Farmakognoziya
Download 354.52 Kb.
|
Dorivor osimliklar resursshunosligi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahsulotning tashqi korinishi.
- Kimyoviy tarkibi.
- Ishlatilishi.
Mahsulot tayyorlash. Daraxtda bir vaqt ichida bu yiigi — xom va o'tgan yilgi pishgan m evalari bo'ladi. H orn m svalar archa tagiga yozilgan chodirga to'kilmasligi uchun tayoq bilan qoqm asdan, daraxtni kuzda (sentabr —oktabr oylarida) silkitib, pishgan m evalarni yig'ib olish kerak. K eyin m ahsulot aralash-m alardan tozalanadi va ochiq havoda quyoshda yoki qurit -
kichlarda quritiladi. Mahsulotning tashqi ko'rinishi. Mahsulot archaning mevasidan iborat. Meva deyarli sharsimon, diametri 8-12 mm, burishgan (qurigandan so'ng), usti ko'kimtir rangli mum qavati bilan qop-langan. Meva uchida uch nurli yulduzcha shakli (uchta yuqorigi tangacha bargchalarni birlashgan joyi) ko'rinadi. Meva po'sti qattiq. Mevaning ichida — yumshoq qismida 2-3 (ba'zan 4) ta, qattiq, 3—5 qirrali urug'lari bo'ladi. Mevalar ustidan to'q -qo'ng'ir (qo'ng'ir-gunafshaga o'x-shash), ichi — yashil qo'ng'irroq rangli, hidi o'ziga xos xushbo'y, chuchmal mazaga ega. Kimyoviy tarkibi. Meva tarkibida 3,9 foiz efir moyi, 2,4 foiz flavonoidlar, 0,37 foiz karotinoidlar, 6,15 foiz organik kislotalar, 16,2 foiz qandlar, oz miqdorda kumarinlar, 2,47 foiz oshlovchi va boshqa moddalar bor. Meva efir moyi 16,84 foiz karen, 25,01 foiz d -kamfen, 11,88 foiz a-pinen, 14,74 foiz mirtsen va boshqa terpenoidlardan tash -kil topgan. Ishlatilishi. Meva qaynatmasi va efir moyi diuretik hamda mikroblarga qarshi ta'sirga ega. Shuning uchun meva damlamasi-ni O'zbekiston hududida tibbiyot amaliyotida peshob haydovchi vosita sifatida ishlatishga Respublika Sog'liqni saqlash vazirligi ruxsat berdi. Dorivor preparatlari. Meva qaynatmasi. TUKLI BARGLI XANDELIYA GULI-FLORES HANDELIAE TRICHOPHYLLAE O'simlikning nomi. Tukli bargli xandeliya — Handelia tricho-phylla (Schrenk.) Heimerl.; astradoshlar — Asteraceae (murak-kabguldoshlar — Compositae) oilasiga kiradi. Ko'p yillik, m ayda qirrali, yuqori qismi qalqonsim on shoxlangan, balandligi 70-100 sm bo'lgan poyali o't o'simlik. Ildizoldi to'pbarglari uzun sertukli bandli, poyadagilari bandsiz ketma-ket joylashgan. Hamma barglari chiziqsimon - ipsimon bo'laklarga patsimon qirqilgan. Sariq rangli gullari savatchaga joylashib, poya va shoxlari uchida ro'vaksimon-qalqonsimon gul to'plamini hosil qiladi. Mevasi — kulrang pista. May oyining oxirida — iyunda gullaydi, mevasi iyun oxiri- da — avgustda yetiladi. • Download 354.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling