yashayman O`zbekligimga. Bobom qo`llarini ochib duoga, Tinchlik so`raydilar yorug` dunyoga. Bugun shukronalar aytib xudoga, Quvonib yashayman O`zbekligimga. Bugun jismimdan-da katta yuragim , Shu yurtning koriga kelar yaragim. Ikki dunyo unda qolar tilagim Quvonib yashayman O’zbekligimga. Yakunlash: Giyohvandlik bir illat, yurtga keltirar kulfat Adashtirar yo`lingdan, ota-ona elingdan. O`g`irlar xush-aqlingni, jarohatlar qalbingni, Ayiradi hammadan, urug’-aymoq ommadan Simirar u qoningni, kemiradi joningni, Zarar qilar naslingga, qaytolmaysan aslingga. O`g`il-qizim quloq sol, undan doim yur yiroq. O`qib izlan , bilim ol, o`sgin sog` va barkamol. Qo`shiq (Yulduz Usmonova “Fidoying bo`lgaymiz seni ,O`zbekiston’’) Download 76.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling