Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi
Download 0.87 Mb.
|
Mustaqil ish kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyiotlar Asosiy adabiyotlar
- 7-amaliy mashgulot. Me’da – ichak va jigar faoliyatiga ta’sir etuvchi dorivor o‘simliklar Mashg’ulotning maqsadi
- Masalaning qo’yilishi
- Talaba bilishi lozim
Yurakka ta`sir ko’rsatadigan sabablarYurakka ta`sir ko’rsatuvchi sabablarning ba`zilari yurakka xos, ba`zilari esa turli mizojlarni, turli shishlarni paydo qiluvchi, uzluksizlikni buzuvchi va shularga o`xshash yurakka va boshqa a`zolarga umumiy bo`lgan sabablardir. Ammo yana nafas olish jihatidan va turli hissiy kechinmalar jihatidan paydo bo`ladigan va faqat yurakka xos boshqa sabablar ham bor. Nafas olishda nafas siqilsa yo juda issiq, yoki juda sovuq nafas olinsa, undan albatta yurakka zarar yetadi. Tug’ma issiqlikni ichga bo’g’ib qamashda yoki uni sirtga tarqatishda haddan tashqari ta`sir ko’rsatadigan har bir sabab hushdan ketkazishgacha, hatto halok qilishgacha olib boradi. Shunday hissiy kechinmalardan biri bo`lgan g’azablanishning ta`siri hammasinikidan kamroq bo`ladi, chunki g’azablanishning halok qilishgacha olib borishi kam uchraydi. Uyqusizlik va haddan tashqari ko`p badantarbiya va shularga o`xshashlar ruhni tarqatishi sababli yurakni kuchsiz qiladi. Yurakni davolashning umumiy qoidalariAmmo bu yerda faqat tib kitoblarida aytilishi kerak bo`lgan qoidalarga amal qilib o’tamiz: yurak boshqaruvchi a`zo va hamma boshqaruvchi a`zolarning eng birinchisi va eng muhimi bo`lgani uchun uni dorilar bilan davolashdagi dadillik, yurak xiltini bo’shatmoqchi bo`lsak ham yoki mizojini almashtirmoqchi bo`lsak ham ehtiyotlik bilan ish olib borish kerak. Tomirlardan qon olib bo’shatishga kelsak, biz u bilan davolashga kirishganimizda tozalovchi boshqa tadbirlar bilan qo’shib qilishga ehtiyoj sezmaymiz, balki bizga ko`proq lozim bo`ladigan narsa unday bo’shatishni haddan tashqari qo’llab, kasalning quvvatini tushirib yubormaslik va agar quvvat ozgina susayib yurakning sovuq yoki issiq mizoji sababli kuchsizlanganda uni ko’taruvchi narsalar bilan kuchaytirish lozimdir.Bu faqatgina qon olishgagina tegishli emas, balki qon olishda garchi qattiqroq ehtiyot qilinsa ham, boshqa hamma bo’shatish tadbirlariga ham tegishlidir.Qon olishdan boshqa tadbirlarni ishlatishga ehtiyoj qolmasligining sababi qon olishning yurakka borib to’shadigan dori bilan bo’lmasligidadir; shu bilan birga yurakda bo`ladigan toliqishlarning ko`pi qon va bug’dan bo`lib, tomirdan qon olish har ikkalasining ham zararini qaytaradi.Agar to’liqlik qondan bo`lsa, o’ng bosliqdan, bug’dan bo`lsa, so’l boslikdan qon olinadi. Dorilar bilan bo`ladigan bo’shatishlarga kelsak, bunda yuqorida aytilgan tadbirga boshqa tadbirlarni ham qo’shish kerak, chunki bo’shatuvchi dorilarning ko`pi badanga qarama-qarshi bo`lganidan, ularni yurak dorilari bilan birgalashtirish kerak, yurak dorilari esa o’z xossalari bilan yurakka quvvat beradigan dorilardir. Yurak xiltini bo’shatishda ishlatiladigan dorilarga yurakka munosib bo`lgan taryoqlik va bodzahrlik dorilar aralashtiriladi. O’sha dorilarning ko`pi, hatto juda ko`pchiligi, boshqa tomondan ham foyda yetkazadi: ular bo’shatuvchi dorilarni yurakka o’tkazadi va yurakdan boshqaga o’tishdan qaytaradi. Yurak mizojini almashtirishda sovuq, yo issiq, yo ho’l, yoki quruq mizojga almashtirish tadbiri ishlatiladi. Sovuq mizojni almashtirmoqchi bo`lsak, issiqlik dorilarni yurak issiqlik dorilari bilan aralashtirib ishlatamiz; shu bilan birga shu dorilarning yurak xiltini qattiq qo’zgatib yubormasligi ko’zda tutiladi, aks holda xilt yurak tanasini yel yoki shish paydo qiluvchi modda va boshqa narsalar bilan tortishtiradi. Issiq mizojni almashtirmoqchi bo`lsak, sovutuvchi dorilarni ishlatish bilan chegaralanmaymiz. Chunki yurakning yaratilishiga sabab bo`lgan modda, ya`ni yurakka quyiladigan ruh moddasi issiq modda bo`lib, uning issiqligi badanga zararli haroratdan boshqa bo`lgan tug’ma haroratdir. Yurak mizojining issiqda aynib buzilishi sababli shu ruh moddasida kamayish, tarqalish, tutunsimon bo`lish va xiralanish paydo bo`ladi; shu paytda yurak tanasiga o’zining issiqligi bilan, to’g’rirog’i issiqlik birgalashib keluvchi alohida xususiyati bilan tug’ma issiqlikni kuchaytiruvchi issiq dorilar bilan aralashmagan biror so’ndiruvchi dori borib tushaversa, u tarmoq, ya`ni yurak tanasiga foyda qilsa ham aslga, ya`ni ruhga zarar qilishi mumkin. Yurak tanasining issig’ini mo`tadillashtirish bilan birga ruhning issiqligi zararlansa, uning foydasi nima bo’lar edik shuning uchun qadimgi olimlarning ichida yurakning buzilgan issiq mizojiga va u mizoj sababli paydo bo`ladigan kasalliklarga davo ishlatishda sovuqlik dorilarni issiqlik dorilarga aralashtirmasdan ishlatganlari uchramaydi. Chunki ular, faqat kuchli bo`lsa, sovituvchini isituvchidan ajratib sovituvchi dorilarni yurakka, isituvchilarni esa ruhga yetkazishiga va natijada, yurakning harorati mo`tadil bo`lib ruhning harorati oshishiga ishonganlar. Ular govzabon kabi o’z xossasi bilan ruhni kuchaytiradigan va mo`tadil yoki mo`tadillikka yaqin dorini uchratganlarida undan ko`p foydalanganlar; ammo tabiat kuchsiz bo`lsa, hech bir tadbir foyda qilmaydi. Goho qadimgi tabiblar sovuqlik yurak dorilari moddasining og’irligi, singishining kamligi, tabiatning singishga emas, to’xtab qolishga moyilligini bilganliklaridan yurak issiqlik dorilarini ishlatishga muhtoj bo`lganlar, ularni birgalashtirib olib o’tadigan yurak issiqlik dorilari bilan aralashtirib ishlatganlar, shunda ular tabiatning sovituvchi dorilarni yurakka yetkazishiga yordamlashadi. Masalan, ular za’faronni kofur kulchalarining hamma tarkiblariga aralashtiradilar, shunda boshqa qo’shimchalarni za’faron yurakka o’tkazadi. So`ngra tabiiy kuch za’faronni yurakdan qaytarib, ruh bilan mashg’ul qiladi; sovutuvchilardan esa yurak mizojini mo`tadil qilish uchun foydalaniladi. Bunday qilish nuqul sovutuvchi dorilarni ishlatib, keyin ularning yo`l boshida to’xtab qolib o’ta olmay turishlaridan ko’ra foydaliroqdir. O’zi bilmasdan, qadimgilarning xatosini tuzataman deb, kofur kulchalariga za’faronni qo’shmaydigan tabiblar kofur kulchalarining foydasini kamaytirib qo’yadilar. Yurak issiq mizojiga qarshi ho’l mevalarning qaynatib quyultirilgan shiralarini, ayniqsa shom olmasining va behining suvini ichirish bilan ham davo qiladi; ular juda yaxshi davo hamda yurakni kuchaytiruvchilarga qo’shiladigan so’ndiruvchi suyuq va quyuq surtma dorilar bilan davo qilinadi. Agar mizoj buzilishining sababi modda bo`lsa, bo’shatiladi. Ma`jun dorilar bilan, rayhoniy sharob, mo`tadil badantarbiyalar, yurakka ishlatiladigan issiqlik, xushbo’y quyuq va suyuq surtma dorilar bilan va hazm bo`ladigan miqdordagi issiqlik ovqatlar bilan davolanadi. Mizoj buzilishining sababi modda bo`lsa, bo’shatiladi. Yurakning buzilgan quruq. Mizojini ho’llovchi ovqatni ko`p yedirish, so`ngra hammomga tushirish, vanna qabul qildirish, dam olish kam harakat qilish, tinch kuyish va sovuq suv ichirish bilan davolash kerak. Buzilgan mizojda sovuqlik bo`lsa, juda sovuq, bo`lgan suvdan saqlaniladi; ovqat va ichimliklar mo`tadil miqdorda beriladi, issiq ovqatdan keyin ko`pgina uxlatiladi. Sabab modda bo`lsa, uni bo’shatiladi. Yurakning buzilgan ho’l mizojini esa yengil ovqat kirituvchi dorilarni ishlatish, mo`tadil badantarbiyalarni ketma-ket va ko`p qilish bilan davolanadi; modda sabab bo`lsa, uni bo’shatiladi; ko`pincha ovqatdan ilgari badantarbiya qildiriladi, hammomga va issiq buloq suvlariga tushiriladi, issiq suvga ko`p tushib turiladi, surgi dorilar, siydikni haydovchi dorilar iste`mol qilinadi, kuchli va rayhoniy xushbo’y sharobdan oz-oz iste`mol qilib turiladi va yaxshi kaymusli ovqatlardan ko`p emas, oz miqdorda iste`mol qildiriladi. Agar u mizoji issiq bo`lsa, hammomdan saqlaniladi, jinsiy aloqani cheklanilmaydi. Mizoj buzilishining sababi ho’l yoki issiq. Modda bo`lsa, uni bo’shatiladi. Yurakka ishlatiladigan dorilar. Yurakka ishlatiladigan dorilarni to`la-to`kis qilib oddiy dorilar lavhalarining "Nafas a`zolari" lavhasidan terib olish kerak. Oddiy dorilarning mo`tadillikka yaqinlari yoqo’t, qora marjon va feruza, oltin, kumush va gavzabondir. Ularning issiqlari esa dorunak, parpi, mushk, anbar, yovvoyi zanjabil, ipak va za`farondir; ikkala xil baxman tez foyda qiladi, karanful esa juda ajoyib dori. Bunday dorilardan yana limon, rayhon va uning urug’i hamda tog’ rayhoni va uning urug’i, shohi isfaram rayhoni va uning urug’i, xil, kelindona, tuklik rayhon va uning urug’i, sitron yaprog’i, hind sodajini kursatish mumkin. Qora andiz ham ajoyib dorilardandir.Sovuq dorilar esa marvarid, qahrabo, marjon, kofur, sandal, qizilgul, taboshir, muhr loyi, olma, quruq va ho’l kashnichdir. Foydalanilgan adabiyiotlar Asosiy adabiyotlar 1. 1. Абу Али ибн Сино асарлари: 1.Абу Али ибн Сино. Тиб қонунлари [3 жилдли сайланма; тузувчилар: У. Каримов, Ҳ. Ҳикматуллаев]. 1-жилд. Тошкент, 1993.
haqida ma‘lumot berish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish. Masalaning qo’yilishi: Me’da – ichak va jigar faoliyatiga ta’sir etuvchi dorivor o‘simliklar preparatlari. Farmakologik va farmakoterapevtik xarakteristikasi, ishlatilishi haqida ma‘lumot berish va amaliy ko‘nikmalarn shakllantirish haqida talabalarga beriladigan bilim va ko‗nikmalar. Talaba bilishi lozim: - Me`daning tabiiy mizojlari Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling