Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi


Ibn Sino bo’yicha bosh og’rig’ining tasnifi


Download 0.87 Mb.
bet42/55
Sana20.08.2020
Hajmi0.87 Mb.
#127117
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55
Bog'liq
Mustaqil ish kitob

Ibn Sino bo’yicha bosh og’rig’ining tasnifi:


1.Sababiga ko’ra a)mizoj buzilishi

b)uzluksizlikning buzilishi

v)hamkor a`zolar kasalliklari sababli 2.Turlariga ko`ra

a)shaqiqa b)bayza va xuda

3.Kechishi bo’yicha a)kuchsiz b)o`rtacha

v)kuchli


Bosh og’riqlari ba`zan butun gavdaning zaifligi tufayli paydo bo`ladi. Masalan: isitmalarda shunday bo`ladi. Bosh og’rig’i yuzaga keladigan joyiga qarab qismlarga bo`linadi.

Bayza va xuda xastaligi: Bu xildagi bosh og’rigining "temir qalpoq" deyilishiga sabab og’riq boshni butunlay o`rab oluvchi xarakterga ega. Bu butunlay boshni o`rab oluvchi, turgun va uzoq arzimagan bir sabab bilan qo`zgaladi.

Qo`zgatuvchi sabablar:A) harakat qilish B) spirtli ichimliklar iste`mol qilish Ushbu og’riqqa chalingan kishilar - baland tovushni, yoruglikni, odamlar bilan



gaplashishni yoqtirmaydi. Bemor qorongilik, tinchlik va chalqancha yotishni yaxshi ko`radi. Bu miyaning kuchsizligi yoki miya sezgisining kuchliligi alomatidir.

G’ayritabiiy xilt, issiq yoki sovuq shishdir. Bu ko`pincha savdo yoki qattiq shishdan vujudga keladi. Shish ko`pincha miya pardasining o’rtasida yoki bosh kosasi suyagining sirtida yoki ichkarisida bo`ladi.Bundan tashqari bosh og’rig’i ko`pincha ilgari bo`lib o`tgan kassalliklar natijasida paydo bo`ladi. Ba`zan hamkor a`zolar kasalliklari natijasida ham paydo bo`ladi.



Davolash: qon xilti sababli bo`lsa - tomirdan qon olinadi. Boshga burishtiruvchi dorilardan - erituvchi, qizdiruvchi darmonlar surtiladi. Masalan: yalpiz, qora kunjut yogi, za`faron o`simligi. Arteriyalardan qon olish, peshona tomiridan qon olish tadbirlari, ovqat bo`lsa uni hazm qilishi kuchli bo`lgan ovqatlarni yemaslik kerak.

Shaqiqa (migren') kasalligi:

Bu boshning bir tomonida qo`zgaladigan doimiy og’riq bo`lib, Jolinus uni boshning o`rtasigacha qoplovchi og’riq deb ta`rif qiladi.

Sababi: Xuddi Bayza yoki Xuda kasalligidagidek. Ba`zan og’riq, lokalizatsiyasiga ko`ra: bosh kosasining ichida ba`zan bosh kosasini sirtdan o`rab turuvchi pardada bo`ladi. Ko`pincha chakka mushaklarida hosil bo`ladi. Shaqiqa ko`pincha xiltlardan vujudga keladi. Sovuq moddadan yuzaga keladigan kasallik issiqlik bilan tezda bosiladi va unda tortishish ham seziladi. Issiqdan bo`ladigan shaqiqada sovituvchi vositalar chakkaga qo`yilganda ular rohatlanadi.

Davolash: Xuddi Bayza kasalligidagidek. Chakka va peshona tomirlaridan qon olinadi. Surgi dorilar beriladi, huqna qilinadi. Sachratqi suvi - issiqdan bo`ladigan shaqiqaga yaxshi foyda qiladi. Agar shaqiqa davriy bo`lsa, butun badan chiqindilardan tozalanib, mizoj o`zgartiriladi. Modda issiq bo`lsa - afyun, mehrigiyo ildizining po`stlari, ukrop, mingidevona kabi dorilar aralashmasi peshonaga qo`yiladi. Ayrim vaqt shaqiqaga siyoh ham foyda qiladi, u boshning kasal tomoniga surtiladi. Za`faron - peshonaga surtiladi. Bundan tashqari, gazago`t ham yaxshi foyda beradi. Agar og’riyotgan chakkaga - qo`rgoshin yoki taxtacha boglansa, lo`qqilab og’riyotgan kuchli tomir urishiga to`sqinlik qiladi. Bundan tashqari bu bemorlar hammomga tushib, boshini engashtirib bir necha marta issiq suvga solishi ham yaxshi natija beradi, shu vaqtda burunga paxta yog’i ham tomiziladi.

Litargus - sovuq sarsom "unitish" kasalligi



Kalla suyagining ichkarisida bo`ladigan balgamli shishga - "litargus" deyiladi. Bu balgamdan vujudga keladigan sarsomdir. Shish ko`pincha miya moddasining yo`llarida bo`lib, uning pardalarida, qorinchalarida va miya magzida bo`lmaydi. Chunki balgam, qon miya pardalarining qattiqligi sababli orqaga kamdan-kam o`tadi va yigiladi. Bu kasallikning moddasi bosh aylanishi kasalligiga yaqin bo`lib, u miyaga qattiqroq o`rnashadi. Kassallik ko`pincha balgam xilti va bugni paydo qiluvchi har bir narsadan hosil bo`lishi mumkin. U ko`pincha piyoz yeyishdan, hazm buzilishidan, ko`p ichishdan, ho`l mevalarni ko`p yeyishdan paydo bo`ladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling