Qon ivishi omillari – qon ivish jarayonida ishtirok etadigan moddalar.
Qon ivishini qon plastinkalari omillari – trombotsitlardan ajraladigan va qon ivishida ishtirok etadigan moddalar.
Qon ivishini kontakt omili – kontakt Xageman (XII) plazma omili; plazmani shikastlangan tomirlar va to‘qimalar yuzasi bilan to‘qnashishi natijasida faollashadi. Qon ivishi I fazasi barcha reaksiyalarini boshlovchi omil.
Qon ivishining plazma omillari – qon ivishida ishtirok etadigan plazmaning ferment va boshqa moddalari yig‘indisi.
Qon yo‘qotish – qonning tomirlardan chiqib ketishi natijasida organizmda qon xajmini kamayishi.
Qon ketish vaqti – Qon oqimi to‘xtashigacha ketgan vaqt.
Qon laxtasi – qon ivishi maxsuloti. Jemsimon, plastik, yaltiroq silliq yuzali tuzilma. Mikroskopik nozik, bir – biri bilan chigalsimon o‘ralashgan xujayra elementlaridan tashkil topgan.
Qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar – tarkibi jixatidan qon plazmasiga yaqin su’niy eritmalar.
Qonning yopishqoqligi – bir zarrachani ikkinchisiga nisbatan xarakatlanayotganida oqimga to‘sqinlik qilish xossasi.
Kristmas omili – Qon protrombinazasi xosil bo‘lishida ishtirok etuvchi qon ivishini antigemofilik omillaridan biri.
Plazma o‘rnini bosuvchi eritmalar – tarkibi va xossalari qon plazmasiga yaqin bo‘lgan su’niy eritmalar (poliglyukin, reopoliglyukin, gemodez).
Protrombin – plazmada mavjud va trombinni o‘tmishdoshi bo‘lgan glikoproteid.
Retraktozim (trombosteniya) – trombotsitlardagi qon laxtasini retraksizmini (zichlashishi) ta’minlovchi omil.
Retsipient – organ va to‘qima ko‘chirib o‘tkazilayotgan yoki qon quyilayotgan odam.
Tromb – qon tomiri devorida xosil bo‘ladigan qon laxtasi.
Trombin – protrombin oqsilidan xosil bo‘ladigan qon ivish tizimining bir fermenti.
Fibrin – fibrinogen oqsilini erimaydigan qismi.
Fibrinni stabillovchi omil (fibrinaza) – qon ivishining XIII omili, eruvchan shakldagi fibrinni erimaydigan xolatga o‘tishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |