Mahsulotning tashqi ko`rinishi. Tayyor mahsulot silindrsimon, uchiga qarab biroz ingichkalangan, ustki tomoni qo’ng’ir yoki sarg`ish -oq, uzunligi 35 sm gacha, diametri 0,5-1,5-2 sm li ildiz bo`laklaridan iborat. Ildiz sertolali bo`lganidan sindirilganida osonlik bilan darrov titilib k etadi. Mahsulotning o`ziga xos hidi va shirin mazasi bor.
Kimyoviy tarkibi. Qizil baxmalgul guli tarkibida 5-12% bo’yoq moddasi hisoblangan antotsian birikmalari, qora baxmalgulda esa 16 -20% saqlanishi aniqlangan. Bu bo’yoq moddalari shirinliklarni, quruq k onditer kontsentrantlarni, alkagolsiz ichimliklarga rang berish uchun ishlatiladi.
Ishlatilishi. Baxmalgul ildizidan quruq ekstrakt olinib undan tayyorlangan tabletka balg’am ko’chiruvchi, ichni yumshatuvchi va shamollashga qarshi ta'sirli dori vositalari tibbiyotga tavsiya qilingan.
O’simlikning ildizi va poyasidan polisaxaridlar kompleksi yallig’lanishga va me'da –ichak yaralariga qarshi ta'siri borligi ham aniql angan.
Baxmalgul (Alcea L.) bo’yoq olish uchun, texnika va dorivor o’simlik sifatida keng ekiladi.
Dorivor preparatlari. Quruq ekstrakt, kukun (poroshok), sharbat.
Kubik shaklida qirqilgan ildiz nafas olish yo`llari kasalliklarida ishlatiladigan turli yig`malar (Species pectoralis va boshqalar) tarkibiga kiradi.
TUKLI ERVA O'TI (YER USTKI QISMI) -HERBAAERVAELANATAE
O'simlikning nomi. Tukli erva (pol-pola) — Aerva lanata Juss. A.; machindoshlar (tojixo'rozdoshlar) — Amaranthaceae
oilasiga kiradi.
Ko'p yillik, shoxlangan va bo'yi 55-70 sm ga yetadigan o't o'simlik. Barglari lansetsimon, ovalsimon yoki ellipssimon, tekis qirrali bo'lib, qisqa bandi yordamida poya va shoxlarda qarama-qarshi joylashgan. Gullari mayda, och yashil rangli bo'lib, qisqa boshoqsimon gulto'plamiga o'rnashgan. Urug'i yaltiroq, qora rangli.
O'simlikning hamma qismi sertukli, kulrangda.
Geografik tarqalishi. Hindiston, Filippin, Yangi Gvineya va boshqa Osiyo va Afrikaning tropik tumanlaridagi qumli yerlarda, choilarda va butalar orasida o'sadi.
O'zbekistonda tukli erva bir yillik o't o'simlik sifatida o'stiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |