Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi


Download 0.87 Mb.
bet43/55
Sana20.08.2020
Hajmi0.87 Mb.
#127117
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55
Bog'liq
Mustaqil ish kitob

Belgilari:


    • yengil bosh ogrigi

    • kuchsiz isitma

    • ogir uyqu

    • kasal ko`zini ochish uchun yumadi.

    • unutish

    • esnash, ogizni ochib yopish ko`payadi

    • ba`zan ogiz ochilgancha qoladi, u yopishni unutadi yoki bekitishni xohlasa ham uning uddasidan chiqmaydi

    • nafas siyrak, sust, kuchsiz bo`ladi Me`da hamkorligi ham qo`shilsa:

-hiqqichoq

-til oqligi



-so’rogga javob bermaslik

-ko`z miklarini qimirlata olmaslik

-aql chalkashligi

-qo`l-oyoqlar titrab, terlaydi



-o`ringa yotganda bemor terga botib yotadi

-tomir urishi qattiq, siyrak, sust, titroqli, to`lqinsimon bo`ladi

Agar shish savdo moddasidan bo`lsa, qattiq og’riq bilan birga asabiylik va alaxlash bo`ladi, uning ko`zi ochiq, lekin hech narsani eslay olmaydigan holatda bo`ladi .

Agar shish miya magzining o`zida bo`lsa, ogir uyqu, harakat qiyinligi, til oqarishi, ko`z qorachig’i bir oz o`ynab turadi, uning harakati qiyinlashadi, og’riq esa bo`shroq bo`ladi.

Agar shish miya pardasida bo`lsa, og’riq qattiqroq, harakat esa yengilroq bo`ladi. Bunda unutish va siydik chiqaruvchi mushakning kuchsizligi sababli siydik to`xtamay, siydik tutolmaslik yuzaga keladi. Belgilari: yuqoridagi belgilarga terlash ham qo`shilsa, o`lim yuzaga keladi. Chunki terlash organizm quvvatini tushirib yuboradi. Davolash: badan tanqiya qilinadi : a) qon olish b) huqna v) qustirish. Bemorni yorug uyda yotqizib, qattiq uxlashga qo`ymaslik, uygotib turish kerak. Sovuq suv ichirilmaydi, badaniga zaytun yogi, tabiiy soda, qichitqio`t urugi, murch kabi dorivor o`simliklar surtiladi. Bundan tashqari tarqatuvchi quvvati kuchli bo`lgan dorilardan, hidlatiladigan, aksirtiradigan dorilar - tog jambili, yalpiz, kaklik o`ti, asal, dengiz piyozi ishlatiladi. Qo`l-oyoqlar qizarib (oqarguncha), og’riguncha ishqalab uqalanadi. Ovqat yegandan so`ng qo`l-oyoqlar bir necha soat uqalash amaliyoti qilinadi. Bemorning fiziologik chiqaruvini me`yorlashtirish uchun qorni va qovuq binafsha, gulsapsar ildizi qaynatilgan suv bilan uqalanadi. Xastalikdan tuzalish davrida yengil badantarbiya mashqlari bajariladi.

Dorivor o`simliklardan: yovvoyi bodring, gazako`t hidlatiladi. Dengiz piyozi asal, sikanjubin bilan ichiriladi. Ushbu kasallar uchun surtiladigan yaxshi yog - tuya boldir suyagining iligi bilan gul yog’i bo`lib, ular qo`shilib chakkaga, bosh chakkalariga, umurtqalarga va ko`krakka surtiladi.

Daraxt po`kagi, rum sassiq kovragi, cho`l sariq sogi, yumshoq oristologiya ildizi, shomgul kabilar doimo ichirilib turiladigan dorilardan bo`lib, ularni suv bilan doimo ichish uchun tavsiya qilish kerak. Shuningdek, dafna daraxtining mevasidan ham

berib turiladi. Tutqanoqqa uchragan bemorlarni bir joydan ikkinchi joyga ko`chirtirish ham foydali tadbirlardan biri bo`lib hisoblanadi.



Saktaga uchragan kasalni boshiga va boshqa a`zolariga qizdiradigan kompresslar boglanadi va ukrop, darmana, yalpiz, tog jambili, qashqar beda, buyimodoron kabi kizdiruvchi qaynatma suvlar quyiladi. Ba`zan gazako`t qo`yiladi. huqna va boshqa yo`llar bilan boshatgandan sung, burunga yetmak va kuchli aksirtiradigan dorilar yaqinlashtiriladi.

Me`dasida to`liqlik borligini aniqlashsa, qustiriladi. Tishlari bir-biriga ishqalanmasligi uchun ogziga jun koptokcha tiqiladi. 3 haftadan so`ng hammomga tushiriladi va badaniga yog surtiladi. Saktaga uchraganlar yengil ovqatlanishi zarur. Ovqat ustidan suv ichish juda zararli. Saktali kishi isitma chiqarsa, ahvol aniqlanguncha tadbirni to`xtatib turamiz, ba`zan bu buxron belgisi bo`ladi, 72 soatgacha to`xtatib turiladi. Agar isitma shish va sasish natijasida bo`lsa, bemor o`ladi.

zaytun yog’i qo`shilgan no`xat suvi kabi latiflashtiruvchi ovqatlar beriladi

-agar kasalga ich qotish bo`lsa, xuqna qilinadi

-yuz falajiga uchragan kishining yuzi sirka bilan doimo yuvib turiladi va yuqoridagi aytilgan joylarga sirka surtiladi

-darmona, buyimodoron, isiriq, dafna daraxti kabi dorilarning qaynatmasi yuzga surtiladi

-kasal tomon bilan chaynash tavsiya etiladi

-yuz falajiga uchragan kishilar doimo oynaga qarashi kerak, chunki ular yuzlarini doimo baravarlashishiga harakat qiladilar.

Foydalanilgan adabiyiotlar
Asosiy adabiyotlar

1. 1. Абу Али ибн Сино асарлари:

1.Абу Али ибн Сино. Тиб қонунлари [3 жилдли сайланма; тузувчилар: У. Каримов, Ҳ. Ҳикматуллаев]. 1-жилд. Тошкент, 1993.
2.Абу Али ибн Сино. Тиб қонунлари [3 жилдли сайланма; тузувчилар: У. Каримов, Ҳ. Ҳикматуллаев]. 2-жилд. Тошкент, 1992.
3.Абу Али ибн Сино. Тиб қонунлари [3 жилдли сайланма; тузувчилар: У. Каримов, Ҳ. Ҳикматуллаев]. 3-жилд. Тошкент, 1993.
4.Абу Али ибн Сино. Тиббий ўгитлар. Тошкент, 1991.Internet saytlari
6-amaliy mashgulot. Yurak qon tomir tizimiga ta’sir etuvchi o‘simlik preparatlari. Qon oqishini to‘xtatuvchi dorivor o‘simliklar.

Mashg’ulotning maqsadi: talabalarda Yurak qon tomir tizimiga ta’sir etuvchi o‘simlik preparatlari. Qon oqishini to‘xtatuvchi dorivor o‘simliklar preparatlari. Farmakologik va farmakoterapevtik xarakteristikasi, ishlatilishi haqida ma‘lumot berish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.

Masalaning qo’yilishi: Yurak qon tomir tizimiga ta’sir etuvchi o‘simlik preparatlari. Qon oqishini to‘xtatuvchi dorivor o‘simliklar preparatlari. Farmakologik va farmakoterapevtik xarakteristikasi, ishlatilishi haqida ma‘lumot berish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish haqida talabalarga beriladigan bilim va ko‗nikmalar.

Talaba bilishi lozim:

- yurak yetishmovchiligi, yurak astmasi, o`pka shishi

-perikarditlar

-infeksion endokardit va miokardit

-orttirilgan yurak nuqsonlari

-to`satdan koronar o`lim

-stenokardiya

-miokard infarkti

-yurak aritmiyalari



Talaba bajara olishi lozim:

- Tomir urishi- Puls (nabz) 2.Nafas olish harakati 3.Ko`krak qafasining tuzilishi 4.Ko`krakdagi mo`ylar

5.Terini ushlab ko`rgandagi holati, badanning holati



Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik: Mashg‘ulot davomida olingan bilimlardan Farmatsevtik yordam, BTY’o va klinik farmatsiyada barcha mavzularini o‘zlashtirishda foydalanish mumkun.

Motivatsiya: Yurak qon tomir tizimiga ta’sir etuvchi o‘simlik preparatlari. Qon oqishini to‘xtatuvchi dorivor o‘simliklar preparatlari. Farmakologik va farmakoterapevtik xarakteristikasi, ishlatilishi haqida ma‘lumot berish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish haqida talabalarga beriladigan bilim va ko‗nikmalarMashg’ulotning mazmuni: Yurak qon tomir tizimiga ta’sir etuvchi o‘simlik preparatlari. Qon oqishini to‘xtatuvchi dorivor o‘simliklar preparatlari. Farmakologik va farmakoterapevtik xarakteristikasi, ishlatilishi haqida ma‘lumot berish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish haqida talabalarga beriladigan bilim va ko‗nikmalar sihaqida bayon etish, ularning tavsiflari bilan tanishtirish.

Tayanch atama va iboralar. stenokardiya-miokard infarkti -yurak aritmiyalari

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling