Farg’ona viloyat hokimligi


Download 76.83 Kb.
bet4/6
Sana31.01.2024
Hajmi76.83 Kb.
#1831136
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Biz yomon illatlarga qarshimiz

2-boshlovchi: Mamlakatimizda tamaki va alkogol mahsulotlarini sotish, tarqatish ta’qiqlanganligi to`g`risida bir qator qonunlar qabul qilingan.
1-o`quvchi:Xalqimizning ertangi kuni va oilalarida tinch yashashlari uchun Yurtboshimiz va keng jamoatchilik faollari juda ko`plab xayrli ishlarni amalga oshirmoqdalar. Shu jumladan, yoshlarimiz tarbiyasiga va kelajagiga salbiy ta’sir ko`rsatadigan alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste'mol qilinishini oldini olish maqsadida:
2-o`quvchi: 2012-yilning 7-aprelidan O'zbekistonda “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi va iste'molini cheklash to'g'risida”gi Qonun kuchga kirdi. Qonunchilik Palatasi tomonidan 2011-yil 27-iyunda qabul qilingan, Senat tomonidan 2011-yil 26- avgustda ma'qullangan bu Qonun 5 ta bob, 25 moddadan iborat.
3-o`quvchi: Hayotda o`z salomatliklarini o`ylamay, aql bilan ish tutmay yomon yo`lga kirgan odamlar ham uchraydi. Inson salomatligini, kuchini, obro`yini ketkazadigan illatlar oxir – oqibatda uni jar yoqasiga olib keladi. Spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, tamaki chekish, har qanday insonni kunpayakun qiladi, umriga zomin bo`ladi. Tamaki chekish aholi orasida eng ko`p tarqalgan yaramas odat.
4-o`quvchi: Kashandalarning aksariyati o`pka raki, asab, bo`g`ma kasalliklari bilan og`riydilar.
5-o`quvchi: Chekish miya quvvati pasayishiga, xotiraning sustlashuviga olib keladi. Eng yomoni – sigaretning jamoat joylarida, oila muhitida chekilishidir. Bunda sigaret tutunidan faqat chekuvchining o`zi emas, balki atrofdagi odamlar, aksariyat ayollar va bolalar ham zaharlanadilar
She’rlar:
Bilakda quvvating, kuching bor ekan,
Yashashga , kurashga kuching bor ekan,
Dilda orzu degan lochin bor ekan
Yonib yasha, toki joning bor ekan.
Maysaday shimirgin oftob o`tini,
Qo`ziday simirgan bahor sutini,
Avaylab yurakni , bor oh-kuchini
Uyg`oq yasha, g`aflat senga or ekan.
Aziz do’stlar ,o’rtoqlar.
Hayotdan olib saboq
Aytaylik ushbu so’zlar:
“Yomondan bo`lgin yiroq”.
Ma’naviyatsiz avlod
Kamolotga erishmas.
Bunday yomon illatlar
Bizga aslo kerakmas.

Tuprog`i to`tiyo makonga qulluq,


Xudo bergan davr-u davronga qulluq.
Aziz qilgan aziz insonga qulluq,
Bu muqaddas Vatanda azizdir inson

Vatan kengdir elning bag`ri keng uchun,


Yurtboshining mehri quyoshga teng uchun.
Bu imkon, bu zamon sen-u men uchun,
Bu muqaddas Vatanda azizdir inson!

Raqs (Ozodbek Nazarbekovning “Bu Vatan barchamizniki” qo`shig`i).



Download 76.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling