Farmakologiya va klinik farmatsiya


Download 2.78 Mb.
bet112/120
Sana23.10.2023
Hajmi2.78 Mb.
#1717727
TuriReferat
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   120
Bog'liq
Farmakologiya va klinik farmatsiya (2)

Antitelolar – qon yoki to‘qimalarda yot moddalar (antigenlar) paydo bo‘lishiga javoban organizmda ishlab chiqariluvchi spetsifik oqsillar.
Antitrombinlar – trombin xosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi bir gurux (plazma, xujayra va to‘qima) omillari.
Antifibrinolizinlar – fibrinni parchalanishiga to‘sqinlik qiluvchi, organizm qon ivish tizimining omillari.
Vitamin K avitaminozi – organizmda K vitamini etishmovchiligi natijasida qonda protrombin miqdorini kamayishi.
Gemagglyusinatsiya – suyuqlikda muallaq xoldagi eritrotsitlarni yopishib, cho‘kmaga tushishi.
Geparin – qon ivishiga to‘sqinlik qiluvchi tabiiy antikoagulyant. Jigarda, o‘pka to‘qimasida va boshqa to‘qimalarda xosil bo‘ladi.
Glikoliz - glyukozani kislorodsiz sharoitda parchalanishi.
Glyukoneogenez- uglevod bulmagan moddalardan glyukozani sintezlanishi.
Guruxli to‘qima kelishmovchiligi – antigen tarkibi bo‘yicha organizm to‘qimalari kelishmovchiligi, transplantatni saqlanib qolishiga to‘sqinlik qiladi.
Katabolizm - yukori molekulyar moddalarni past molekulyar moddalargacha parchalanishi.
Koagulogramma – gemokoagulograf yoki tromboelastograf asbobi yordamida yozib olinadigan qon ivish jarayoni dinamikasi egri chizig‘i.
Qon guruxi – qonning tarkibida agglyutinogenlar va agglyutininlar mavjudligi yoki yo‘qligiga bog‘liq bo‘lgan qonning xarakteristikasi.
Qon guruxlari tizimi – turli antigenlar (AVO, Rh va boshqalar) mavjudligiga qarab bo‘lingan qon guruxlari yig‘indisi.
Qon deposi – vaqtincha qon aylanishidan chiqarilgan qon saqlanishi mumkin bo‘lgan organlar (taloq, jigar, teri osti to‘qimasi, o‘pkalar).
Qon zardobi – plazmaning fibrinogensiz suyuq qismi.
Qon ivish vaqti – oynaga tomizilgan qon tomchisini ivishigacha ketgan vaqt (normada 3 – 7 min).
Qon ivishi – murakkab fermentativ jarayon bo‘lib, eruvchan fibrinogendan erimaydigan fibrin xosil bo‘lishi natijasida laxta xosil bo‘lishi.

Download 2.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling