Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi


Download 0.87 Mb.
bet11/55
Sana20.08.2020
Hajmi0.87 Mb.
#127117
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
Bog'liq
Mustaqil ish kitob

A`zoning quvvatiga ko`ra dori berish 3 yo`l bilan amalga oshiriladi


1) A`zoning boshqaruvchi ekanligiga rioya qilish 2)A`zoning hamkorligiga rioya qilish

3) Sezgining o`tkir va o`tmasligiga rioya qilish

Sharq tabobatida bemorlarni davolash uch bosqichda olib borilgan:


  1. - bosqichda xastalik sababi aniqlangan va uni to`laqonlik davolashga tayyorlagan.

  2. - bosqichda bemor tanasi xastalikka sabab bo`lgan xiltlardan tozalangan, ya`ni tanqiya qilingan.

  3. - bosqichda tanqiya qilingan bemorga parhez taomlar bilan birga davoli ozuqa yoki ozuqali davo buyurilib, parvarish qilingan.

Tanqiya qilish gayri tabiiy xiltdan tanani to`liq tozalashdir. Tanqiya so`zi forscha tildan olingan bo`lib, "tozalash" ma`nosini bildiradi, tanani tanqiya qilish uchun musxil va mulayyin darmonlardan foydalaniladi.

Issiq quruq mizojda bo`shatish man qilinadi. Sovuq ho`l mizojda ham issiqlikning yo`qligi yoki kuchsizligi tufayli bo`shatish man qilinadi. Ammo, issiq ho`l mizojda organizmni bo`shatishga keng ruxsat beriladi. Kishi juda ozgin, badani govak va bo`sh bo`lsa dori bilan tadbir qilishning va sovuq ham ho`llik tomoniga olib boradigan yaxshi qon paydo qiluvchi narsalar bilan ovqatlantirish kerak.
Foydalanilgan adabiyiotlar
Asosiy adabiyotlar

1. 1. Абу Али ибн Сино асарлари:

1.Абу Али ибн Сино. Тиб қонунлари [3 жилдли сайланма; тузувчилар: У. Каримов, Ҳ. Ҳикматуллаев]. 1-жилд. Тошкент, 1993.
2.Абу Али ибн Сино. Тиб қонунлари [3 жилдли сайланма; тузувчилар: У. Каримов, Ҳ. Ҳикматуллаев]. 2-жилд. Тошкент, 1992.
3.Абу Али ибн Сино. Тиб қонунлари [3 жилдли сайланма; тузувчилар: У. Каримов, Ҳ. Ҳикматуллаев]. 3-жилд. Тошкент, 1993.
4.Абу Али ибн Сино. Тиббий ўгитлар. Тошкент, 1991.Internet saytlari

http://www.ziyonet.uz

http://www.wikipedia.ru

http://www.chemist.com

http://www.himiki.ru

http://www.organicchem.com

http://www.rutrecker.org


4-mavsu. Ibn Sino xalq tabobatida ishlatgan dorivor o’simliklar klassifikatsiyasi. Dorivor mahsulotlarni olish va saqlash qoidalari. Dorilarning ta’sir turlari va turli omillarga bog‘liqligi.

Reja:

1.1 Ibn Sino xalq tabobatida ishlatgan dorivor o’simliklar klassifikatsiyasi..

1.2. Dorivor mahsulotlarni olish va saqlash qoidalari.

1.3. Dorilarning ta’sir turlari va turli omillarga bog‘liqligi.



.

Tayanch iboralar: Pharmacon,mizoj
Sharq tabobati dorishunoslik fani - hozirgi zamon tibbiyot tili bilan talqin qilinganda, farmakogneziya grekcha Pharmacon zahar yoki dori”, gnosis- bilimso`zidan olingan bo`lib, asosan o`simlik va qisman hayvon va ma`danlardan olinadigan dori mahsulotlarini o`rganadigan fandir. Sharq xalqlari tabobatida ishlatiladigan dorivor mahsulotlarga - o`simliklarning ildizi, tanasi, bargi, guli, mevasi, ildiz va tanasining po`stlari, shuningdek o`simlikning shirasi - smola va yelimi misol bo`lsa, hayvon mahsulotlaridan ularning go`shti, qoni, iligi, suti, hayvon chiqindilari, o`ti, miyasi, ma`danlardan esa aynan o`sha ma`dan o`zi misol bo`ladi.

Sharq xalqlari tabobati bilan shugullanuvchi hakim amaliy ish jarayonida oldiga qo`yilgan quyidagi talab va shartlarni bajarishi shart. Aks holda tayorlangan darmonining shifobaxshlik xossasi kamayib, kutilgan natijaga erishilmaydi yoki bo`lmasa, darmon deb zahar tayyorlab bemorni o`ldirishi mumkin.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling