Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi
Dorivor mahsulotlarni olish va saqlash qoidalari
Download 0.87 Mb.
|
Mustaqil ish kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyiotlar Asosiy adabiyotlar
- Markaziy nerv sistemasiga ta’sir etuvchi dorivor o‘simlik preparatlari. Belladona, bangidevona, mingdevona o‘simlik preparatlari. Farmakologik va farmakoterapevtik xarakteristikasi, ishlatilishi
- Talaba bajara olishi lozim
- Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik
- Mashg’ulotning mazmuni
- Tayanch atama va iboralar.
- «GALEREYA BO`YLAB» USULI
Dorivor mahsulotlarni olish va saqlash qoidalari:Sizga ma`lumki, dorivor o`simliklarni ildizi, tanasi va uning po`stlog’i, bargi, guli, mevasi, urug’i, o`simlik shirasi, yelimi, ildiz mevasi dorivor mahsulot sifatida olib saqlanadi va zarurat tug’ilganida ulardan dori-darmonlar tayyorlanadi. O`simlik mahsulotlarini umumiy yig’ish vaqti, chang, g’uborsiz, yomg’ir va qorsiz havoda bo`lishi kerak. O`simliklar ildizini yig’ish vaqti kech kuzda, ya`ni o`simlik barglari sarg’ayib, to`kila boshlaganida yoki erta bahorda, hali o`simliklar o`sish harakatiga kirmasdan oldin bajariladi, chunki bu davrda o`simliklarda modda almashinish jarayoni juda sekinlashgan bo`lib, ulardagi namlik shira va boshqa hayotiy zarur moddalar ildizda to`plangan bo`ladi. O`simlik ildizini olayotganda quyidagilarga e`tibor berish lozim: qurigan, chirigan, chirish arafasida bo`lgan va juda egri-bugri tomirlar olinmaydi. Olinayotgan ildiz ko`rinishi jihatidan hamma kamchiliklardan xoli, sog’lom bo`lishi shart. Undan tashqari ildiz yoshi hisobga olinadi, chunonchi shirinmiyaning 4-6 yoshli ildizi olinadi. 4 yoshdan yoshi va 6 yoshdan kattasi tabobatda yaroqsiz, yoki bo`lmasa mehrigiyo ildizining moddasi tabobatga yaroqlidir, erkagiga nisbatan tabobatda yaxshiroqdir va hokazo. Olingan ildizlar yaxshilab yuviladi, har xil aralashmalardan tozalab, saralab olinadi, so`ngra poldan yuqori shamol tegadigan soya joyda yoki maxsus ayvonlarda quritiladi. Ildizlar namligi me`yorida, ya`ni egilib juda qiyinchilik bilan sinish darajasiga yetgach, yig’ib olinib, 20-25 sm uzunlikda qirqib kandir yoki qog’oz xaltalarda solib namdan yuqori joyda saqlanadi. Izoh: har bir o`simlikdan olinadigan mahsulotning tartibi, ularni tozalash, saralash, quritish, qay yo`sinda asrash va muddatlari, shu o`simlik uchun "Tib qonunlari" kitobida mukammal bayon etiladi. Dorivor o`simlikning barg, shox va tanasi yuqoridagi umumiy tartibda toza havoda, iloji boricha ertalabki yig’ib olib quritiladi va saqlanadi. Bunda barglar sog’lom va hali sarg’ayib so`lmagan bo`lishi kerak. O`simlikning yelimi esa, ertalabki toza havoda o`simlik guli to`kilish davrida yig’ilib olinadi. Uning namligi o`rtacha bo`lib, uvalanish darajasiga etmagan bo`lishi kerak. Yelimlar asosan og’zi yopiq shisha va sopol idishlarda saqlanadi. Mabodo, o`simlik shirasi olinmoqchi bo`lganda, o`sha o`simlik tanasi toza havoda quyosh botishidan 1 - 1,5 soat oldin, uning mevasi yetilib kelish davrida pichoq yoki uchi o`tkir metall bilan tilinadi va undan sizib chiqqan shira ertalabki quyosh chiqishidan oldin, quyosh chiqish arafasida pichoq uchi bilan yig’ib olinadi va og’zi yopiq shishadan qilingan idishda saqlanadi. Yoki bo`lmasa terak, tok kabi o`simliklarni tanasi bahor faslining boshlanishida chopiladi, chopilgan joydan ularning suvi sizilib chiqib, toma boshlaydi, uning tagiga shisha idish qo`yib, yig’ib olinadi va saqlanadi. Dorivor o`simliklarning po`stlog’i asosan, o`simlik mevasi pishgandan so`ng, yoki kuzda yig’ib olinib, quritish zarurati bo`lsa, soyada quritilib qog’oz xaltalarda saqlanadi. Dorivor sifatida ishlatiladigan o`simliklarning guli, g’unchasi to`la ochilgan o`simliklardan ertalabki quyosh chiqmasdan oldin terib olinib, soyada quritiladi va qog’oz xaltada saqlanadi. Mevalar to`liq yetilib pishgandan keyin, so`lmasdan oldin yirik, serob, nuqsonsiz, hidi o`tkir, ta`mida ham kamchiliksiz, terib olib, zarur bo`lsa quritib saqlanadi. Urug’liklar, to`liq yetilib pishib, o`simlik so`la boshlaganda teriladi. Bunda ularning yaroqsiz, nimjon, chala yetilgan, qurtlaganlari yoki kasallanganlari olinmaydi. Urug’liklar, asosan qog’oz xaltalariga solib saqlanadi. Tabiblar o`simliklarning barg, ildiz, meva, shuningdek, o`simlikning yerni ustki va ostki qismini yaxshi sifatli sog’lom a`zolaridan sodda dori sifatida usora, rubb, yog’lar tayyorlab, ularni asrab qo`yganlar va kerakli vaqtda ishlatganlar. O`simlik a`zolaridan usora, rubb, yog’larni olishdan maqsad, ularning mevasi, guli, barglari o`zida shirasini uzoq vaqt saqlay bilmasligi yoki aynib chirishi yoki bo`lmasa qurtlashligidir. Sharq xalqlarining tabobat xazinasidan foydalanib, rubb, usora va yog’lar tayyorlab bu dorivor mahsulotlarni yil 12 oy ishlata olish mumkin. Foydalanilgan adabiyiotlar Asosiy adabiyotlar 1. 1. Абу Али ибн Сино асарлари: 1.Абу Али ибн Сино. Тиб қонунлари [3 жилдли сайланма; тузувчилар: У. Каримов, Ҳ. Ҳикматуллаев]. 1-жилд. Тошкент, 1993.
haqida ma‘lumot berish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish haqida talabalarga beriladigan bilim va ko‗nikmalar. Talaba bilishi lozim: -sovuq sarsom (litargus) xastaligi -tutqanoq (epilepsiya) xastaligi -sakta (insul't) xastaligi -laqva (yuz falaji, uch shoxli nervning shamollashi) xastaligi
-bosh kosasining sinishi -bosh miya tomirlarining kesilishi, uzilishi Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik: Mashg‘ulot davomida olingan bilimlardan Farmatsevtik yordam, BTY’o va klinik farmatsiyada barcha mavzularini o‘zlashtirishda foydalanish mumkun. Motivatsiya: Markaziy nerv sistemasiga ta’sir etuvchi dorivor o‘simlik preparatlari. Belladona, bangidevona, mingdevona o‘simlik preparatlari. Farmakologik va farmakoterapevtik xarakteristikasi, ishlatilishi. haqida ma‘lumot berish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish haqida talabalarga beriladigan bilim va ko‗nikmalar. Mashg’ulotning mazmuni: Markaziy nerv sistemasiga ta’sir etuvchi dorivor o‘simlik preparatlari. Belladona, bangidevona, mingdevona o‘simlik preparatlari. Farmakologik va farmakoterapevtik xarakteristikasi, ishlatilishi. qarshi dori voitalar farmakologiyasihaqida bayon etish, ularning tavsiflari bilan tanishtirish. Tayanch atama va iboralar. Litargus.pilepsiya Mustaqil bajarish uchun vazifalar: “KEYS-STADI” METODI Keys-stadi interaktiv ta’lim metodi sifatida tinglovchilar tomonidan eng afzal ko‘riladigan metodlar qatoriga kirmoqda. Ushbu texnologiya asosan farmatsevtika fanlaridan dars beruvchi o‘qituvchi va tinglovchilarning umumiy intellekual va kommunikativ salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan. Buning sababi sifatida ushbu metod tinglovchilarga tashabbus bildirish, nazariy holatni o‘zlashtirishda hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda mustaqillikka ega bo‘lish imkoniyatini berishida ko‘rish mumkin. O‘z navbatida vaziyatlarning analizi (tahlili) tinglovchilarning kasbiy shakllanish jarayoniga kuchli ta’sir o‘tkaza olishi, ularning kasbiy jixatdan “ulg‘ayishiga” xizmat qilishi, ta’lim olishga nisbatan qiziqish va ijobiy motivatsiyaning shakllantirishi alohida ahamiyatga ega. Keyslar metodi o‘qituvchining tafakkur turi sifatida, alohida paradigma ko‘rinishida gavdalanib, ijodiy salohiyatni rivojlantirish, noan’anaviy tarzda fikrlash imkoniyatini beradi. “ASSESMENT” METODI Ushbu “Assesment” lardan ma’ruza mashg‘ulotlarida qatnashchilarning mavjud bilim darajasini o‘rganishda, yangi ma’lumotlarni bayon qilishda, seminar, amaliy mashg‘ulotlarda esa mavzu yoki ma’lumotlarni o‘zlashtirish darajasini baholash, shuningdek, o‘z-o‘zini baholash maqsadida individual shaklda foydalanish tavsiya etiladi. SHuningdek, o‘qituvchining ijodiy yondashuvi hamda o‘quv maqsadlaridan kelib chiqib, assesmentga qo‘shimcha topshiriqlarni kiritish mumkin. «KIM CHAQQON» USLUBI Professor-o`qituvchi kelgusi darsda o`tiladigan mavzu bo`yicha savollar tayyorlab kelib, mavzuning uslubiy ko`rsatmasi bilan birgalikda uyga vazifa qilib beradi. Barcha talabalar ana shu tuzilgan savollar asosida darsga tayyorgarlik ko`radi. Mashg’ulot vaqtida professor-o`qituvchi birma-bir savollarni o`rtaga tashlaydi. Qaysi bir talaba oldin qo`l ko`targan bo`lsa, uning javobi eshitiladi. SHu tariqa har bir savolga javob olinadi. Talabalarning savollarga qaytargan javoblariga qarab professor-o`qituvchi ularni baholaydi. «GALEREYA BO`YLAB» USULI Mavzu va uslubiy ko`rsatmalar oldindan talabalarga beriladi. Talabalar uyda o`qib tayyorlanib keladilar. Mashg’ulotlar paytida guruhdagi talabalar bir necha kichik guruxchalarga (3-4 kishidan iborat kichik guruhchalarga) bo`linadi va ularga berilgan mavzu bo`yicha vazifa beriladi. Har bir guruhcha 10 daqiqa davomida o`z fikrlarini qog’ozga yozadi va yozgan javoblarini bir-birlariga berishadi. Har bir guruhcha boshqa guruhcha yozgan javoblarni o`qib chiqadi, agar javob to`la bo`lmasa, o`z variantini aytadi. Vazifani bajarish tugagandan keyin, hamma qatnashchilar yozilgan javoblarni muhokama qiladilar va eng to`g’ri va mukammal berilgan javoblarga yuqori ball qo`yiladi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling