Farg’ona viloyat hokimligi


Download 76.83 Kb.
bet5/6
Sana31.01.2024
Hajmi76.83 Kb.
#1831136
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Biz yomon illatlarga qarshimiz

1-boshlovchi: Bugungi kunga kelib , giyohvandlik va OITS qa qarshi kurash dunyo miqyosidagi eng dolzarb muammolardan biriga aylandi.
1-o`quvchi: Giyohvandlik “narkomaniya” so`zidan olingan bo`lib , yunoncha “Narke” -karaxtlik va “manya” -telbalik , karaxtlikka moyillik ma’nosini bildiradi.
2-o`quvchi: Giyohvand moddalar – og`ir kasalliklarga olib keladi. Jigar yurak o`pkaning yemirilishi gepatit sifelisi immunitetning keskin kamayishiga olib keladi.
3-o`quvchi: Giyohvand moddalar insonlarni, jamoalarni vayron qiladi, inson taraqqiyotiga putur yetkazadi va jinoyatchilikka olib keladi.
4-o`quvchi: Giyohvand moddalar organizmda kalsiy almashinuvini buzadi. Kalsiy almashinuvi to`qimalarda muhim rol o`ynaganligi uchun suyak va tishlar kuchli zararlanadi.
5-o`quvchi: 1998-yil 1-dekabr “Butunjahon OITS ga qarshi kurash kuni” deb e’lon qilindi.
She’r
“Asr vabosi” deb nom berganimiz
Giyohvandlik deya atalur fanda.
Unda duchor bo`lgan har kas , har odam
Umri do`zax misol yonar olovda.
Bu illatga davo yo`qdir, ehtimol
Lek oldini olish mumkin begumon.
Sobit iroda-yu, go`zal axloqli
Inson undan bo`lar hifzda omon.
Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuchdir.
Shiorga aylansin ,unutmang aslo.
Go`zal hayotimiz,go`zal ne’matdir
Ruhimiz, jismimizga axloqdir shifo.


1-boshlovchi: “Ogohlik va hushyorlik har qanday davrda, har qanday vaziyatda davlat, jamiyat va inson uchun eng muhim vazifa hisoblanadi”. Islom Karimov- O’zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti.
2-boshlovchi: Ibn Sino tarbiya masalalaridagi axloqiy tarbiyaga alohida o`rin ajratgan. Uning fikricha: “Agar inson aqliy va jismoniy jihatdan qanchalik yetuk bo`lsa ham, undagi bilim-axloq normalariga mos bo`lmasa, u kishi jamiyatning haqiqiy a’zosi bo`la olmaydi”. Olim axloqiylik ko`proq vatanparvarlikda o`z aksini topadi deb tushungan. Ibn Sino ona Vatani-Turonni Hind, Eron va Chin kabi yirik davlatlardan ortiq hisoblab, unga xizmat qilishni o`z burchi deb bilgan. Vatanning fani, madaniyatini yuksaltirishga ulkan hissa qo`shgan.

Download 76.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling