Farmakognoziya
Download 354.52 Kb.
|
Dorivor osimliklar resursshunosligi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyoviy tarkibi
- Ishlatilishi.
- Dorivor preparatlari
Mahsulot tayyorlash. O'simlik mevasi pishib yig'ila bosh-langanda barglari ham qoqiladi, terib olinadi, aralashmalardan tozalanadi va soya, havo kirib turadigan yerda quritiladi.
Mahsulotning tashqi ko'rinishi. Tayyor mahsulot barglardan iborat. Barglar tuxumsimon, to'mtoq tishsimon qirrali, qisqa bandli, barg plastinkasi asimmetrik, uchta bo'rtib chiqqan tomirli bo'ladi. Bargi yashil rangli va biroz burishtiruvchi mazali. Kimyoviy tarkibi. Daraxt po'stlog'i tarkibida triterpenoidlar, alkaloidlar, 4,9— 15 foiz oshlovchi va boshqa; bargida — uglevodlar (13—14,9 foiz qandlar, 4 foiz shilliq moddalar, uron kislotalar), organik kislotalar, alkaloidlar, C va 5, vitaminlar, karotin, folat kislota, 0,3 foiz kumarinlar, flavonoidlar (kversitrin, giperozid, rutin), 4,5 foiz oshlovchi va boshqa birikmalar, mevasida — 9,8— 40,3 foiz uglevodlar, 1,74 foiz organik kislotalar, triterpen sapon -inlar, C, B va Kt vitaminlar, folat kislota, karotin, 0,35—2,35 foiz kumarinlar, flavonoidlar, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Ishlatilishi. Ibn Sino fikricha, chilonjiyda mevasi ko'krakka va o'pkaga hamda buyrak va siydik qopining og'rig'ida foydalidir. Xalq tabobatida chilonjiyda mevasi organizmni tonuslovc hi vosita sifatida hamda astma, tomoq og'rig'i va ichak yuqumli kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Meva damlamasi ko'krak og'rig'ida, astma, yo'tal, kamqonlik, ich ketish va chechak kasalliklarini davolashda, barg damlamasi — buyrak va siydik qopi kasalliklarida siydik haydovchi vosita sifatida ishlatiladi. Klinik sharoitida o'tkazilgan tajribalar natijasiga asoslangan holda O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi chilon -jiydaning barg damlamasini tibbiyot amaliyotida siydik (peshob) haydo vchi vosita sifatida ishlatishga ruxsat beradi. Dorivor preparatlari . Damlama. DORIVOR LIMONO'T YER USTKI QISMI (O'TI) -HERBA MELISSAE OFFICINALIS O'simlikning nomi. Dorivor limono't — Melissa officinalis L.; yasnotkadoshlar — Lamiaceae (labguldoshlar — Labiatac) oilasiga kiradi. Ko'p yillik, sertukli, 30-60 sm balandlikdagi o't o'simlik. Poyasi bitta yoki ko'p, qarama-qarshi shoxlangan. Barglari tuxumsimon, biroz o'tkir uchli, sertukli (ustki tomonidan), arjasimon qirrali bo'lib, qisqa bandi bilan poya va shoxlarida qarama-qarshi o'rnashgan. Oq rangli, tukli, ikki labli gullari gul bandi bilan barg qo'ltig'iga joylashib, to'pgulni hosil qiladi. Mevasi — 4ta yong'oqcha. Iyun—avgustda gullaydi, mevasi iyul—avgustda yetiladi. Download 354.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling