Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi
Download 0.87 Mb.
|
Mustaqil ish kitob
Sodda dorivor mahsulotlarni tanlash, yig’ish, quritish va saqlash shartlari:Har bir xastalikni mahalliy davo bilan muolaja qilmoq lozimdir. Zeroki, har bir hududdan olingan davo mahsuloti shu joy xastaliklariga yaxshiroq va tezroq ta`sir qiladi. Buqrotning bu fikrini tahlil qilmoqchi bo`lsak, bemor yashayotgan mintaqa va shu mintaqada o`sayotgan dorivor o`simlik va yashayotgan hayvon shu mintaqa ob - havo muhitining mahsuli bo`lib, ular mizoj jihatidan bir biriga munosibdir. Dorivor mahsulotlarni, asosan ularni o`zlari tanlab o`sgan joylardan yig’ish yaxshiroqdir. Chunki tabiiy yoki boshqacha qilib aytganda, yovvoyi holda o`sgan dorivor mahsulotlar, madaniy yoki ekib o`stirib olinganlarga nisbatan shifobaxshligi to`la quvvatli, kuchlidir. Tabiiyki, dorivor o`simliklar tabiatning hamma mintaqalarida jumladan, tog’larda, cho`l va sahrolarda uchraydi. Ularning bunday tarqalishi, shu o`simlik mizojini uning o`sishi, ulg’ayishi va voyaga yetishi uchun ayni muhitning mos kelishligi bilan bog’liqdir. Shunday bo`lsada, ba`zi bir o`simliklarni hamma mintaqalarda uchratamiz. Shu bilan birga keyingi paytlarda ba`zi bir dorivor o`simliklarni iqlimga moslashish uslubi bilan bir jug’rofiy muhitdan ikkinchi bir jo`g’rofiy muhitga o`stirish, yovvoyi o`simliklarni madaniylashtirish ishlari ham amalga oshmoqdaki, bu sharq tabobati dori tayyorlash ishlariga ancha qiyinchilik tug’diradi. Chunki bunday jarayonni boshdan kechirgan o`simlik yoki hayvonda xohlaymizmi - xohlamaymizmi mizoj o`zgarishi bo`ladi. Buning sababi shuki, o`simlikning o`sish va rivojlanish jarayonida quyoshning osmon burjidagi o`rni, esayotgan shamol, yerning namligi va hokazolar shu o`simlik o`sishiga ta`sir qilib uning tana va hosil zichligini, ta`mini, hidini, rangini paydo bo`lishida bilvosita va bevosita ishtirok etadi. Masalan, O`zbekistonda yetishtirilgan qovun - tarvuz urug’ini Rossiya yerlarida yetishtirilgan hosillar misolida yoki bo`lmasa, o`z vatani hisoblangan zaytun daraxtini O`rta yer dengizi sharoitidan Rossiyanng Krasnodar o`lkasida yetishtirish kabilardir. Dorivor o`simliklarni tog’lardan, tog’ yon bag’irlaridan, cho`l va sahrolardan, o`rmonlardan, shuningdek, ekiladigan maydonlardan yig’amiz, ammo hamma dorivor o`simliklar hamma joyda uchramaydi. Har bir o`simlikning o`ziga taalluqli yashash sharoiti va muhiti bo`lishi lozim. Misol, kovar o`simligi tog’ yon bag’ridagi toshloq, cho`l va sahrodagi qattiq yerlarda hatto qadimiy Buxoro, Samarqand, Urganch, Shaxrisabz, Termiz kabi shaharlarimizning eski tosh va pishiq g’ishtdan qurilgan binoning tom va devorlarida o`ssa, bargizub (baqayaproq) o`simligi jilg’alarning adirlariga qo`yiladigan doimiy nam joylarida, ariq bo`ylarida va ekiladigan, namligi ko`p joylarda o`sadi. Bu misollardan maqsad shuki, har bir o`simlikning o`ziga xos o`sish joyi va sharoitlari bo`ladiki, bu joy va muhitda ular o`sib, rivojlanish, nasl qoldirishga qodir bo`ladi. Ana shunday sharoitda o`sgan o`simlik sog’lom baquvvat bo`lsa, ularni tabobatda ishlatish maqsadga muvofiqdir. Tog’, cho`l va sahrolardan olingan o`simliklar ekiladigan maydonlardan olinganiga nisbatan, hajmi kichik, moddasi zich, shifobaxshligi kuchli va shiddatli bo`lishi bilan birga, aksariyat holatlarda tog’, sahro va cho`llardan olingan dorivor mahsulotlar issiq mizojlilik xususiyati bilan kuchliroq bo`ladi. Ekiladigan maydonlardan olingan dorivor mahsulotlarning issiqlik mizoji tog’, sahro va cho`ldan olinganlarga nisbatan kamroq bo`ladi, chunki ularning moddasi g’ovak, namligi ko`p, ta`mi, hidining o`tkirligi kamroq bo`ladi. Ekiladigan joylardan yig’ilgan dorivor moddalarning ko`pchiligi birinchi ikkinchi darajada issiq, mo`tadil, yoki bo`lmasa sovuq, ho`l mizojlidir. Bemorlarga darmon va parhez buyurishda buni e`tiborga olish lozimdir. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling