Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi
Ichni surish va uning qonuniyatlari
Download 0.87 Mb.
|
Mustaqil ish kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyiotlar Asosiy adabiyotlar
- Dorilarning ta’sir turlari va turli omillarga bog‘liqligi Mashg’ulotning maqsadi
- Talaba bajara olishi lozim
- Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik
- Mashg’ulotning mazmuni
- Tayanch atama va iboralar.
- Mustaqil bajarish uchun vazifalar
Ichni surish va uning qonuniyatlariSurgi dori iste`molidan ilgari sovuq mizojli kasalliklarda dorini qabul qilishga gavdani tayyorlash, teri teshiklarini kengaytirish va tabiatni yumshatish zarur. Ichni surishdan ilgari tabiatning yumshoq qilinishi yaxshi qonun bo`lib, unda hech qanday xavf yo`q, faqat zarabga moyil kishilar bundan mustasno. Chunki tili chuchuk kishilar , ich burilishi borlar zarab kasalligiga moyil kishilar bo`lib, ular kuchli surgi dorini ko`tara olmaydilar. Ularning ich buzuqliklari ko`proq boshlaridan tushadigan nazladan bo`ladi. Ichaklarda quruq cho`kmalar bo`la turib surgi ichish xavfli ishlardandir. Ularni ich surishdan avval huqna qilish bilan bo`lsa ham yoki suyultiruvchi – sirg’antiruvchi narsa yordamida bo`lsa ham chiqarish zarur bo`ladi. Agar biror boshqa qarshilik qiladigan narsa bo`lmasa, surgidan bir necha kun ilgari hammomga tushish ichni suyultirib, kishini ich surishga tayyorlovchi yaxshi narsalardandir. Surgi ichgandan keyin hammomga tushilmaydi. Chunki hammom yomon xiltni sirtga tortadi. Surgi ichuvchi kishining atrofidagi havo terlatmaydigan, betoqat qilmaydigan darajada bir oz issiqqa yaqin bo`lishi zarur. Uqalash, yog’ bilan ishqalash ham surgi ichishga tayyorlovchilardandir. Ilgari dori ichmagan kishiga kuchli surgi ichirishga shoshilmaslik kerak. Me`dasi buzilgan, yopishqoq xiltlari bor, qovurg’alarining ko`miklari tagida tortishish bor kishining va ichki a`zolarida alangalanish va tiqilma bor kishining to o`sha kasalliklari tuzalguncha surgi ichish kerak emas. Turib qolgan suvni ichuvchilar va talog’i kasal kishilar kuchli surgiga muhtoj bo`ladilar. Kuchli surgi ichgan kishi dori amal qilishidan oldin uxlashi, kuchsiz surgi ichgan kishi esa uxlamasligi yaxshiroq. Dori ichganda tinch turish kerak, toki tabiat uni o`rab unga ta`sir qilsin. Agar surgi ichishda hididan nafrat qilsa, burun teshiklarini bekitish kerak. Qaynatilib tayyorlangan suyuq surgining iliq holda ichilishi va surgi habning iliq suvda ichilishi kerak. So`ng dori ichgan kishining me`dasi va oyog’i issiq tutilishi kerak. Dori ichib ko`ngil tinchigach turib oz-oz harakat qiladi, vaqti-vaqti bilan issiq suv ichib turiladi. Yozning issig’ida surgi qiluvchilarning ko`pi isitma kasalligiga uchraydi. Dori ichuvchining me`dasi safroli bo`lib, unga safro tez quyilib tushishi sababli yoki ovqatdan saqlashni va ochlik zamoni uzaygani sababli, me`dasi yemay turishga chidamasa, u kishiga dorini ichirib, ich surishdan ilgari bir oz sharobda ivitilgan non yediriladi. Qaynatmalar bilan ichilishi zarur bo`lgan xablarni o`zlariga hamjins qaynatmalar bilan ichish kerak. Masalan: safroni suruvchi xabni shaxtara qaynatmasi bilan, savdoni suruvchi xabni devpechak va chilpoya kabi qaynatmalar bilan ichish zarur.
Falaj va sakta holatidagi kishilarda dorilarning kerakli joyga borib turishdagi yo`llari tor bo`lib, ich surish ularda qiyin bo`ladi. Bir kunda ikki xil surgi iste`mol qilish xatarli va noto`g’ridir. Surgi dori iste`mol qilgan kishi ikkinchi kuni hammomga tushmog’i kerak. Shu vaqtda xiltlardan qoldiq qolgan bo`lsa tozalanadi. Surgi dorini bahorda yoki kuzda ichish kerak. Sirius yulduzining chiqish vaqti, tog’da qor tushgan va qattiq sovuq vaqti surgi ichish vaqti emas. Ich surish tomirlarning zaifligi, tomirlar teshigining kengligi, surgi dorining tomirlar teshigini achishib kuydirishi, ich surishdan yoki o`rnini bosuvchi biror narsadan badandagi mizojning buzilishi sababli ortiq darajaga yetib boradi. Ichni surish juda oshib ketsa, ho’l va oyoqlarni yuqoridan pastgacha, qo`ltiqdan va son boshidan quyigacha bog’lab tushish kerak. U kishiga bir oz taryoq va filuniyo ham ichirish lozim. Mumkin bo`lsa, hammomda yoki kiyimlarga o`rab, suv bug’i bilan terlatiladi. Bemorga rayhon suvi, sandaldan, kofurdan, mevalardan siqib olingan suvlardan tayyorlangan laxpaxalar beriladi. Kasalning sirtqi a`zolarini uqalash, alanga yordamida qo`yiladigan qortiqlar bilan qizdirish kerak. Surgi dori surmasa, kasalning ichi burab og’risa, tabiatini buzib, uni bezovta qilsa, boshini og’ritsa, kerishish va esnash paydo qilsa, huqnaga va ma`lum ko`tariladigan dorilarga murojat qilish kerak bo`ladi; bunda uch ko’ram mastakini iliq suv bilan ichirish lozim. Ko`pincha dori ustidan burishtiruvchi narsalarni ichish, behi va olma kabilarni yeyish dorining kuchini oshiradi. Chunki ular me`da og’zini va uning tubini qisadi, ko`ngil aynishini bosadi, dorini yuqoridan pastga yurgizadi va tabiatini kuchaytiradi. Agar huqna foyda bermay yomon holatlar, ya`ni badan tortishishi, ko`zning kosasidan o`ynab chiqishi kabilar paydo bo`lsa, dorining harakati yuqoriga bo`lsa, albatta tomirdan qon olish kerak. Foydalanilgan adabiyiotlar Asosiy adabiyotlar 1. 1. Абу Али ибн Сино асарлари: 1.Абу Али ибн Сино. Тиб қонунлари [3 жилдли сайланма; тузувчилар: У. Каримов, Ҳ. Ҳикматуллаев]. 1-жилд. Тошкент, 1993. 2.Абу Али ибн Сино. Тиб қонунлари [3 жилдли сайланма; тузувчилар: У. Каримов, Ҳ. Ҳикматуллаев]. 2-жилд. Тошкент, 1992. 3.Абу Али ибн Сино. Тиб қонунлари [3 жилдли сайланма; тузувчилар: У. Каримов, Ҳ. Ҳикматуллаев]. 3-жилд. Тошкент, 1993. 4.Абу Али ибн Сино. Тиббий ўгитлар. Тошкент, 1991.Internet saytlari http://www.ziyonet.uz http://www.wikipedia.ru http://www.chemist.com 4-amaliy mashgulot. Ibn Sino xalq tabobatida ishlatgan dorivor o’simliklar klassifikatsiyasi. Dorivor mahsulotlarni olish va qoidalari. Dorilarning ta’sir turlari va turli omillarga bog‘liqligi Mashg’ulotning maqsadi: talabalarda Ibn Sino xalq tabobatida ishlatgan dorivor o’simliklar klassifikatsiyasi. Dorivor mahsulotlarni olish va qoidalari.Dorilarning ta’sir turlari va turli omillarga bog‘liqligi haqida ma‘lumot berish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish. Masalaning qo’yilishi: Ibn Sino xalq tabobatida ishlatgan dorivor o’simliklar klassifikatsiyasi. Dorivor mahsulotlarni olish va qoidalari.Dorilarning ta’sir turlari va turli omillarga bog‘liqligi haqida ma‘lumot berish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish haqida talabalarga beriladigan bilim va ko‗nikmalar. Talaba bilishi lozim: 1.Dorivor mahsulot olinadigan o`simlikni tasvirlay bilishi va uni boshqa o`simliklardan farqlab, ajratib olish kerak. Dorivor o`simlik olinadigan jug’rofiy joyni aniqlash lozim. Dorivor o`simliklarni yig’ish vaqtini va zamonini bilish shart. Yig’ilgan dorivor xom ashyolarni tozalab bilish, qanday sharoitda quritish va saqlash shartlarini bilish. Talaba bajara olishi lozim: Dorilarning organizmga ta`sir mexanizmini bilish lozim. Dorivor o`simliklar, hayvon mahsulotlarini mizojini va mizoj darajasini aniqlay bilishi shart. Yig’ilgan sodda dorivor moddalarga sharqona tabobat uslubida ishlov berib, polufabrikatlar tayyorlashni va bu polufabrikatlarni saqlash shartlarini bajarish lozim. Agar zarurat tufayli murakkab darmonlar tayyorlansa, dorivor mahsulotlarni mizoj darajalariga asoslangan holda, ularni qay nisbatda va qanchadan qo`shishni va tayyorlangan darmonni yetilish, ya`ni iste`molga tayyor bo`lish vaqtini, uning kayfiyat va mizojini va shuningdek, uning iste`mol miqdorini aniqlash kerak. Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik: Mashg‘ulot davomida olingan bilimlardan Farmatsevtik yordam, BTY’o va klinik farmatsiyada barcha mavzularini o‘zlashtirishda foydalanish mumkun. Motivatsiya: Ibn Sino xalq tabobatida ishlatgan dorivor o’simliklar klassifikatsiyasi. Dorivor mahsulotlarni olish va qoidalari.Dorilarning ta’sir turlari va turli omillarga bog‘liqligi haqida ma‘lumot berish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish haqida talabalarga beriladigan bilim va ko‗nikmalar. Mashg’ulotning mazmuni: Ibn Sino xalq tabobatida ishlatgan dorivor o’simliklar klassifikatsiyasi. Dorivor mahsulotlarni olish va qoidalari.Dorilarning ta’sir turlari va turli omillarga bog‘liqligi haqida ma‘lumot berish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish haqida. Tayanch atama va iboralar. Dorivor mahsulot. Mustaqil bajarish uchun vazifalar: Sharq tabobati dorishunoslik fani - hozirgi zamon tibbiyot tili bilan talqin qilinganda, farmakogneziya grekcha “Pharmacon – zahar yoki dori”, “gnosis- bilim” so`zidan olingan bo`lib, asosan o`simlik va qisman hayvon va ma`danlardan olinadigan dori mahsulotlarini o`rganadigan fandir. Sharq xalqlari tabobatida ishlatiladigan dorivor mahsulotlarga - o`simliklarning ildizi, tanasi, bargi, guli, mevasi, ildiz va tanasining po`stlari, shuningdek o`simlikning shirasi - smola va yelimi misol bo`lsa, hayvon mahsulotlaridan ularning go`shti, qoni, iligi, suti, hayvon chiqindilari, o`ti, miyasi, ma`danlardan esa aynan o`sha ma`dan o`zi misol bo`ladi. Sharq xalqlari tabobati bilan shug’ullanuvchi hakim amaliy ish jarayonida oldiga qo`yilgan quyidagi talab va shartlarni bajarishi shart. Aks holda tayorlangan darmonining shifobaxshlik xossasi kamayib, kutilgan natijaga erishilmaydi yoki bo`lmasa, darmon deb zahar tayyorlab bemorni o`ldirishi mumkin. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling