Farg’ona viloyat hokimligi
Download 76.83 Kb.
|
Biz yomon illatlarga qarshimiz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahalla raisi
Qo`shni ayol: Voy, qo`shni, nima qilib xomush bo`lib o`tiribsiz?
Ona: O`zim shunday o`tiribman. Qo`shni ayol: Voy qo`shni, meni tabriklang, o`g`lim sport bo`yicha chempion bo`ldi. Bugun keladi! Ona: Qanday yaxshi… Qo`shnining o`g`li: Oyi, qayerdasiz? Men keldim, men chempion bo`ldim! Qo`shni ayol: Voy, o’zimning chempionimdan aylanay. Qo`shni ayol: Qo`shni yuring uyga , birga nishonlaymiz. Ona: Xo`p, sizlar boraveringlar, men keyin. Ona o`g`lini o`ylab, uyiga kiradi, shu mahal eshik taqillaydi. Mahalla raisi va mahalla profilaktika inspektori kelishadi. Mahalla raisi: Xola qayerdasiz , uyda kimdir bormi? Ona: Kelaveringlar, men bu yoqdaman. Tinchlikmi , nima bo`ldi. Mahalla noziri: Xola, o`tiring, tinchlanib oling . O’g’lingiz giyohvand moddalar sotayotgan vaqtida qo`lga olinibdi, bizga ham hozir qo`ng`iroq qilishdi. Ona: Voy sho’rim , yakka-yu yolg`izim, endi nima qilaman? O`g`il qilgan jinoyati uchun uzoq muddatga qamaldi, bu orada sho`rlik kasalmand ona vafot etdi. O`g`il: Shu bizning uy edimi , oyim qayerda ekanlar? Qo`shni: Ha bolam, tinchlikmi? Sen kimsan ? Bu uyda nima ishing bor? O`g`il: Men avval shu uyda yashar edim , oyim qayerda ekanlar? Qo`shni: O`g`lim, kel bu yoqqa o`tiraylik. Sen “ u yoqlarda” bo`lganingda sho`rlik kasalmand onang vafot etdi. Marakalarini qo`ni-qo`shnilar birga o`tkazdik. Essiz, onang yaxshi ayol edi. Endi buyog`iga bardoshli bo`l , to`g`ri yo`ldan yur . Onangning arvohini chirqiratma. O`g`il: Oyijooon meni kechiring! Onasi o`lganda yetib kelmadi, Hatto yo`qlamadi tirigida ham. Pul va shuhrat uchun qancha kezmadi, Ne-ne shaharlarni bu ayanch odam. Bugun elni yig`ib, ko`tardi faryod, Marmardan xotira qo`ydi, qabriga Ona tirigida etolmagan yod Nahot endi yetdi uning qadriga?! (Qilichbek Madaliyevning “O`zbek emas” qo`shig`i qo`yiladi va ekranda slaydlar qo`yiladi). Download 76.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling