Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi
Download 0.87 Mb.
|
Mustaqil ish kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- - bosqichda
A`zoning quvvatiga ko`ra dori berish 3 yo`l bilan amalga oshiriladi1) A`zoning boshqaruvchi ekanligiga rioya qilish 2)A`zoning hamkorligiga rioya qilish 3) Sezgining o`tkir va o`tmasligiga rioya qilish Sharq tabobatida bemorlarni davolash uch bosqichda olib borilgan:- bosqichda xastalik sababi aniqlangan va uni to`laqonlik davolashga tayyorlagan. - bosqichda bemor tanasi xastalikka sabab bo`lgan xiltlardan tozalangan, ya`ni tanqiya qilingan. - bosqichda tanqiya qilingan bemorga parhez taomlar bilan birga davoli ozuqa yoki ozuqali davo buyurilib, parvarish qilingan. Tanqiya qilish – g’ayri tabiiy xiltdan tanani to`liq tozalashdir. Tanqiya so`zi forscha tildan olingan bo`lib, "tozalash" ma`nosini bildiradi, tanani tanqiya qilish uchun musxil va mulayyin darmonlardan foydalaniladi. Organizmni bo`shatilishiga (istifrog’ qilish) 10 ta holat dalil bo`ladi: 1.To`lib ketish (imtilo) 2.Quvvat 3.Mizoj 4.Munosib holatlar 5.Tashqi ko`rinish 6.Yosh Fasl Shahar iqlimining xususiyatlari 9.Bo`shatilishga odat qilinganligi 10.Kasbi Shu bo`shatilishga teskari dalillar bo`lsa, bo`shatish man qilinadi. Badanning bo`shligi va shuningdek, uch quvvatdan qaysi biri bo`lsa ham, birining zaifligi bo`shatishni albatta man qiladi. Issiq quruq mizojda bo`shatish man qilinadi. Sovuq ho`l mizojda ham issiqlikning yo`qligi yoki kuchsizligi tufayli bo`shatish man qilinadi. Ammo, issiq ho`l mizojda organizmni bo`shatishga keng ruxsat beriladi. Kishi juda ozg’in, badani g’ovak va bo`sh bo`lsa dori bilan tadbir qilishning va sovuq ham ho`llik tomoniga olib boradigan yaxshi qon paydo qiluvchi narsalar bilan ovqatlantirish kerak. O`ta ketgan semizlikda ham bo`shatish man qilinadi, bunda sovuqning ustunlik qilish xavfi va go`shtning tomirlarni siqishi va bo`shatish vaqtida ularni bekitish xavfi bor. Bunday vaqtda issiqlik kamayib qoladi yoki chiqindilar ichki a`zolarga quyiladi. Qattiq issiq va qattiq sovuqda ham bo`shatish qilinadi. Janub tomonda bo`lgan juda issiq mamlakatlarda ham bo`shatish man qilinadi, chunki surgi dorilarning ko`pchiligi issiqlik bo`lib, ikki issiqlikning va tortuvchining birga kelishiga chidab bo`lmaydi, bu holda quvvatlar kuchsizlanadi. Tashqaridagi issiq sirtga, dori esa ichga tortadi, natijada qarama - qarshi tortishuv bo`lib, xilt o`z joyida turib qoladi. Shimol tomonning qattiq sovuq va bo`shatilishga kam odat qilinganlik uchun ham bo`shatilishni man qiladi. Ko`p terlash bilan aloqali bo`lgan kasb, masalan hammom xodimi va hammollik va umuman og’ir mehnat bilan aloqador boshqa kasblarda ham bo’shatish ham man qilinadi. Har bir bo`shatishda quyidagi besh narsani nazarda tutish kerak bo`ladi. 1.Bo`shatilishga lozim bo`lgan narsani chiqarish. Bu xil bo`shatilishdan keyin, albatta inson rohatlanadi, lekin rohat sezilmasa, bo`shalish orqasidan ichaklarning charchashi, issiqlik qo`zg’alishi, bir kunlik isitma yoki boshqa kasallikning paydo bo’lishi kuzatiladi. Masalan, surgidan ichaklarning shilinishi va siydik haydovchi doridan qovuqning yaralanishi kabi kasalliklar paydo bo`ladi. Natijada bunday bo`shalish foyda qilsa ham u sezilmaydi. Lekin bu holatlar tezda yo`qolib ketadi. Qaysi tarafdan bo`shatish kerakligini o`ylash kerak, masalan ko`ngil aynishda o’stirish bilan va ichak og’rig’ida surgi bilan tozalanadi. Bo`shatiladigan (narsa) chiqadigan joyda turuvchi a`zoni aniqlash kerak. Masalan: jigar kasalliklarida o`ng qifol emas, balki o`ng boshliq tanlanadi. Chunki hammom yomon xiltni sirtga tortadi. Hammom qishda ich surishga yordam beradi. Bo`shatish vaqtini bilish zarur . Gavdadan chiqariladigan modda miqdorini belgilash. Bu esa yomon xiltlarning qancha ekanligi, kishining quvvatini va bo`shatishdan keyingi yuzaga keladigan holatlarni ko`zda tutish bilan hosil bo`ladi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling