Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi
Yurak kasalliklarini tashxislash va davolash
Download 0.87 Mb.
|
Mustaqil ish kitob
Yurak kasalliklarini tashxislash va davolash.Yurak kasalliklarining belgilari Tabiiy bo’lmagan mizojlarning dalillari yurak kasalliklarini bildiruvchi belgilardandir. Kuchning zaifligi va ketish, sirtqi yoki dastlabki biror sababdan yoki boshqa a`zoning hamkorligidan bo’lmagan ozish yurak mizojining buzilganiga belgi bo`ladi; agar shu holda xafaqon ham paydo bo`lsa, belgi to’la-tekis bo`ladi, agar u hushdan ketishga borib taqalsa, mizoj buzilganligi kuchaygan bo`ladi. Yurakda moddasiz sovuq yo issiq, yoki quruq, mizoj buzilishi kuchaysa, badan silliq va ozish yo`liga kiradi, buzilgan mizoj issiq bo`lsa, umuman ingichka og’riq kasaliga uchraydi, sovuq bo`lsa, ingichka og’riqning keksa va juda qarib zaiflashib ketgan kishilarda bo`ladigan bir turini keltirib chiqaradi, quruq bo`lsa, sil va ingichka og’riq kasalliklarini keltirib chiqaradi; bu sil o`pkadan bo`ladigan sildan boshqacha bo`ladi, chunki bunda o`pkaning o’zi zararlanmaydi, bunga yo`liqqan kishida yo’tal ham bo’lmaydi, issig’i yo’qligidan issiq ingichka og’riq kasalligidan ham boshqacha bo`ladi Yurakdagi buzilgan issiq mizojning belgisi: tomir urishining tezligi va ketma- ketligining tabiiylikdan ortib ketishi, nafasning odatdagidan ko’ra ko`proq tez va ketma-ket bo`lishi, sovuq havo bilan to’xtaydigan kuchli tashnalik, salqindan rohatlanish, boshqa biron sababsiz badanning umumiy ozishi va erishi, alangalanish bilan birga bo`lgan g’amginlik va behuzurlikdir. Buzilgan sovuq mizojning belgisi tomir urishining odatdagidan ko’ra kichikligi, sustligi va siyrakligidir; lekin quvvati tushib boshqa yo`l bilan qoplanmagan hojatni qoplash uchun ketma-ket nafas olishga majburiyat paydo bo`lsa, u belgi bo’lmaydi. Yana nafas olishning kuchsizlanishi, quvvatning tarqalishi, isitadigan turli narsalarga tekkanda, ularni hidlaganda va tatiganda rohat topish; shuningdek cho’chiydigan bo`lishlik,qo`rqoqlik, haddan tashqari yumshoqlik va ko`ngilchanlikham buzuq sovuq mizojning belgilaridandir. Buzilgan ho’l mizojning belgisi tomir urishining odatdagidan ko’ra yumshoqligi, ruhga ta`sir qiluvchi narsalardan tez ta`sirlanish va ta`sirning tez ketishi, xiltlarning hidlanishidan bo`ladigan isitmalarning ko`p bo`lishidir. Buzilgan quruq mizojning belgisi tomir urishining odatdagidan ko’ra quruqligi, ta`sirlanishning qiyinligi, ta`sirlanishning kuchli yoki kuchsiz bo`lsa ham uzoq vaqt qolishi va badanning ozishidir.Yurakda bo`ladigan shishlarning belgilariga kelsak, ularning ba`zilari issiq shishlarning belgilaridan iborat, ularning boshlanish paytida tomir urishida qiziq va odatdan tashqari notekislik yuz beradi, badanda, ayniqsa nafas a`zolariga beriladigan alanga zo’rayadi. Nafas oluvchi kishi eng sovuq havoni burun orqali mumkin qadar ko`p tortsa ham, nafas olmayotgandek bo`ladi, so`ngra uning ketidan bir necha bor hushdan ketishlik yuz beradi.
Yurakda uzluksizlikning buzilganligi esa sirtda bo`ladigan sabablar orqali bilinadi. Ba`zi tabiblarning aytishicha, yurakda yara paydo bo`lsa, kishi o’ladi, uning belgisi chap sut bezi tugmachasining og’rishidir. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling