Farmakologiya va klinik farmatsiya


Uyqu vaktidagi fiziologik uzgarishlar


Download 2.78 Mb.
bet107/120
Sana23.10.2023
Hajmi2.78 Mb.
#1717727
TuriReferat
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   120
Bog'liq
Farmakologiya va klinik farmatsiya (2)

Uyqu vaktidagi fiziologik uzgarishlar. Nerv sistemasi, jumladan bosh miya katta yarim sharlar pustlogi aktivligining kamayishi, tevarak-atrofdagi vokelikdan aloka uzilishi uykuning eng doimiy va muxim belgilaridir.
Organizmning tashki olam bilan alokasi odatda tez, guyo tusatdan uziladi va xuddi shunday zudlik bilan tiyraklikka almashinadi, ya’ni nerv sistemasining aktivligi va unga alokador adekvat kontakt - organizmning tevarak-atrofdan muxit bilan alokasi tiklanadi. Uyku vaktida oliy nerv faoliyatida va sensomotor sferada ayniksa keskin uzgarishlar ruy beradi.
Uyku vaktida olingan elektroensefalogramma uzgarishlari xarakterlidir. Tiyraklik xolatidai uykuga utganda, koida ularok pustlok ritmlari sekinlashadi, elektroensefalogrammada tiyraklik xolatiga xos bulgan ildam beta-ritm urniga yuksak amplitudali alfa-, teta- va delta-tebranishlar paydo buladi. Ammo sunggi vaktda chukur uykuning shunday formalari tasvir etildiki, unda elektroensefalogrammada sekin ritmlar urniga past amplitudali, yuksak chastotali tebranishlar paydo buladi, bu tebranishlar esa tiyraklik vaktidagi tebranishlarga uxshaydi. Bu, tush kurishga boglik, deb faraz kilishadi.
Chukur uyku vaktida muskul tonusining pasayganligi yakkol kurinadi. Uxlab yotgan kishining aksari muskullari tamomila bushashgan buladi. Utirgan xolda uxlab kolgan kishining uykudan ilgari kulida ushlab turgan narsalari kulidan tushib ketishiga, boshi kukragiga engashib kolishiga, tanasi esa pastga tushishiga sabab shu.
Ammo muskullarning bushashuvi va tonusining pasayishi uykuning doimiy va mukarrar komponentlari emas, xatto normal uyku vaktida turli xarakatlar bajarilishi mumkin, masalan, utirib uxlab kolganda muayyan poza uzok saklanishi mumkin. Gipnotik uyku (gipnoz uykusi) ning ba’zi formalarida, masalan, kataleptik uykuda muskullar tonusi xatto keskin darajada oshib ketadi. Sezuvchanlikning xamma turlari - kuruv, eshituv, ta’m bilish, xidlash va teri sezuvchanligi juda xam pasayadi. Uxlayotgan kishida biron reaksiyani yuzaga chikarmok uchun tiyraklik davridagi nisbatan kuchlirok ta’sirotni kullanish talab kilinadi.
Uyqu vaktida reflektor funksiya keskin darjada susayganligi kayd kilinadi. SHartli reflekslar tormozlangan, shartsiz reflekslar ancha susaygan buladi. Bu reflekslarning ta’sirot busagalari ancha oshadi, latent davri uzayadi. Uyku manzarasida sensomotor uzgarishlar vegetativ funksiyalarning uzgarishiga nisbatan ustun bulib chikadi.
Tinch chukur uyku vaktida nafas olish xiyla siyrak, tekisrok buladi; gazlar almashinuvi va asosiy almashinuv birmuncha susayadi; yurak urishi siyraklashadi; arterial bosim pasayadi; buyraklarda siydik kamrok xosil buladi.
Tungi uyku vaktida odamning gavda temperaturasi pasayadi. Ammo bu, uykuning kanday bulmasin tugridan-tugri spetsifik ta’siriga bevosita boglik emas. Odam gavda temperaturasining sutkalik uzgarishlari - kechasi pasayishi va kunduzi kutarilishi (sutkalik minimal temperatura taxminan soat 3 dan 5 gacha, maksimal temperatura soat 16 dan 18 gacha kuzatiladi) uyku kelmaganda yoki tartibi buzilganda, ya’ni odam kunduzi uxlab, kechasi uxlamaganda kuzatiladi.

Download 2.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling