Farmakognoziya


Download 354.52 Kb.
bet50/53
Sana25.01.2023
Hajmi354.52 Kb.
#1118898
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Bog'liq
Dorivor osimliklar resursshunosligi (1)

Mahsulot tayyorlash. O'simlik gullagan davrida yer ustki qismi o'rib olinadi va 3—4 sm qalinlikda soya yerda biror narsa (faner taxta, brezent, mato va boshqalar) ustiga yoyib quritiladi.
Mahsulotning tashqi ko'iinishi . Mahsulot poya, barglar va gulto'plamlaridan tashkil topgan. Barglari tuxumsimon yoki el-lipssim on, tekis qirrali, o'tkir yoki to'mtoq uchli, uzunligi 2—3 sm gacha, eni 0,5—1,5 sm, sertukli. Gulto'plami sertukli, boshoqsimon. Gullari mayda, och yashil, gultevaragi 2 -5 bo'lakli boiib, uchta guloldi bargchalari bilan o'ralgan. Barglari, poya -si va gulto'plamlari sertukli, kulrang-yashil, hidi — kuchsiz, yoqimli, achchiq mazali.
Mahsulotning namligi 7 foizdan, umumiy kuli 13 foizdan, xlorid kislotaning
10 foizli eritmasida erimaydigan kuli 8 foizdan, qoraygan qismlari 7 foizdan, organik aralashmalar 1,5 foizdan va mineral aralashmalar 1 foizdan ko'p hamda mahsulot tarkibida-gi flavonoidlar yig'indisining miqdori rutin bo'yicha 0,5 foizdan kam bo'lmasligi lozim.
Kimyoviy tarkibi. Bargining tarkibida C va K vitaminlar, fenolkarbon va boshqa kislotalar, flavonoidlar (kempferol, kverse -tin, rutin, giperozid va boshqalar), prunazin glikozidi, alkaloidlar, leykoantotsianlar, shilliq, oshlovchi va boshqa moddalar, meva-sida — uglevodlar (5,3-12,2 foiz qandlar: fruktoza, glukoza, saxaroza, 3,77 -4,33 foiz pektinlar), B , C va P vitaminlar, xlorogen va boshqa kislotalar, triterpenjar, efir moyi, mineral (mis va temir birikmalari), oshlovchi va boshqa birikmalar bor. Meva efir moyi limonen, linalool, sitral, terpineol, farnezen va boshqa terpenlardan tashkil topgan.
Behining urug'i ham biologik faol moddalarga boy. Uning tarkibida 20 foizgacha
shilliq moddalar, amigdalin glikozidi, emulsin fermenti, 20,5-80 foizgacha yog', oqsil va boshqa birikmalar bo'ladi.
Ishhililishi. Ishlatilishi. Ibn Sino behi mevasidan tayyorlangan damlama va qaynatmasini qusishni to'xtatishga, chanqoq qoldirish, ish -taha ochish uchun,
dizenteriyada va boshqa kasalliklarda hamda siydik haydovchi vosita sifatida ishlatgan. Meva shirasini Ibn Sino astma, qon tupurishga qarshi, behi moyini — uchuq, yara, buyrak va siydik qopi kasalliklarida, urug'ini va uni shilliq mod -dasini o'pka hamda ko'krak kasalliklarida va ko'krakni yumsha -tuvchi vosita sifatida ishlatgan.
Xalq tabobatida behi mevasi va urug'i o'rab (qoplab) oluv -chi, balg'am ko'chiruvchi hamda yurak faoliyatini tonuslovchi vosita sifatida ishlatilinadi. Urug'ni iliq suvda chayqatib tayyorlangan shilliq eritmasi bronxit, me'da yara kasalligini, og'iz va tomoq shilliq pardasini yallig'lanish kasalligini, gastroenterit, kolitlarni davolashda ishlatiladi. Shu shilliq eritmasida namlangan doka (yoki bint)ni gingivitda yallig'langan joyga va terini kuygan yeriga qo'yiladi.

Download 354.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling