GLOSSARIY (LUG’AT)
Rh – antitelolar – Rh odamlarning qoniga Rh – omili mavjud bo‘lgan eritrotsitlarni tushishi natijasida xosil bo‘ladigan antitelolar.
Rh – konflikt – rezus – musbat eritrotsitni antirezus – agglyutinin bilan to‘qnashishi, natijada eritrotsitlarni emirilishi ro‘y beradi.
Rh – faktor – 85% odamlarning eritrotsitlarida joylashgan, makaka – rezus maymunlarining qonidagi mavjud bir oqsil bilan bir xil agglyutinogen.
Azot balansi-ovkat bilan birga tushib turadigan azot mikdori bilan organizmdan chikarib turiladigan azot mikdori urtasidagi farki
Agglyutinogen – oqsil (antigen), to‘qima xujayralarida bo‘lib, guruxga mansublikni belgilaydi.
Agglyutinatsiya – xujayralarni (bakteriyalar, eritrotsitlarni) bir – biri bilan va atrof – muxit bilan immunologik bog‘lanishi natijasida g‘uj bo‘lib yopishishi.
Agglyutinin – guruxga mansublikni belgilovchi, biologik suyuqliklarni (plazmani) spetsifik oqsili, antitelo.
Adgeziya – to‘qnashayotgan xujayralarni bir – biriga yopishishi.
Akselerin – qon ivishining V omili, plazmada nofaol xolda bo‘ladi. Trombin ta’sirida faollashadi.
Antianemik ichki omil – Me’da shilliq qavatida ishlab chiqariluvchi V12 vitaminini o‘zlashtirilishini ta’minlovchi mukopolisaxarid.
Anabolizm- past malekulyar moddalardan yukori molekulyar moddalarni xosil bulishi.
Antianemik tashqi omil – V12 vitamini, eritrotsitlarga gemoglobin sintezlanishini ta’minlaydi.
Antigemorragik K vitamini – bu vitamin ishtirokida jigarda protrombin xosil bo‘ladi.
Antigemofilik globulinlar – qon ivishida ishtirok etadigan, bir gurux plazma omillari (VII,IX,X).
Antigenlar – odam va xayvon organizmiga kirishi natijasida spetsifik antitelolar ishlab chiqarilishiga olib keluvchi oqsil va boshqa tabiatli moddalar.
Antikoagulyantlar (qon ivishini ingibitorlari) – qon ivishiga to‘sqinlik qiluvchi moddalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |