Farg’ona viloyat hokimligi
Download 76.83 Kb.
|
Biz yomon illatlarga qarshimiz
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-o`quvchi
- 5-o`quvchi: 1998-yil 1-dekabr “Butunjahon OITS ga qarshi kurash kuni” deb e’lon qilindi. She’r
- 1-boshlovchi
1-boshlovchi: Bugungi kunga kelib , giyohvandlik va OITS qa qarshi kurash dunyo miqyosidagi eng dolzarb muammolardan biriga aylandi.
1-o`quvchi: Giyohvandlik “narkomaniya” so`zidan olingan bo`lib , yunoncha “Narke” -karaxtlik va “manya” -telbalik , karaxtlikka moyillik ma’nosini bildiradi. 2-o`quvchi: Giyohvand moddalar – og`ir kasalliklarga olib keladi. Jigar yurak o`pkaning yemirilishi gepatit sifelisi immunitetning keskin kamayishiga olib keladi. 3-o`quvchi: Giyohvand moddalar insonlarni, jamoalarni vayron qiladi, inson taraqqiyotiga putur yetkazadi va jinoyatchilikka olib keladi. 4-o`quvchi: Giyohvand moddalar organizmda kalsiy almashinuvini buzadi. Kalsiy almashinuvi to`qimalarda muhim rol o`ynaganligi uchun suyak va tishlar kuchli zararlanadi. 5-o`quvchi: 1998-yil 1-dekabr “Butunjahon OITS ga qarshi kurash kuni” deb e’lon qilindi. She’r “Asr vabosi” deb nom berganimiz Giyohvandlik deya atalur fanda. Unda duchor bo`lgan har kas , har odam Umri do`zax misol yonar olovda. Bu illatga davo yo`qdir, ehtimol Lek oldini olish mumkin begumon. Sobit iroda-yu, go`zal axloqli Inson undan bo`lar hifzda omon. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuchdir. Shiorga aylansin ,unutmang aslo. Go`zal hayotimiz,go`zal ne’matdir Ruhimiz, jismimizga axloqdir shifo. 1-boshlovchi: “Ogohlik va hushyorlik har qanday davrda, har qanday vaziyatda davlat, jamiyat va inson uchun eng muhim vazifa hisoblanadi”. Islom Karimov- O’zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti. 2-boshlovchi: Ibn Sino tarbiya masalalaridagi axloqiy tarbiyaga alohida o`rin ajratgan. Uning fikricha: “Agar inson aqliy va jismoniy jihatdan qanchalik yetuk bo`lsa ham, undagi bilim-axloq normalariga mos bo`lmasa, u kishi jamiyatning haqiqiy a’zosi bo`la olmaydi”. Olim axloqiylik ko`proq vatanparvarlikda o`z aksini topadi deb tushungan. Ibn Sino ona Vatani-Turonni Hind, Eron va Chin kabi yirik davlatlardan ortiq hisoblab, unga xizmat qilishni o`z burchi deb bilgan. Vatanning fani, madaniyatini yuksaltirishga ulkan hissa qo`shgan. Download 76.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling