Farg’ona viloyat hokimligi


Download 76.83 Kb.
bet3/6
Sana31.01.2024
Hajmi76.83 Kb.
#1831136
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Biz yomon illatlarga qarshimiz

Qo`shni ayol: Voy, qo`shni, nima qilib xomush bo`lib o`tiribsiz?
Ona: O`zim shunday o`tiribman.
Qo`shni ayol: Voy qo`shni, meni tabriklang, o`g`lim sport bo`yicha chempion bo`ldi. Bugun keladi!
Ona: Qanday yaxshi…
Qo`shnining o`g`li: Oyi, qayerdasiz? Men keldim, men chempion bo`ldim!
Qo`shni ayol: Voy, o’zimning chempionimdan aylanay.
Qo`shni ayol: Qo`shni yuring uyga , birga nishonlaymiz.
Ona: Xo`p, sizlar boraveringlar, men keyin.
Ona o`g`lini o`ylab, uyiga kiradi, shu mahal eshik taqillaydi. Mahalla raisi va mahalla profilaktika inspektori kelishadi.
Mahalla raisi: Xola qayerdasiz , uyda kimdir bormi?
Ona: Kelaveringlar, men bu yoqdaman. Tinchlikmi , nima bo`ldi.
Mahalla noziri: Xola, o`tiring, tinchlanib oling . O’g’lingiz giyohvand moddalar sotayotgan vaqtida qo`lga olinibdi, bizga ham hozir qo`ng`iroq qilishdi.
Ona: Voy sho’rim , yakka-yu yolg`izim, endi nima qilaman?
O`g`il qilgan jinoyati uchun uzoq muddatga qamaldi, bu orada sho`rlik kasalmand ona vafot etdi.
O`g`il: Shu bizning uy edimi , oyim qayerda ekanlar?
Qo`shni: Ha bolam, tinchlikmi? Sen kimsan ? Bu uyda nima ishing bor?
O`g`il: Men avval shu uyda yashar edim , oyim qayerda ekanlar?
Qo`shni: O`g`lim, kel bu yoqqa o`tiraylik. Sen “ u yoqlarda” bo`lganingda sho`rlik kasalmand onang vafot etdi. Marakalarini qo`ni-qo`shnilar birga o`tkazdik. Essiz, onang yaxshi ayol edi. Endi buyog`iga bardoshli bo`l , to`g`ri yo`ldan yur . Onangning arvohini chirqiratma.
O`g`il: Oyijooon meni kechiring!

Onasi o`lganda yetib kelmadi,


Hatto yo`qlamadi tirigida ham.
Pul va shuhrat uchun qancha kezmadi,
Ne-ne shaharlarni bu ayanch odam.
Bugun elni yig`ib, ko`tardi faryod,
Marmardan xotira qo`ydi, qabriga
Ona tirigida etolmagan yod
Nahot endi yetdi uning qadriga?!

(Qilichbek Madaliyevning “O`zbek emas” qo`shig`i qo`yiladi va ekranda slaydlar qo`yiladi).





Download 76.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling