Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi
Ibn Sino bo’yicha bosh og’rig’ining tasnifi
Download 0.87 Mb.
|
Mustaqil ish kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- S a b a b i
Ibn Sino bo’yicha bosh og’rig’ining tasnifi:1.Sababiga ko’ra a)mizoj buzilishi b)uzluksizlikning buzilishi v)hamkor a`zolar kasalliklari sababli 2.Turlariga ko`ra a)shaqiqa b)bayza va xuda 3.Kechishi bo’yicha a)kuchsiz b)o`rtacha v)kuchli
Bosh og’riqlari ba`zan butun gavdaning zaifligi tufayli paydo bo`ladi. Masalan: isitmalarda shunday bo`ladi. Bosh og’rig’i yuzaga keladigan joyiga qarab qismlarga bo`linadi. Bayza va xuda xastaligi: Bu xildagi bosh og’rig’ining "temir qalpoq" deyilishiga sabab – og’riq boshni butunlay o`rab oluvchi xarakterga ega. Bu butunlay boshni o`rab oluvchi, turg’un va uzoq arzimagan bir sabab bilan qo`zg’aladi. Qo`zg’atuvchi sabablar:A) harakat qilish B) spirtli ichimliklar iste`mol qilish Ushbu og’riqqa chalingan kishilar - baland tovushni, yorug’likni, odamlar bilan gaplashishni yoqtirmaydi. Bemor qorong’ilik, tinchlik va chalqancha yotishni yaxshi ko`radi. Bu miyaning kuchsizligi yoki miya sezgisining kuchliligi alomatidir. G’ayritabiiy xilt, issiq yoki sovuq shishdir. Bu ko`pincha savdo yoki qattiq shishdan vujudga keladi. Shish ko`pincha miya pardasining o’rtasida yoki bosh kosasi suyagining sirtida yoki ichkarisida bo`ladi.Bundan tashqari bosh og’rig’i ko`pincha ilgari bo`lib o`tgan kassalliklar natijasida paydo bo`ladi. Ba`zan hamkor a`zolar kasalliklari natijasida ham paydo bo`ladi. Davolash: qon xilti sababli bo`lsa - tomirdan qon olinadi. Boshga burishtiruvchi dorilardan - erituvchi, qizdiruvchi darmonlar surtiladi. Masalan: yalpiz, qora kunjut yog’i, za`faron o`simligi. Arteriyalardan qon olish, peshona tomiridan qon olish tadbirlari, ovqat bo`lsa uni hazm qilishi kuchli bo`lgan ovqatlarni yemaslik kerak. Shaqiqa (migren') kasalligi: Bu boshning bir tomonida qo`zg’aladigan doimiy og’riq bo`lib, Jolinus uni boshning o`rtasigacha qoplovchi og’riq deb ta`rif qiladi. Sababi: Xuddi Bayza yoki Xuda kasalligidagidek. Ba`zan og’riq, lokalizatsiyasiga ko`ra: bosh kosasining ichida ba`zan bosh kosasini sirtdan o`rab turuvchi pardada bo`ladi. Ko`pincha chakka mushaklarida hosil bo`ladi. Shaqiqa ko`pincha xiltlardan vujudga keladi. Sovuq moddadan yuzaga keladigan kasallik issiqlik bilan tezda bosiladi va unda tortishish ham seziladi. Issiqdan bo`ladigan shaqiqada sovituvchi vositalar chakkaga qo`yilganda ular rohatlanadi. Davolash: Xuddi Bayza kasalligidagidek. Chakka va peshona tomirlaridan qon olinadi. Surgi dorilar beriladi, huqna qilinadi. Sachratqi suvi - issiqdan bo`ladigan shaqiqaga yaxshi foyda qiladi. Agar shaqiqa davriy bo`lsa, butun badan chiqindilardan tozalanib, mizoj o`zgartiriladi. Modda issiq bo`lsa - afyun, mehrigiyo ildizining po`stlari, ukrop, mingidevona kabi dorilar aralashmasi peshonaga qo`yiladi. Ayrim vaqt shaqiqaga siyoh ham foyda qiladi, u boshning kasal tomoniga surtiladi. Za`faron - peshonaga surtiladi. Bundan tashqari, gazago`t ham yaxshi foyda beradi. Agar og’riyotgan chakkaga - qo`rg’oshin yoki taxtacha bog’lansa, lo`qqilab og’riyotgan kuchli tomir urishiga to`sqinlik qiladi. Bundan tashqari bu bemorlar hammomga tushib, boshini engashtirib bir necha marta issiq suvga solishi ham yaxshi natija beradi, shu vaqtda burunga paxta yog’i ham tomiziladi. Litarg’us - sovuq sarsom "unitish" kasalligi Kalla suyagining ichkarisida bo`ladigan balg’amli shishga - "litarg’us" deyiladi. Bu balg’amdan vujudga keladigan sarsomdir. Shish ko`pincha miya moddasining yo`llarida bo`lib, uning pardalarida, qorinchalarida va miya mag’zida bo`lmaydi. Chunki balg’am, qon miya pardalarining qattiqligi sababli orqaga kamdan-kam o`tadi va yig’iladi. Bu kasallikning moddasi bosh aylanishi kasalligiga yaqin bo`lib, u miyaga qattiqroq o`rnashadi. Kassallik ko`pincha balg’am xilti va bug’ni paydo qiluvchi har bir narsadan hosil bo`lishi mumkin. U ko`pincha piyoz yeyishdan, hazm buzilishidan, ko`p ichishdan, ho`l mevalarni ko`p yeyishdan paydo bo`ladi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling