Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi


Mizojlardan olinadigan dalillar


Download 0.87 Mb.
bet46/55
Sana20.08.2020
Hajmi0.87 Mb.
#127117
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55
Bog'liq
Mustaqil ish kitob

Mizojlardan olinadigan dalillar

- Buzilgan sovuq mizojning belgilari.

- Me`daning buzilgan sovuq hol mizojini davolash-


Talaba bajara olishi lozim:

- Tomir urishi- Puls (nabz) 2.Nafas olish harakati..Terini ushlab ko`rgandagi holati, badanning holati

Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik: Mashg‘ulot davomida olingan bilimlardan Farmatsevtik yordam, BTY’o va klinik farmatsiyada barcha mavzularini o‘zlashtirishda foydalanish mumkun.

Motivatsiya: Me’da – ichak va jigar faoliyatiga ta’sir etuvchi dorivor o‘simliklar preparatlari. Farmakologik va farmakoterapevtik xarakteristikasi, ishlatilishi haqida ma‘lumot berish va amaliy

ko‘nikmalarn shakllantirish haqida talabalarga beriladigan bilim va ko‗nikmalar.



Mashg’ulotning mazmuni: Me’da – ichak va jigar faoliyatiga ta’sir etuvchi dorivor o‘simliklar preparatlari. Farmakologik va farmakoterapevtik xarakteristikasi, ishlatilishi haqida ma‘lumot berish va amaliy

ko‘nikmalarn shakllantirish haqida talabalarga beriladigan bilim va ko‗nikmalar.



bayon etish, ularning tavsiflari bilan tanishtirish.

Tayanch atama va iboralar. Me`daning tabiiy mizojlari

Nasariy qism

Yoqadigan yoki yoqmaydigan va zarar keltiradigan narsalardan dalil olinishiga kelsak, bunda me`daga sovutuvchi narsalar yoqadimi yo qizituvchi narsalarmi, yoki qurituvchi va hollovchi narsalar yoqadimi uni kuzatish kerak

Me`da ahvoli quyidagi belgilar orqali aniqlanadi: me`da ko`tara oladigan va ko`tarolmaydigan ovqatdan, me`daning ovqatni singdirishidan yoki haydashidan, ovqatga va ichimlikka bo`lgan ishtahasidan, uning harakatlaridan, me`da xafaqonniva hiqqichoq kabi betoqatligidan; ogizdagi maza hamda uning holligi va quruqligi, dagalligi va silliqligi hamda hididan, qusish orqali me`dadan chiqadigan narsadan, yo axlat yoki tovushli va tovushsiz chiqariladigan yeldan, yoki yuqoridan chiqadigan yeldan, ya`ni kekirishdan, tutilib qolgan yeldan, ya`ni qorin quldirashidan, yuzning va ogiz ichining rangidan, og’riq va alamlardan, me`daning boshqa a`zolarga hamkorligidan, me`daga mos keladigan yoki zarar qiladigan ovqat, ichimlik va dorilardan bilinadi.

Me`daning ovqatni ko`tara olishi va ko`tara olmasligidan dalil qilishga kelsak, agar u odatdagidan ko`ra kam va ozgina ovqatnigina ko`tara oladigan bo`lsa, me`dani kuchsizlantiradigan biror sabab bilan kuchsizlashgan bo`ladi, agar odatdagi miqdorni ko`tarolsa, quvvati joyida qolgan bo`ladi.

Axlat va qorindan chiqadigan narsalar orqali belgi olish: rangi va sassiqligi o`rtacha bo`lib, o`zi bir xilda bo`lgan axlat hazmning yaxshiligiga dalil bo`ladi, hazmning yaxshiligi esa me`daning kuchli ekaniga dalil bo`ladi, me`daning kuchliligi mizojning mo`tadilligiga belgidir. Ammo hazm bolmagan ovqatning chiqarilishi me`da kuchsizligiga va undagi mizojning buzilganiga dalil bo`ladi. Axlatning rangi me`dada qanday modda borligini bildiradi. Axlatning sassiq va suyuqligi uning vaqtidan ilgari me`dadan tushganligini bildiradi, bunga tutuvchi quvvat kuchsiz bo`lib, me`daning ovqatni ushlab turolmasligi sabab bo`ladi. Axlat suyuq bo`lmasa, vaqtidan ilgari tushganiga emas, balki hazm quvvatining kuchsizligiga dalolat qiladi. Hiqichoqdan dalil olishga kelsak, hiqichoq tutayotgan kishi achishganlikni sezsa, me`dada nordon, o`tkir yoki achchiq xiltlar bor bo`ladi, agar u tortishganlikni sezsa, me`dada yel bor bo`ladi. Bularning hech qaysisi ham sezilmasa va tashnalik bo`lmasa me`dada shilliq xilti bor bo`ladi.Agar hiqichoq boshatilishlar va isitmalardan keyin bo`lsa, me`dada quruqlik bor bo`ladi.

Tashnalikdan belgi olinishi: tashnalik issiq mizojga belgi bo`ladi, agar u ko`ngil aynash bilan bo`lsa, o`t moddasiga yoki sho’r shilliq moddasiga dalolat qiladi. Agar tashnalik issiq suv ichish bilan bosilsa, me`dadagi modda, ko`pincha sho`r va burakli shilliq bo`ladi, agar u ortsa modda o’t bo`ladi.

Ogiz va til holidan dalil olishga kelsak, agar me`da og’riqlarida til juda dagallashib qizarsa, me`dada qonning ko`payganiga yoki unda qondan bo`lgan issiq shish borligiga dalolat qiladi. Til sargish bo`lsa, kasallik safroda bo`ladi, agar u qoramtir bo`lsa, savdo xilti sababli, oqish va sut rangli bo`lsa, rutubat sababli, faqatgina qurib tursa, me`dadagi quruqlik sababli bo`ladi.

Hazm qilishdan dalil olinishi: me`daga tushgan ovqat hazmdan keyin me`dada ogirlik, quldirash, damlik, kekirish, ogizda tutun maza yoki nordon maza, hiqichoq, uchish va tortishish paydo qilmasa, hazmning yaxshiligiga dalildir, bunda yana ovqatning me`dada qolish muddati mo`tadil bo`lishi, me`dadan tushishi munosib vaqtda bo`lib, undan oldin yoki keyin bo`lmasligi, uyqu tinch va sidirga, uygonish esa yengil va tez bo`lishi, ko`zda salqish va boshda ogirlik bolmasligi kerak shuning bilan birga ich yurishi oson bo`lib, hojatga borishdan oldin qorin quyisi ozgina ko`pchib turishi kerak: bu me`daning ovqatni yaxshi o`rab olganiga belgi bo`ladi, bu esa me`daning kuchliligiga, ovqat miqdori va sifatining muvofiqligiga dalolat qiladi. Me`da ovqatni o`ziga qamrab olmasa va yaxshi hazm qilolmasa, quldirash va ketma-ket kekirik paydo bo`ladi va ovqat me`dada uzoq, vaqt qoladi yoki kerakli vaqtdan oldin tushib ketadi.

Safro hazmni butunlay to`xtatish yoki uni kamaytirib ovqatni yetiltirmay qoldirish darajasida hazmga to`sqinlik qilmaydi, lekin, u ba`zan hazmni buzadi. Savdo esa yetilishga va hazmga to`sqinlik qiladi va ikkalasini ham buzadi. Shilliq esa savdodan ko`ra ko`proq buzadi. Me`dada shish va yara bo`lmasa, ovqat buzilmasa, lekin hazm yaxshi bo`lmasa, bunga mizoj buzilganligi sabab bo`ladi. Bu ko`pincha sovuqdan va rutubatdan bo`lib, undan keyin issiqlik, undan keyin quruqlik turadi.

Me`da ogriqlaridan belgi olinishiga misol tortishib og’rish yelga, og’irlik bilan bo`ladigan og’riq (tulikka begti) bo`ladi; achishib og’rish nordon, o`tkir, taxir yoki achchiq xilt borligiga dalil bo`ladi.

Ishtahadan olinadigan dalilga kelsak, bunda ishtahaning ko`pligidan, ko`pligida yoki yo`qligidan yoki ko`ngil tusagan narsasining turidan bilinadi. Masalan, ba`zida kishi tashna bo`lib, sovuq narsaga, ba`zida nordon narsaga intiladi, ba`zida esa kishi tashna bo`lsa ham ogiz suvini teradigan, sho`r va o`tkir narsalarga intiladi. Ba`zida bir vaqtning o`zida kishi o`tkir, sho’r va nordon narsalarni tusaydi, chunki bular zararli xiltni parchalab foyda yetkazishda bir-birlariga yordamlashadi ana shunday intilish me`daning kuchsizligiga dalil bo`ladi, chunki kuchli me`da yogli narsalarga intiladi. Ba`zan ko`ngil yomon va tabiatga xilof narsalarni tusaydi, masalan, ba`zilar ko`mirni, ishqorni va shunga o`xshash narsalarni tusaydilar; bu - yaxshi xiltlarga munosabati bolmagan buzuq va begona xiltlar sababli bo`ladi. Agar totish sezgisi soglom bo`lsa, ishtaha hech bir mazani shirin mazadan ustun ko’rmaydi, agar ishtaha buzilib shirin narsalarni yoqtirmasa, unda kasallik bor bo`ladi. Me`da yogli narsalarni istasa, unda burishish, zichlik va quruqlik mavjud bo`ladi. Tabiat qizituvchi ovqatlarni suymasa va sovutganligi sababli sovuq narsalarni tilasa, demak u issiq bo`ladi; qizituvchi narsalarni istasa, me`dada sovuqlik bor bo`ladi. Agar u parchalovchi, nordon va o`tkir narsalarni istasa, u me`dada yopishqoq xilt bor bo`ladi.

Issiq me`daning ishtahasi ovqatga qaraganda suvga talab ko`proq bo`ladi. Issiqlikning kuchliligi ko`pincha ozining tarqatishi, tarqalganning o’rniga badal talab qilinishi va achishtirishi sababli qattiq ochiqishni qozgatadi. Bu hech bir chidab bolmaydigan ochiqishning bir turi bo`ladi, unda, ayniqsa ovqat kechikkanda, behushlik yuz beradi. Me`daga quyilayotgan nordon savdo va nordon shilliqning miqdori ularni haydab chiqarishni talab qiladigan darajada ko`p bo`lmasa, u me`daning ishtahasi ko`payadi. U me`dada ishtaha kuchayib, biz bayon qiladigan sababga ko’ra "it ishtahasiga" aylanadi.

Ovqatga bo`lgan ishtaha hamma a`zolarga umumiy bo`ladi. Lekin bu umumiylik tabiiy bo`lib, oziqlantiruvchi quvvat istagining tortuvchi quvvatga bo`lgan aloqasi sababli vujudga keladi. Me`dada esa maxsus nafsoniy ishtaha bor, chunki u sezadi. Goho ba`zi kishilarga uzoq och yurib keyin ko`p ovqat yeyishga tog’ri keladi, ammo ular hazmsizlikka uchramaydilar, ko`p axlat chiqarmaydilar, shu bilan birga ularning badanlari semirmaydi. Shu holatga hazm quvvati va tortuvchi ishtaha quvvatining soglom bo`lishi va shu bilan birga singishining ham ko`p va tezligi sabab bo`ladi.

Ogiz mazasidan dalil olinishiga kelsak, ogizdagi mazaning achchiqligi me`dadaissiq va safro borligiga dalolat qiladi, nordonligi esa ko`pincha me`daning sovuqligiga, lekin ovqatni aslo hazm qildirmaydigan darajadan kamroq sovuqligiga dalil bo`ladi. Ba`zan nordonlik rutubat bilan birga kuchsiz issiqda ham dalil bo`ladi. Shu issiqlik rutubatni bir oz qaynatadi, biroq, keyin rutubatni yetiltirishga kuchsizlik qilib undan ajraladi natijada ogizda uzum suvinikiga o`xshash nordonlik paydo bo`ladi uzum suvi sovisa nordonlashadi, kuchsiz issiqdan qaynasa ham nordonlashadi. Goho nordon moddaning taloqdan me`daga quyilishi sababli ham ogizda nordonlik paydo bo`ladi. Taloq sababli bo`ladigan nordonlikda ishtaha kuchayadi, damlik va quldirash ko`payadi, hazm buziladi, nordon kekirik keladi. Ogizning mazasizligi me`dada mazasiz shilliq borligiga, sho’rligi sho’r shilliqqa yomon va yoqimsiz begona mazalar esa me`dada sasigan yomon begona xiltlar borligiga dalolat qiladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling