III. Dori moddalarini zaxarlangan organizmdan chikarib yuborishni
tezlatish vositalari.
Buning uchun bemorni o’ta
zukkolik bilan nazorat kilib, kuyidagi vositalardan
foydalanish kerak:
1. Peshob ajralishini kuchaytirishni amalga oshirish kerak. Buning uchun ko’p
suv berish, buyrakdagi qon aylanishni kuchaytirish
va shuni xisobiga buyrak
filtratsiyasini oshirish kerak. SHu yo’l bilan shishlarni, xususan o’pka shishini oldini
olish mumkin.
Buning uchun bemor organizmiga suyuklik (fiz. eritma va aloxida eritmalar)
infuziya kilib yuboriladi. Xattoki 24 soat ichida 2-2,5 l – gacha yuborish tavsiya
etiladi.
Suyuklik yuborish bilan peshob ajralishini yo’lga solish kiyin bo’lsa,
bunday
bemorga xar 2-4 soatda 2-4 mg furazemid yuboriladi.
2. Gemodializni sunniy buyrak yordamida ko’llash kerak. yoki
3. Peritonial dializni ko’llaniladi.
4. Gemoperfuziyadan foydalanish bunda qon aktivlangan pista ko’mirdan yoki
almashinuvchi neytral smoladan o’tkaziladi.
5. qon almashtirish usulidan foydalanish kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: